So’z boshi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/103
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192820
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

 
 
 


220 
7.2. Tarmoqlar konvergensiyasi 
 
Oxirgi 
yillarda 
telekommunikatsiya 
texnologiyalarida 
katta 
o‘zgarishlar yuz berdi. IP - texnologiya bazasida tarmoqlarni rivojlantirish, 
mobil aloqa tarmoqlarining tez o‘sishi, multimedia kompyuter 
texnologiyalarining keng tarqalishi kuzatilmoqda va bu insonlarning o‘sib 
boruvchi ehtiyojlari xizmatlarning keng spektiriga kira olish imkoniga ega 
bo‘ladi, butun foydalanuvchi tarmoqlarning turli ko‘rinishlaridan 
foydalanganda 
farqlarni 
ko‘rmasligi 
kerak. 
Ηatijada 
aloqani 
konvergensiya, axborot muhiti va xizmatlari jarayonining o‘tishi 
kuzatilmoqda. 
Evropa komissiyasining “Green Paper” (1997y) hujjatiga muvofiq 
“kon- vergensiya” atamasi ostida yagona terminal ko‘rinishida oxirgi
qurilmalarni (telefon, shaxsiy kompyuter, televizor) birlashtirish yoki 
xizmatlarning bir xil to‘plamini ta’minlash turli tarmoqli platformalar 
imkoniyati 
tushuniladi. 
Konvergensiyaning 
uchta 
xizmatlar 
konvergensiyasi, jarayonlar konvergensiyasi va tarmoqlar konvergensiyasi 
yo‘nalishi ko‘rib chiqiladi. Xizmatlar konvergensiyasi foydalanuvchilarga 
kengaytirilgan funksional imkoniyatlarni taqdim etadi. Jarayonlar 
konvergensiyasi iqtisodiy jihatdan samarali xizmatlarni taqdim etish uchun 
turli ishlab chiqaruvchilarning uskunasi bilan ishlash imkoniga ega 
xizmatlar provayderlarga taaluqlidir. Tarmoqlar konvergensiyasi deganda 
texnologiya konvergensiyasi tushuniladi. Konvergent tarmoq keyingi 
avlod tarmog‘iga – Next Generation Network (NGN) o‘tish uchun oraliq 
bosqich hisoblanadi. “Multiservis tarmoqlarni qurish bo‘yicha konseptual 
holat” hujjatiga muvofiq quyidagi ta’riflarni berish mumkin. 
- Keyingi avlod aloqa tarmog‘i (NGN) – aloqa tarmoqlarini 
boshqarish, shaxsiylashtirish va tarmoqli qarorlarni unifikatsiya qilish 
hisobiga yangi xizmatlarni yaratish bo‘yicha moslashgan imkoniyatlar 
bilan 
xizmatlarning 
cheklanmagan 
to‘plamini 
taqdim 
etishni 
ta’minlaydigan aloqa tarmoqlarini qurish konsepsiyasi. 
- NGN tarmog‘i taqsimlangan kommutatsiya bilan universal transport 
tar- mog‘ini amalga oshirish, oxirgi tarmoqli uzellarga xizmatlarni taqdim 
etish va an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan integratsiya qilish funksiyalarini 
kiritishni mo‘ljallagan. 
- Multiservis tarmog‘i – keyingi avlod aloqa tarmog‘ining 
konsepsiyasiga muvofiq qurilgan va xizmatlarning cheklanmagan to‘plami 
taqdim etilishini ta’minlaydigan aloqa tarmog‘i. 


221 
7.2- rasmda Yangi avlod aloqa tarmog‘ining (Next Generation 
Network NGN) mumkin bo‘lgan etalon modeli keltirilgan. 
7.2- rasm. Multiservis tarmog‘i tuzilmasiga misol 
 
NGN arxitekturasi 4 ta darajadan iborat (7- .3- rasm):
1. Tarmoq xizmatlarini boshqarishi.
2. Tarmoqni boshqarish.
3. Transportirovka, ya’ni kommutatsiya va uzatish tarmog‘i.
4. Kirish imkoniyatini berish.
Birinchi daraja
tarmoq xizmatlarini foydalanuvchilarga yagona 
xizmatlar to‘plamini beradi. PSTN uchun IP – telefoniya uchun, mobil 
tarmog‘i uchun va hokazo. Buning uchun bu darajada operatsion tizim 
OSS, har xil serverlar: takliflar, media – resurslar, foydalanuvchi 
joylashgan joy haqida ma’lumotlar va hokazo bo‘ladi.
Ikkinchi daraja
tarmoqni boshqarish darajasi bo‘lib, dasturlangan 
kom- mutatorlar Softswitch hisoblanadi. U signal buyruqlariga ishlov 
beradi, buyruqlar yaratadi, chaqiruvchi marshrutlaydi, oqimlarni 
boshqaradi. 
Uchinchi darajada
transport darajasi bo‘lib, u paketli kommutatsiya 
tarmog‘i hisoblanadi. Bu tarmoq ATM – tarmoq, IP – tarmoq yoki MPLS 
tarmoq bo‘lishi mumkin. Bu daraja ikkinchi darajadan olgan buyrug‘i 


222 
asosida bog‘lanishni kommutatsiyasini va tinch axborotni uzatishni 
bajaradi. 
To‘rtinchi daraja
kirish imkoniyatini beruvchi daraja bo‘lib, NGN 
tarmog‘i xizmatlariga ulanish uchun interfeyslar keng to‘plamini beradi. 
U IAD – integrallashgan kirish qurilmasi, kirish media shlyuzi, 
signalizatsiya shlyuzi, transport media - shlyuzi, universial media - 
shlyuzi, video ow dan iborat.
 
 
7.3- rasm. NGN arxitekturasi 
 
Chaqiruvchi axborotning formati, ushbu tarmoqda uzatish uchun 
ishlatiladigan mos formatga o‘zgartiriladi. Integrallashgan kirish qurilmasi 
(IAD): NGN arxitekturasida ishlatiladigan abonentli kirish qurilmasidir. 
Bu qurilma yordamida paketli tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish, 
tovushli aloqa, video axborot va boshqa xizmatlar amalga oshiriladi. 
Har bir qurilmada (AD), maksimum 48ta abonent portlari ko‘zda 
tutilgan. 
Kirish mediashlyuzi (AMG): Uning yordamida abonentga turli – 
tuman xiz- matlardan foydalanish imkoni beriladi, jumladan: analogli 


223 
tarmoqqa kirish, xizmatlari integrallashgan ISDN raqamli tarmoqqa kirish, 
V5 ga va raqamli abonent (xDSL) liniyasiga kirishi. 
Foydalanuvchi oldida analog telefon apparati, guruhli qurilma IA, 
mobil terminal 2G, 3G, maxsus terminal SIP telefoni, N.323 telefoni 
bo‘lishi mumkin.
Signalizatsiyaning mediashlyuzi (SG): 7- sonli signalizatsiya tizimi 
tarmo- g‘ining va internet – protokoli (IP) tarmog‘ining interfeys 
darajasida 
joylashgan 
bo‘lib, 

umumiy 
foydalanish 
kommutatsiyalanadigan telefon tarmog‘i PSTN va IP tarmoq o‘rtasida 
signallashni o‘zgartirishni ta’minlaydi. Bog‘lovchi liniyalar mediashlyuzi 
(TMG): kanallar kommutatsiyasi tarmog‘i bilan paketlar kommutatsiyasi 
IP tarmog‘i oralig‘ida joylashgan bo‘lib, IP uzatish muhitining IKM –
oqimlari va axborot oqimlari o‘rtasida formatni o‘zgartirishni ta’minlaydi. 
Universal mediashlyuz (UMG): ichiga qurilgan SG yoki AMG ning 
TMG rejimlarida signallashni o‘zlashtirishni bajaradi. Turli tuman 
qurilmalarning ulanishi ta’minlanadi, bularga PSTH telefon stansiyasi, 
muassasa telefon stansiyasi (PBX), imkoniylik tarmog‘i, imkoniylik 
tarmog‘i serveri (NAS) va bazaviy stansiyaning kontrolleri kiradi. 
Tayanch kommutatsiya darajasida paketlar kommutatsiyasi amalga 
oshiriladi, va darajada magistral tarmoq va transport tarmog‘i (MAN) da 
taqsimlangan marshrutlashtiruvchi va 3- darajali kommutatoriga o‘xshash 
qurilmalar ishlatiladi. 
Bu darajada abonentlarga yuqori ishonchlilik, xizmat ko‘rsatishning 
yuqori sifat (QoS) va katta o‘tkazish qobiliyati bilan bir turli, hamda 
integralli uzatish platformasini taqdim etishni amalga oshiradi.
Tarmoqni boshqarish darajasida chaqiruvlarni boshqarish amalga 
oshiriladi. 
Bu 
darajadagi 
asosiy 
texnologiya 
moslashuvchan 
kommutatsiyadir, u chaqiruvlarni boshqarish uchun ishlatiladi. 
Moslashuvchan kommutator (Softswich): Bu NGN tarmoqning asosiy 
kom- ponenti bo‘lib, asosan chaqiruvlarni boshqarish, mediashlyuzlarga 
kirishni boshqarish, resurslarni taqsimlash, protokollarni qayta ishlash, 
marshrutlash, autentifikatsiya va xizmatlar qiymatini hisobga olish, hamda 
abonentlarga asosiy tovushli aloqa xizmatlari, Mobil xizmatlar, 
multimedia xizmatlari, hamda ilovalarni dasturlash interfeyslarini (API) 
amalga oshiradi.
Xizmatlarni boshqarish darajasida asosan qo‘shimcha xizmatlar 
taqdim etish, hamda bog‘lanishlar o‘rnatilganda ishlashni qo‘llash amalga 
oshiriladi. IOSS ikki tizimdan iborat ekspluatatsiyani qo‘llashning 
integralli tizimi: NGN ning tarmoqli elementlarini markazlashtirilgan 


224 
holda boshqarish va xizmatlar tarifikatsiyasining integrallashgan sistemasi 
uchun tarmoqni bosh- qarish sistemasi (MMS) dir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin