Nazorat savollari
1.
Signal deganda nimani tushunasiz?
2. Qanday signal turlari mavjud va ular haqida ma’lumot bering?
3. Modulyasiyaning analogli usullarini tushuntiring?
4. Impuls- kodli modulyasiya haqida ma’lumot bering?
5. AIM signalning hosil qilinishini tushuntiring?
6. Kvantlash tadbiri va kvantlash shovqinini hosil bo‘lishini tushuntiring?
7. Liniyaviy kvantlashda kodlashni tushuntiring?
8. Nochiziqli koder va nochiziqli dekoder haqida ma’lumot bering?
9. Delta - modulyasiya tamoyilini tushuntiring?
10. IKM li birlamchi uzatish tizimining tuzilishini tushuntiring?
11. IKM – 24- tizimining uzatish davrining vaqt tuzilmasini tushuntiring?
12. IKM – 30- tizimining davr va o‘tadavr vaqt tuzilmasini tushuntiring?
13. Liniyaviy kodlar haqida ma’lumot bering?
97
4. KOMMUTASIYA TIZIMIDA SIGNALIZASIYA
4.1. Umumiy tushuncha
Signalizasiya – bu tarmoqdagi foydalanuvchilar orasidagi ulashni
hosil qilish, qo‘llash va uzishni boshqarish uchun kerak bo‘lgan axborotlar
bilan ikkita tarmoq elementlari orasidagi axborot almashinuvidir.
To‘g‘ri va teskari yo‘nalishda abonent va ulash liniyalari bo‘yicha
uzatila- digan signallar uchta guruhga bo‘linadi: liniyaviy, boshqarish
(registrli), ma’lumot (akustik).
Liniyaviy signallar
aloqa o‘rnatishning turli bosqichlarini (egallash,
ozod qilish, uzatish va h.k.), kanal va liniyalarning holatini (bo‘sh, band)
belgilash uchun ishlatiladi. Bu signallar aloqa o‘rnatishni boshidan to
oxiragacha bo‘lgan bosqichlarda uzatilishi mumkin.
Boshqarish (registrli) signallariga
faqat aloqa o‘rnatish jarayonida
abonent terminali bilan boshqarish qurilmasi, hamda stansiya va tugunlar
boshqarish qurilmalari orasida uzatiladigan signallar kiradi. Bunday
signallar yordamida aloqa yo‘li, chaqiralayotgan abonent liniyasi
aniqlanadi va abonentlar orasida ulash trakti hosil qilinadi. Boshqarish
signallari asosini manzilgoh (adres) ma’lumoti tashkil qiladi. Bundan
tashqari, boshqarish signallariga tarmoqni ekspluatasiya qilish va
boshqarish, hamda boshqarish qurilmalari o‘rtasidagi signallar ham kiradi.
Ma’lumot (akustik) signallar
abonent va operatorlarni aloqa
bog‘lanish bosqichlarida xabardor qilish uchun ishlatiladi. Bunday
signallar liniya va boshqarish signallaridan farqli o‘laroq ATS
qurilmalariga ta’sir etmay, faqat abonent va telefonistkalarning eshitish
(va ko‘rish a’zolari) orqali qabul qilingani uchun akustik signallar deb
ataladi.
Abonent
va
stansiyalararo
signalizasiya
mavjud.
Abonent
signalizasiyasi oddiy mulojamalardan iborat: bularga “men aloqa olishni
xohlayman” bildiruvchi harakat mikrotelefon go‘shagini ko‘tardi yoki
tugmani bosdi; akustik signallarni uzatish; abonent nomer terdi; u tergan
nomerga xizmat ko‘rsatmaydi yoki o‘zgarganligi, ISDN signalizasiyasi va
xokazolarni bildiruvchi e’lonlarni abonent eshitishi kiradi. Buni User-
Networq Interface (UNI) interfeysida, ya’ni abonentni ulash tarmog‘ida
signalizasiya desa ham bo‘ladi. UNI interfeysidagi keng tarqalgan
signalizasiya nomer impulsli terish va ko‘p chastotali terish DTMF deb
atasa bo‘ladi. Bu interfeysni zamonaviy misoli ISDN ni asosiy ulash
98
imkoni, ya’ni 2V+D=144 Kbit/s bo‘lishi mumkin. Bunda V ikkita axborot
kanal va umumiy bo‘lgan D signal kanal xizmat ko‘rsatadi.
Stansiyalararo signalizasiya, ya’ni Netvork - to – Networq Interface
(NNI) interfeysida signalizasiyaga misol bo‘lib, ikkita ajratilgan kanal
bo‘yicha signalizasiyasi 2AKS, “6 dan 2” kodli ko‘p chastotali
signalizasiyasi, 7 sonli signalizasiya tizimi UKS va boshqalar hisoblanadi.
Kanallar kommutasiyasi bilan tarmoqda ulash o‘rnatishga misol 4.1-
rasmda soddalashtirib ko‘rsatilgan.
