8
Toshkent shahrida basketbol jamoasini birinchi bo`lib harbiy
maktab
o`qituvchisi
S.Starshiy
tashkil
qildi.
P.Taranov,
A.Bogachenkov, Yu.Belotserkovskiylar shu jamoa a’zosi edilar. Bu
yerda birinchi o`yin 1920-yilning sentabr oyida «Vseobuch»
maydonida bo`lib o`tdi. Har bir jamoa tarkibida beshtadan o`yinchi
bo`lib, o`yin futbol to`pi bilan olib borilgan. Savat sifatida
maydonning ikki qarama-qarshi tamonida o`rnatilgan langarga osib
qo`yilgan tagi olib tashlangan chelaklardan foydalanilgan. 1920-
yilning yozi va kuzida bir necha ko`rgazmali o`yinlar o`tkazilgan edi.
Yangi o`yinda ayol-qizlar ham ishtirok eta boshlashdi. 1920-yilning
sentabr oyida Andijon shahrida jismoniy tarbiya yo`riqchisi
I.Blutskiy boshchiligida ayollar basketbol jamoasi tashkil etiladi.
Qizlar unga «Sokol» («Lochin») nomini berishgan edi. O`yin
tashabbuskorlari bo`lib opa-singil T.va I.Mixaylovalar, I.Voronkova,
Z.Torokova,
L.Dzvenskaya,
A.Abramova,
D.Shaporenko
va
boshqalar jonbozlik ko`rsatganlar, bir oz vaqt o`tib, ularning soni 17
taga yetdi.
Basketbol to`garaklari keyinchalik Namangan,
Samarqand va
respublikamizning turli shaharlaridagi korxonalar, fabrika, zavod
hamda boshqa tashkilotlarda ham tashkil qilina boshladi. 1924-yilda
Sirdaryoda o`tkazilgan viloyat olimpiadasi dasturiga basketbol o`yini
birinchi marta kiritiladi. Musobaqalar 1922-yildagi Moskva qoidalari
asosida o`tkaziladi. O`yin vaqti 40 minut bo`lib, har bir jamoa 5
kishidan iborat edi (ikkita hujumchi, markaziy o`yinchi va ikkita
himoyachi). Faqatgina markaziy o`yinchi himoyaga qaytib kelar edi,
o`yinda yesa hech qanday murakkab harakatlar qo`llanilmasdi.
Jarima to`plarini otish jamoaning bitta o`yinchisi zimmasida bo`lardi.
O`yin
davomida
basketbolchini
faqat
jarohatlanganidagina
almashtirish mumkin yedi. Maydon markazida dastlabki to`p otishda
qatnashayotgan basketbolchilar bitta qo`llarini
orqalariga qilib
turishlari, jamoalarning hujumchilari esa old zonaga o`tib turishlari
lozim edi. Basketbolchi bir joyda turib to`pni uch soniyadan ortiq
tutib turishi ta’qiqlanardi. To`pni savatga ikki qo`l bilan pastdan va
bir qo`l bilan yelkadan otish keng qo`llaniladigan usullardan bo`lib
9
hisoblangan.
Olimpiadada 10 ta erkak va 4 ta ayollar jamoalari qatnashdi.
Erkaklar orasida eng kuchlilar safida Toshkentning birlashgan
maktabi (TBM) va talabalar sport klubi (TSK) hisoblangan edilar.
Ayollar orasida TSK peshqadamlik qildi.
Erkaklar orasida, shartli
ravishda, TBM va TSK g`olib deb topildilar, chunki bular orasidagi
o`yin natijasiga norozilik bildirilgan edi.
O`rta Osiyo hududida bir necha respublika tashkil etilgach,
1925-yildan boshlab respublikamizda jismoniy tarbiya va sportning
jumladan, basketbolning ham rivojlanishida ma’lum iz qoldiradigan
ishlar olib borildi.
Respublika bo`ylab keng tarqalayotgan basketbol o`yini 1927-
yilda Butun o`zbek spartakiadasi dasturiga kiritildi. Bu spartakiadada
Toshkent shahri, Andijon,
Samarqand, Farg`ona terma jamoalari
qatnashdilar. O`yinlar chiqib ketish usuli bilan o`tkazilgan: bir
o`yinni yutqazgan chiqib ketadi.
1928-yilda II Butun o`zbek spartakiadasi bo`lib o`tdi.
Spartakiadada Toshkentning erkaklar va ayollar jamoalari birinchi
o`rinni egalladilar. Bu bellashuvda Moskvada o`tkaziladigan sobiq
Butunittifoq spartakiadasiga qatnashadigan terma jamoa a’zolari
aniqlandi.
Bu spartakiada O`zbekiston basketbolchilari birinchi xalqaro
uchrashuvni o`tkazdilar. Ular Fransiya
terma jamoasi bilan
uchrashib, 49:12 (erkaklar) va 24:12 (ayollar) hisoblari bilan g`alaba
qozondilar.
1934-yili basketbol bo`yicha o`tkazilgan birinchi O`rta Osiyo
spartakiadasida O`zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari
birinchi o`rinlarni egalladilar.
O`zbekiston
basketbolchilari
1935-yilda
Leningradda
o`tkazilgan Butunittifoq musobaqalarida qatnashib,erkaklar
-
12,ayollar 11-o`rinlarni egalladilar.
1939-yilda mamlakatimizda musobaqaning yangi qoidalari joriy
etildi. Bu qoidalar halqaro musobaqalar qoidalariga munosib
10
tuzilgandi.
Ikkinchi jahon urishi boshlanishi bilan O`zbekiston
jismoniy
tarbiya tashkilotlari o`z ishlarini urush davri talablari asosida qayta
tashkil etdilar. Respublikada umumiy harbiy ta’lim joriy etildi,
harbiy o`quv muassasalari tuzildi.
1945-yilda Toshkentda III Butuno`zbek spartakiadasi bo`lib
o`tdi. Spartakiadaning basketbol turnirida ayollar va erkaklarning 7
tadan jamoalari qatnashdi. Birinchi o`rinni Toshkentning ayollar va
erkaklar jamoalari egalladilar.
1946-yilda Andijonda mahalliy millat erkaklarining jamoalari
o`rtasida
ikkinchi
respublika
chempionati
o`tkazildi.
Bu
musobaqalarda respublikamizning 8 ta viloyatidan 50
ta kishi
qatnashdi. Musobaqalar juda qiyin sharoitda: zalning kattaligi
20x10.4 metr bo`lib, shit devorga mahkamlangan, yorug`lik
manbalari o`rnatilmagan ahvolda o`tkazilgan edi. Qiziqi shundaki,
musobaqa uchun Andijon shahrida faqat bitta basketbol to`pi
topilgan edi.
Bu
musobaqalarda
U.Bektemirov,
U.Umarov,
A.Shermuhammedov,
A.Minovarxo`jayev,
T.Isaxo`jayev,
X.Sultanov va K.Musaxo`jayevlardan tashkil topgan Toshkent
shahri 1-o`rinni egalladi.
Dostları ilə paylaş: