Jismoniy tarbiyaning zvenolariga: 1.Maktab yoshigacha bo’lgan bolalar jismoniy tarbiyasi. 2.Maktab yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya. 3.Akademik lisey va kasb-hunar kollejlardagi jismoniy tarbiya. 4.Oliy o’quv yurtlardagi (VUZ) jismoniy tarbiya. 5.O’zbekiston armiyasi (va harbiy flot) jismoniy tarbiyasi. 6.Ko’ngilli jismoniy tarbiya va sport jamiyatlaridagi jismoniy tarbiya kiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning masalalarini asoslashda va mutaxassislar tayyorlashda P.F.Lesgaft, V.V.Gorinevskiy, Ye.A.Arkin kabi buyuk olimlarning hissasi katta. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimining kelajakdagi ravnaљiga, pedogogika fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari A.N.Bikova, L.Gorinevskaya, D.V.Xuxlayeva (1950-60y.y) sobiq sovet akademiyasining xodimlari M.Yu.Kistyakovskiy, N.T.Terexova, T.N.Osokina, Ye.L.Timofeyeva, B.Ch.Vavilova, A.A.Udyalova va boshqalarni (1960y.), pediatriya ITI hodimi Z.S.Uvarova, bolalar va o’smirlar gigiyenasi ITI хodimi G.P.Yurko va boshqalar, jismoniy tarbiya institutlari, maktabgacha pedogogik kafedralarning o’qituvchilari o’z hissalarini qo’shganlar.