4.1- rasm. Ulash o‘rnatishni soddalashtirilgan ko‘rinishi
Stansiyalararo signalizasiya tarmog‘dagi bir necha tugun va
stansiyalarni ulash uchun kerak bo‘ladi. Bunda bitta ulashni tashkil etishda
ko‘pincha turli signalizasiya tizimlari ishlatiladi. Chaqiriqqa xizmat
ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan signalizasiya axboroti xalqaro va milliy
tarmoqlarning turli tugunlar va stansiyalari o‘rtasida yuzlab signalizasiya
axborotlarini uzatadi.Umumiy holda stansiyalararo signalizasiya ulanishni
tasvirlab berishning quyidagi aspektlari bilan bog‘langan: birinchidan,
stansiya telefon nomerni, yoki juda bo‘lmaganda kerakli qismini qabul
qilishi lozim, shu nomer yordamida yoki ulash o‘tishi kerak bo‘lgan
kommutasiya tugunlari va stan- siyalari zanjiridan keyingi ATS ga adres
axborotini o‘tkazadi; ikkinchidan stansiya uchun kerakli aloqa kanalini
tanlash kerak va zanjirdagi ke- yingi stansiyaga aynan qanday kanalni
tanlagan xabarlashi kerak; uchinchidan stansiyalar davriy ravishda, bu
ishlatilayotgan aloqa kanalini tekshirib turishi va nihoyat to‘rtinchidan
aloqa tugashi bilan kanalni bo‘shatish kerak. Barcha bosqichlarda
stansiyaning (tugunlarning) ishini qo‘llab turish uchun ular o‘rtasida mos
axborot almashuvi zarur bo‘ladi. Bu almashinuv
stansiyalararo
signalizasiya
deyiladi.
Ulash
Abonent А
АТSА
АТS B
AbonentB
AL bo`yicha
signalizatsiya
AL bo`yicha
signalizatsiya
UL bo`yicha
signalizatsiya
UL bo`yicha
signalizatsiya
99
Zamonaviy
stansiyalararo
bayonnomalari
oddiy
signalizasiya
tizimidan hanuzgacha mamlakatimiz umumiy foydalanishdagi telefon
tarmog‘larida (UFTT) samarali ishlab kelmoqdalar.
Stansiyalararo signalizasiya tizimining evolyusiyasida quyidagi uchta
bosqichni ajratish mumkin:
- impulsli signalizasiya;
- ko‘p chastotali signalizasiya;
- umumkanal signalizasiya.
Stansiyalararo signalizasiya evolyusiyasining oxirgi uchinchi bosqichi
kommutasiya tuguni dasturiy boshqarish kiritilishi bilan bir vaqtda
boshlandi.
Elektr signallari ketma - ketligidan tashkil topgan signalizasiya, ko‘p
sonli telefon kanallariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarning maxsus kanali
bo‘yicha uzatish bayonnomasiga aylandi, xususan olganda shundan
“umum kanal signalizasiyasi” nomi yuzaga keldi. 7- sonli umumkanal
signalizasiya tizimi, XX- asrning telekommunikasiya o‘n yilligida to‘la
ravishda o‘sha istiqloldagi o‘zgarishlarga mos kelar edi. Ularga ISDN
tarmog‘ining yuzaga kelishi, intellektual tarmoqning xizmatlarini kiritish,
mobil aloqa xizmat- lari va xokazolar kiradi. Yuqorida aytilganlarga
asoslanib, quyidagi ta’riflarni berish mumkin.
Signalizasiya
- bu tarmoq
elementlari o‘rtasida xizmat axboroti bilan almashinuv bo‘lib, uning
asosida tarmoq o‘zining abonentlariga ko‘rsatadigan xizmatlariga
ishlatiladigan ulanishlarni yaratish, kuzatish va buzishni ta’minlaydi. Shu
bilan ta’kidlash kerakki, kanallar kommutasiyasi tarmog‘ida (xususan
telefon tarmog‘i shunday tarmoqdir) ulash tashkil etishda ishtirok etgan
tarmoq resurslari, aloqa xizmatidan foyda- lanishning hamma vaqtida
ularga biriktirilib qo‘yiladi va boshqa ulanish- larda ishlatilishi mumkin
emas. Kanallar kommutasiyali tarmoqlar uchun signalizasiya tizimlarini
ko‘rib chiqamiz. Ma’lumotlarni uzatish 70- yillar boshida paydo bo‘lgan
edi va bunda “sukunat” davrlari bilan arala- shib ketadigan qisqa paketlar
ko‘rinishida foydalanuvchilarga axborot uzatiladi. Bitta axborot oqimining
paketlari orasidagi pauzalarni boshqa axborot oqimlarining paketlarini
uzatish uchun ishlatish mumkin bo‘lganligi sababli, aynan bitta tarmoq
resurslarini, biror- bir bitta oqimni mavjud bo‘lishi davrida, faqat unga
berib qo‘yish zaruriyati yo‘q. 4.2- rasmda signalizasiyaning mumkin
bo‘lgan variantlari ko‘rsatilgan:
a) bevosita telefon kanali bo‘yicha signalizasiya;
b) ajratilgan signalli kanal (ASK) bo‘yicha signalizasiya;
v) 7 sonli umumkanal signalizasiyasi;
100
g) N323 MG CP yoki SIP turidagi IP- telefoniya signalizasiyasi.
a) bevosita telefon kanali bo‘yicha signalizasiya;
b) ajratilgan signalli kanal (ASK) bo‘yicha signalizasiya.
v) Umumkanal;
g) IP- telefoniya.
4.2- rasm. Signalizasiya
АТS А
Kommutatsiya va
boshqaruv
АТS А
АТS А
Shlyuz А
АТS B
АТS B
АТS B
Kommutatsiya va
boshqaruv
So`zlashuv kanali
Signalizatsiya
So`zlashuv kanali
Signalizatsiya
а)
Kommutatsiya
Kommutatsiy
a
Reg/М
Boshqarish
Reg/М
Kommutatsiy
a
Reg/М
So`zlashuv kanali
Сигнализация
So`zlashuv kanali
Signalizatsiya
Dostları ilə paylaş: |