57
birga qarshi harakatlarning struktira va intensivligi o’yinchining
shchit va maydonning to’p bo’lgan tomonga, yoki to’psiz
tomonga
nisbatan egallagan pozisiyaga bog’liq ravishda farqlanadi. To’p
turgan tomonga to’p bilan bolgan o’yinchiga qattiq va doymiy ta’sir
ko’rsatiladi, qolgan sheriklari to’pni uzatilishgi mumkin bo’lgan
yo’nalishlarda raqibni zich ta’qib qiladi: markaziy o’yinchi – oldidan
yoki yonidan, kanot hujumchisi – to’pni olish imkonini bermaslik va
raqib burilib mo’ljallovchi aloqani yoqotmasdan orqaga o’yib
olganda, uning orqasidan yugurib ulgurish uchun yo’piq turishda
(yuzma-yuz) turishi kerak.
Shaxsiy zonali pressing.
Jamoali himoyaning intensivligini
oshirish uchun aralash shaxsiy-zonali pressingni qo’llab
erishish
mumkin.
Musobaqa amaliyotida ba’zida bir to’pni o’ynab maqsadga
erishish uchun o’yinchilarni almashib pressing qilish qo’llaniladi;
jamoa o’z oldiga maydonning o’rta qismini yaxshi berkitish, 1x2
tuzog’ini qo’yish vazifasini qo’yib,
sof zonali pressing bilan
boshlaydi; tuzoq ishga tushganda jamoa aralash pressing va hihoyat,
o’z maydonida faol shaxsiy himoyaga o’tadi.
Shuni e’tiborga olish kerakki, maydon o’rta qismini to’sish
uchun 2-2-1 zona pressingini ochiqdan-ochiq juda toraytirib yuborish
raqibga yon chiziq bo’ylab o’tib himoyani yo’rib kirishiga imkon
yaratishi mumkin.
Keyin barcha himoyachilarning tuzoq hosil qilish uchun yo’n
chiziqlardan biriga harakat qilganda, raqibning to’pni qarama-qarshi
kanotga uzatishi himoyachilarni qiyin ahvolga solib qo’yishi
mumkin.
Shiddatli hujumga qarshi himoya.
Shiddatli
hujum qilishni
yaxshi egallab olgan jamoaga qarshi o’yinda raqib uchun qulay
bo’lgan o’yin sur’atini pasaytirishga harakat qilish kerak. Buning
uchun pozitsion hujumni odatdagidan sekinroq o’tkazish bilan
o’ynash, qaltis to’p uzatish va tayyorlanmasdan to’pni savatga
otishdan saqlanish kerak. O’zining orqa zonasini kamida ikki
o’yinchi kuchi bilan juda ham etiborlik bilan straxovka qilish kerak.
58
Shchitdab sapchigan to’p uchun kurashda yoki boshqa paytda to’pni
egallab olgan o’yinchini himoyani yorib o’tish
maqsadida birinchi
to’pni uzatishiga halaqit berishi uchun unga qurmasdan hujum qilish
kerak. Raqibning ijobiy natijali to’p otgandan so’ng hujumchilar
vaqti-vaqti bilan maydon bo’ylab ta’qib qilish va yana o’zining
jarima to’pi otish maydonchasiga qaytib kelish kerak.
Nazorat savollari
1. «Texnika» haqida tushuncha. O‘yin texnikasi tasnifi.
2. Hujum va himoya texnikasi. Texnikaning vositalari. Taktik
kombinatsiyalar.
3. Hujumda ijro etiladigan individual taktik harakatlar.
4. Himoyada ijro etiladigan individual taktik harakatlar.
5. Hujum va himoyada ijro etiladigan guruhli taktik harakatlar.
6. «Taktika» haqida tushuncha. O‘yin taktikasi tasnifi.
7. Hujum va himoyada qo‘llaniladigan jamoali taktik harakatlar.
Taktik reja haqida tushuncha.
8. To‘pni savatga aniq otishga asosiy omillar.