Tarbiyaviy vazifalar - erta yoshdan boshlab bolalarda kun tartibiga qat’iy rioya qilish odatini, kundalik jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish odatlarini tarbiyalash muassasalarda va uyda bu mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish ko’nikmasini rivojlantirib borish zarur. Bolalarning o’z tengdoshlari va kichkintoylar bilan jismoniy mashqlarni, shu jumladan, harakatli o’yinlarni tashkil yetish va o’tkazishni o’rgatib borish muhimdir. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, nafosat, mehnat tarbiyasini amalga oshirish uchun ko’pgina imkoniyatlar mavjud. Jismoniy mashqlar mashg’ulotlari to’g’ri tashkil yetilganda ijobiy xususiyatlarini (tashkilotchilikni, intizomlikni, mustaqillikni, faollikni) tarbiyalash uchun, axloqiy sifatlarni (rostgo’ylik, adolatlilik, dњstlik hissi, o’zaro yordam, jamoada shug’ullanish malakasi, jihozlariga yaxshi munosabat, topshiriqni bajarishga javobgarli), shuningdek, irodaviy sifatlarni (mardlik, hal qiluvchanlik, qiyinchiliklarni yegnishda qat’iylik, o’z kuchiga ishonish, chidamlilik va boshqalar) namoyon yetishda qulay sharoitlar yaratiladi