31
O`yin texnikasi klassifikatsiyasi (tasnifi).
S a k r a sh l a r. Basketbolchilar sakrashlarni bir oyoq yoki ikki
oyoq bilan depsinib bajaradilar. O`yin davomida sakrashlar,
ko`pincha, oldindan tayyorgarlik ko`rilmasdan va qayta-qayta
bajariladi.
T o` x t a sh l a r qadamlab va sakrab bajariladi. Qadamlab
to`xtashda basketbolchi yugurish maromini buzmasdan oxirgi
qadami tovondan, kattaroq qilib qo`yadi; so`ng tayanch oyog`ini
ko`proq bukadi va ikkinchi oyog`ini oldinga qo`yib, harakatini
to`xtatadi va gavdani tayanch oyog`ining ustida tutib turadi.
B u r i l i sh l a r oldinga va orqaga burilishlarga ajratiladi. Ular
orqada yoki oldinda joylashgan oyoqda, bir joyda turgan holda va
harakatda, to`p bilan va to`psiz bajariladi.
Dostları ilə paylaş: