255
7.6.4. Aloqaning uzilishi
Ikkita Softswitch o‘rtasidagi uchastkada so‘zlashuv vaqtida aloqa uzilgan,
masalan, chaqiruvchi abonent hisobida shaharlararo so‘zlashuvdan foydalanish
uchun mablag‘ tugagan vaziyatni (7.16- rasm) ko‘rib chiqamiz (bu holatda
chaqiruvchi bo‘lib H.323 terminal sanaladi deb hisoblaymiz).
1) O‘zaro hisob kitob serveri chaqiruvchi abonentning mablag‘i tugagani
to‘g‘risidagi xabarni uzatadi va u shaharlararo aloqadan foydalanishga ega
emas. Terminalga foydalanuvchining mablag‘i tugaganligi to‘g‘risidagi
xabarnomani o‘z ichiga olgan H.225.0: Notify xabari uzatiladi.
2) Keyin so‘zlashuv trakti uziladi; H.323 terminali Softswitch1
terminalidagi shlyuzga mantiqiy kanallar yopilishini va foydalanuvchi
so‘zlashuvni tugatganligi bildiruvchi H.245: End Session Command xabari
yuboriladi. Shlyuz H.245:End Session Command komandasini olib mantiqiy
kanalni yopishi va H.245:End Session Command xabarini javoban qabul
qilgandan keyin H.245 boshqaruv kanali yopiladi.
3) Softswitch2 ikkita Softswitch o‘rtasida aloqa seanslarni tugatadigan
SIP:BYE xabarini Softswitch1ga yuboradi. Ushbu xabar SIP:200OK javobi
bilan tasdiqlanadi.
4) Softswitch2 H.225.0:Release Complete xabarini H.323 terminalga
yuboradi va signal kanali yopiladi.
5) Yuqorida bayon qilingan amallardan keyin H.323 terminal zahiralangan
o‘tkazish yo‘laksi bo‘shaganligi to‘g‘risida, geytgiper funksiyasini bajaruvchi
Softswitch2 texnologiyasini xabardor qilinadi. Shu maqsadda H.323 terminal
RAS kanali bo‘yicha Softswitch2 RAS:DCF tasdig‘i bilan javob beradigan
RAS:DRQ bog‘lanishdan chiqish so‘rovini uzatadi.
6) Chiquvchi ATS Softswitch1 texnologiyasidan otboy signalini qabul
qiladi, bog‘lanishda band bo‘lgan o‘z resurslarini bo‘shatadi va ISUP:RLC
(uzilishni tasdiqlash) xabari qaytariladi.
7- ) Shundan keyin UFTfT abonenti mikrotrubkaning quyilganligi
haqidagi akustik signalini («qisqa gudok») eshitadi.
Dostları ilə paylaş: