Savol va topshiriqlar.
1. So‘z yasovchi morfema deb nimaga aytiladi?
2. So‘z yasalishi qaysi so‘z turkumlarida uchraydi.
3. So‘zlarni qo‘shib so‘z yasalishiga misollar keltiring.
4. Fonetik va semantik usul bilan so‘z yasalishiga misolar ayting.
178-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni o‘qing, morfologik va sintaktik usul
bilan yasalgan so‘zlarni aniqlab, ularga izoh bering.
Agar bola, o‘smir buyuk va orombaxsh xayollar og‘ushida o‘rtanayotgan,
talpinayotgan bo‘lsa, boringki, izlanayotgan bo‘lsa, indamang, halaqit bermang,
aksincha, uni rag‘batlantiring. Balandlab ketaversin. Toki u ko‘zlagan osmono‘par
manzillariga yeta olsin. Toki uning ko‘ksida hech bir armoni qolmasin.
Aytardimki, hech bir bolaning, o‘smirning baland-baland xayollari, poyonsiz orzu-
umidlari hech qachon tizginlanmasin! U tanbal va erinchoq bo‘lmasin, sofdil,
olovqalb inson bo‘lib voyaga yetsin. Bolaga, o‘smirga hargiz o‘rani, chuqurlikni
yoki bo‘lmasa mayda tepachalarni maqsad qilib ko‘rsatmang. Bolaga juda baland
tog‘larni, qorli cho‘qqilarni ko‘rsating. Toki u shu yuksakliklarni mo‘ljallab, shu
balandliklarni qoralab dadil boraversin. (Mahmud Abulfayz)
Dostları ilə paylaş: |