4
I-MAVZU. BASKETBOL O`YININING KELIB
ChIQIShI, QOIDALARI VA RIVOJLANIShI TARIXI
1.1 O`yinning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixi.
Basketbolga o`xshab ketadigan o`yin to`g`risidagi dastlabki
ma’lumotlar eramizdan avvalgi VII asrga oiddir. Meksikadagi
INKlar qabilasiga mansub bo`lgan hududlar «POK-to-POK» deb
atalgan o`yinni qiziqib o`ynashgan. Ushbu o`yinning butun
mohiyati o`yinchilarning to`pni halqa ichiga tushirishdan iborat
bo`lgan. To`p o`rnida kauchukdan
tayyorlangan shardan
foydalanishib, uni yerga nisbatan perpendikulyar baland joyda
osilgan
halqaga
tashlashgan.Oradan
ancha
vaqtlar
o`tib,
eramizning XVI asriga kelganda, meksikalik «basketbolchilar» bu
o`yinni takomillashtirdilar. O`yin ijodkorlari zilday kauchuk sharni
devorga osilgan tosh halqa orqali o`tkazishga harakat qilishgan.
1603 yilda BRYuIS tomonidan ishlangan gravyurada basketbolga
o`xshagan o`yin aks yettirilgan: VETning «Sport yensiklopediyasi»
(1818-y) degan kitobida esa Floridada odamlar qiziqib o`ynaydigan
o`yin bayon etilgan: kimki savatga ko`proq to`p tushirsa, o`sha
g’olib bo‘lgan hisoblanadi. Savat esa baland joyga osib qo`yilgan.
Ancha keyinroq basketbolning hozirgi zamon ko`rinishini
eslatadigan to`p bilan o`ynaydigan o`yin turi paydo bo`lgan.
Spartada shunga o`xshagan «spiskirus», qadimgi Rimda
«Xerpastum», Italiyada «Halqaga tushirish» deb ataluvchi o`yinlar
bunga misol bo`la oladi. Hozirgi zamon basketbol o`yini 1891-
yilning dekabr oyida AQShning Massachusets shtatidagi Springfild
trenirovka maktabining (keyinchalik maktab kollejga aylantirilgan)
jismoniy tarbiya o`qituvchisi Jeyms
Neysmit tamonidan kashf
etilgan. U o`yinni shunday ta’riflab bergan: «Basketbolni o`ynash
oson, lekin yaxshi o`ynash qiyin». Yangi o`yin o`zining
serharakatligi bilan o`yinchilarda shunchalik qiziqish uyg`otadi, deb
Neysmit xayoliga ham keltirmas edi. Hozirgi kunlarda esa basketbol
bilan shug`ullanadiganlar soni millionlarcha. Neysmit tomonidan
yaratilgan o`yinning dastlabki varianti beshta asosiy shartdan, 13 ta
asosiy qoidadan iborat edi. O`sha o`yinning dastlabki qoidalari
5
1892-yil 15-yanvarda matbuotda bosilib chiqdi. Neysmit yangi
o`yin uchun futbol to`pini tanladi, chunki bu to`pni qo`l bilan ilib
olish oson bo`lib, uni yashirish qiyin
hamda yerga urilgan vaqtda
yuqoriga otilishi unga ma’qul tushgan. Neysmit gimnastika zalidagi
tomoshaxonaga savat osgan. Tomoshaxonaning balandligi 3 metr 5
sm bo`lgan va hozirgi paytgacha saqlanib kelmoqda. Birinchi
rasmiy musobaqa qoidalari 1894-yilda AQShda e’lon qilingan edi.
1895-yildan
boshlab
AQShda
basketbol
bo`yicha
rasmiy
musobaqalar o`tkazila boshlandi. 1896-yildan boshlab to`pni yerga
urib yurishga ruxsat berildi.
Basketbol avvaliga Amerikadan Sharq mamlakatlari-Yaponiya,
Xitoy,
Filippinga,
undan
so`ng
Yevropa
mamlakatlari-
Chexoslovakiya, Litva, Estoniya, Latviya, Italiya,
Fransiyaga va
nihoyat, Janubiy Amerikaning ayrim mamlakatlariga tarqaldi.
Basketbol o`yinining tarixida buyuk voqea bo`lib 1932-yilning
18-iyun kuni hisoblanadi,shu kuni Xalqaro basketbol Federasiyasi
(XBF-FIBA) tashkil topadi. Sakkiz milliy federasiyalarning vakillari-
Argentina, Gretsiya, Italiya, Latviya, Portugaliya,
Ruminiya,
Shvetsariya va Chexoslovakiya birinchi xalqaro anjumanda
qatnashib, bir ovozdan xalqaro basketbol federatsiyasini tashkil
qilinishini va muqobillashgan qoidalarining qabul qilinishini qo`llab-
quvvatlashadi. FIBAning ustavi 1932-yilda Rim shahrida qabul
qilingan edi. Unga har yilda bir marta o`tkaziladigan Federatsiya
kongreslarida tegishli o`zgartirishlar kiritib turiladi.
FIBAning bosh
organi – kongress bo`lib, u har 4 yilda bir marta chaqiriladi.
Kongresslar o`rtasidagi davrda kongress vakolatlariga ega bo`lgan
markaziy byuro uning rahbar organi hisoblanadi. U ikki yilda bir
marta o`z majlislariga-sessiyasiga to`planib turadi. Markaziy byuro
sessiyalari o`rtasida uning vazifasini 7 kishidan iborat ijroiya
komissiyasi bajarib turadi. Ma’lumki, olimpiada o`yinlari kabisa
yillarida o`tkaziladi. Bu yillar orasida FIBA rahnamoligi ostida 4 yil
maboynida – jahon chempionatlari (juft yillarda) hamda qit’alar
birinchiliklari (toq yillarda) o`tkazib turiladi.
FIBAning rahnamoligida o`tkazilgan
birinchi yirik musobaqa-
6
bu birinchi Yevropa chempionati hisoblanadi.
1935-yilda Jenevada erkaklar jamoalari o`rtasida birinchi
Yevropa
chempionati
bo`lib
o`tdi.
Bunda
Boltiqbo`yi
mamlakatlarining jamoalari ustun keladilar. Yevropa chempioni
unvoniga Latviya terma jamoasi birinchi bo`lib sazovor bo`ldi. 1936-
yilda basketbol birinchi marta olimpiada o`yinlari dasturiga kiritildi.
Berlinda bo`lib o`tgan XI Olimpiada o`yinlarining basketbol
turnirida 21 mamlakatning erkaklar jamoalari qatnashdi.
Ayollar o`rtasida birinchi Yevropa chempionati 1938-yilda
Rimda bo`lib o`tdi. Bunda Italiya milliy jamoasi g`alaba qozondi.
1950-yilda Argentinada birinchi dunyo chempionati bo`lib o`tdi.
Bunda mezbonlar birinchi o`rinni egallashdi. Ayollar jamoalari
uchun birinchi dunyo chempionati 1953-yilda Chilida o`tkazildi va
AQSh ayollar terma jamoasi jahon
chempioni unvoniga sazovor
bo`ldilar.
Dostları ilə paylaş: