27
III. MAVZU:
BASKETBOL O`YIN TEXNIKASINING
TASNIFI
3.1 O`YIN TEXNIKASI TASNIFI.
O`yin texnikasi – bu, musobaqaning
aniq vazifalarini
muvaffaqiyatliroq hal qilishga imkoniyat beradigan usullar
yig`indisidir. «Texnika usuli» termini ostida, deyarli bir xil o`yin
topshirig`ini bajarishga yo`naltirilgan va tuzilishi bo`yicha o`xshash
bo`lgan harakatlar tizimi tushiniladi. U yoki bu usul qo`llaniladigan
shart - sharoitlarning xilma - xilligi har bir usulni bajarish
uslublarining
shakllanishi
va
takomillashishiga
qiziqishni
kuchaytiradi.
Bu usul, avvalo, asosiy harakatlantiruvchi tuzilmaning
kinematik, dinamik va ritmik tuzilmaning
barqarorligi bilan
tavsiflanadi.
Shunday qilib, rivojlanishning har bir davridagi sportchi
texnikasi - bu o`yinchiga qoidalar doirasidan chiqmay, kurashning
og`ir vaziyatlarida muvaffaqiyatli harakat qilishga imkon beradigan
eng
samarali, amalda sinalgan vositadir. Bir lahzada vujudga
keladigan o`yin holatlarida eng yaxshi natijalarga erishish uchun
basketbolchi har xil texnik usullar va usullarning hammasini
egallashi, eng to`g`ri keladigan usulni yoki usullarni tanlay olishi,
ularni tez va aniq bajarishi kerak. Yuqori texnik mahorat belgilari:
1.berilgan o`yin topshiriqlarini va himoyaning ikki –
uch eng
yaxshi egallagan usuli bilan qo`shilishida mukammal bajarish uchun
usul va usulning eng maqbul hajmini erkin egallash;
2.ko`rsatilgan usullarning aniq va samarali bajarilishi;
3.halaqit beradigan omillar ma’lum darajada toliqish, ruhiy,
keskinlik, og`ir tashqi sharoit va hokazolar ta’sirida usullarning
bajarilishi barqarorligi;
4.raqib qarshi harakatining aniq shakllariga qarab texnik usullar
(fazalarini)
qismlarini boshqara olish;
5.usullarning bajarilishining ishonchliligi, bu ko`p kunlik
musobaqa davomidagi yuqori aniqlik va samaradorlik bilan, u
28
o`yindan bu o`yingacha salbiy ta’sir etuvchi og`ishlarsiz aniqlanadi.
Basketbol o‘yini texnikasini bir tartibda o`rganish uchun uning
tasnifidan foydalaniladi.
Texnika tasnifi - bu ma’lum belgilar asosida uning
hamma uslub,
usullarini bo`limlar va guruhlar bo`yicha teng huquqli taqsimlashidir.
Shunday belgilar qatoriga, eng avvalo, sport kurashidagi usulning
nimaga mo`ljallanganligi belgilanishi (savatga hujum qilish yoki
himoya qilish uchun), harakat qanday bajarilishi (to`p
bilan yoki
to`psiz), shuningdek, uning kinematik va dinamik tuzilishi
xususiyatlari kiradi.
Basketbol o`yini ikki bo`limdan tashkil topgan turli
texnik
usullar yordamida o`tkaziladi. Bu – hujum texnikasi va himoya
texnikasi. Har bir bo`lim hujum va himoyada qo`laniladigan texnik
usullarning guruhlaridan tashkil topadi. Usul guruhlari ularning har
xil yo`llar bilan bajarilishini o`z ichiga oladi. Oyoqlarni to`g`ri
ishlata bilish va chalg`itish usullari ikkala bo`limga ham qarashlidir.
Usullarning ayrim bajarilish yo`llari, o`z navbatida, bajarilish
tavsifiga ko`ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, usulni bir joyda turib,
harakatda bo`lganda yoki sakraganda bajarish mumkin. Tavsiya
qilinayotgan
tasnifnomasida
chalg`itishlarga
mustaqil
joy
ajratilmaydi, chunki chalg`itish - bu aniq
usulning faqat bir qismini
(masalan, to`pni uzatib berishda qo`l ko`tarish), (savatga otish
paytida mo`ljallash), raqibda xato tushunchasi tug`dirish maqsadi
bilan o`yinchi tomonidan bajarilishi va undan foydalanib, boshqa
usulni samarali qo`llash uchun qulay holatga erishishdir.
O`yin texnikasi tavsifining asosiy tuzilishi quyidagi ko`rinishda
berilishi mumkin:
- texnika bo`limi – hujum
texnikasi;
- texnika guruhi – to`pni egallash texnikasi;
- usul – to`pni savatga otish;
- bajarish usuli – yuqoridan bir qo`llab to`pni savatga otish
shakllari;
– gavdani orqaga tashlab (og`ishtirib);
29
- bajarish shartlari – to`xtagandan keyin, sakrab o`rtacha
masofadan
to`pni savatga otish.
Basketbol texnikasi tasnifi shunday chizma bo`yicha tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: