Sport pedagogikasi novatorlari. Reja



Yüklə 24,47 Kb.
səhifə1/2
tarix26.06.2023
ölçüsü24,47 Kb.
#135227
  1   2
Sport pedagogikasi novatorlari


Sport pedagogikasi novatorlari.



Reja:

1. O’qituvchining dars davomidagi mehnati va uni tashkil etishning asosiy yo'nalishlari.
2. O’quvchilarning bilim anglash faoliyatini boshqarishda o’qituvchining mahorati,
3.Tarbiyachining,mahorati.

O’qituvchi o’quvchilarga nisbatan muayyan holatda tursagina (bu holat ularning yoshiga qarab turlicha bo'ladi) pedagogik ta'sir ko'rsatishni muvaffaqiyatli amalga oshira oladi. Mazkur holat o'quvchilar bilan muomala sohasida o'qituvchining asosiy yo'l-yo'rig’idan iborat bo'lib, u o'quvchilarning psixologik yosh xususiyatlariga monand bo'ladi. Tarbiyaning mavjud tajribasini tahlil qilib, tajriba sinov ishi o'quvchilarning yoshiga muvofiq ravishda o'qituvchi holati (tutgan yo'li) ning o'zgarish mezonini aniqlashga imkon beradi. Bu o'quvchilar jamoasiga nisbatan tashqi holatdan ma'lum darajada ichki holatga o'tish, o'quvchilarga bevosita ta'sir ko'rsatishning kamayishi va bevosita ta'sirning ortishi jamoani boshqarish organlariga berish, har bir bola shaxsining ichki olamiga ko'p ta'sir etishga o'tishdir.



Turli yoshdagi o'quvchilarning muomalasiga ta'sir kursatish sub'ekti bo'lgan o'qituvchi tutgan yo'l va mahoratining umumlashtirilgan tavsifini quyidagicha tasavvur qilishi mumkin: quyi sinflarda o'qituvchi tashkilotchi bo'lib maydonga chiqadi. V. Dalning lug’atiga qaraganda - tuzuvchi-ta'sis etuvchi (tashkil etish-yo'lga qo'yish, qat'iy asoslash degan so'zdan) ma'noni bildiradi. Pedagogning kichik yoshdagi o'quvchilar hayotiga -ta'sir ko'rsatishining asosiy mazmuni uni tashkil etish zarurati bilan belgilanadi. Kichik yoshdagi o'quvchilar jamoalarida talabchan va quvnoq tarbiyachi bo'la oladigan, bolalarning faol ijodkorlik bilan to'la hayotini tashkil etib, ular orasida o'zaro xayrihoxlik, g’amxo'rlik vaziyatini, zavqli vaziyatni vujudsa keltira oladigai tarbiyachilar katta obro'-e'tibor qozonadilar. Bunday munosabat eng yaxshi munosabatdir, chunki u katta yoshdagi kishiga tashkiliy vazifalarnin hal etilishini osonlashtiradi, tarbiya vazifalarini mohirlik bilan samarali hal etishga yordam beradi. O'smirlar o'qiydigan sinflarda o'qituvchining holati rahbar degan so'z bilan ifodalanishi mumkin. V. Dal bu so'zni quyidagicha, ya'ni ko'rsatuvchi, murabbiy, ishboshi, boshlovchi deb ta'riflaydi. Pedagoglarning o'smirlarga ta'sir ko'rsatishining asosiy mazmuni ularning faoliyatiga rahbarlik qilish zarurati bilan belgilanadi, bu faoliyat o'z-o'zini tashkil qilishning ko'proq ulushiii o'ziga qamrab oladi, bu esa o'qituvchining ta'lim tarbiya jarayoning rahbari sifatida, o'quvchilarga quyidagi talablar mazmuinini ochib beradi. O’smirlar pedagogik talablarni ongli va sidqidildan bajarishlari uchun talab mavzuiga nisbatan o'qituvchi va o'quvchining bir xil yo’l tutishi zarurdir, u bilish nuqtai nazaridan qiziqarli bo'lishi yoki amaliy jihatdan foydali bo'lishi zarur, yoxud hissiyotlarni engillashtirish va xokazolar uchun kerak, boshqacha so'zlar bilan aytganda, jamoa faoliyat jarayonini qulaylashtirish zarurdir, aks holda talab samarasiz bo'lib qoladi. Katta yoshdagi o'smirlarga nisbatan o'qituvchi homiy yoki tarbiyachi holatida turadi bu so'zlar V. Dal lug’atida «homiylik qiluvchi, g’amxo'r, serharakat» sifatida ta'riflanadi. Bunday holat shuni taqozo qiladiki o'qituvchi faoliyatining shunday sohalarida, ya'ni bevosita aralashuv kam samara beradigan sohalarda, o'quvchilarning o'zaro harakatlariga alohida e'tibor berish lozim, bu esa pedagogdan katta yoshdagi o'smirlarga o'ziga xos homiylik qilishni talab etadi, bu avvalo ularning bu sohadagi ahvoli yaxshi bo'lishi haqida bevosita g’amxo'rlikni o'z ichiga oladi. Yuqori sinflarda o'qituvchining holati konsultant, ya'ni muayyan sohada maslahatlar beruvchi mutaxassis so'zi bilan ifodalanishi mumkin. O’qituvchi yuqori sinf o'quvchilari bilan muomala qilganda o'tmish g’oyaviy merosining muhim ahamiyatini tasdiqlab berish lozim. Bunday holda u keng muammolar bo'yicha maslahatchi bo'lib keladi va yuqori sinf o'quvchilariga samarali ta'sir ko'rsatish imkoniga ega bo'ladi. O’qituvchi jamoa a'zolari bilan gaplasha olishi ham kerak.

O'quvchilar jamoasi - bilan muomala ko’pincha suhbat, leksiya, axborot shaklida bo'ladi. Birinchi navbatda suhbatni qaiday boshlash, qanday qilib darhol o'qituvchining gaplariga bolalarning diqqatini tortish, qiziqtirish haqida galirib o'tamiz. Jumladan, mavzuga diqqat tortish, uni tushuntirish, tahlil qilish, maqola, sitata keltirish mumkin. Bunda o'qituvchi suhbat olib borayotganda ancha qisqa, lekin etarli aniq qilib ochib berish vazifasi turadi. Bunda misollar, illyustrasiyalar sistemasi bayon qilinadi. Har qanday suhbat bolalarni qiziqtira olishi lozim. Faoliyat yo'nalishlarida keng miqyosgda joriy etilishi lozim bo'lgan «Ona yurt», «Yosh ishbilarmon», «Yosh hunarmandlar», «Meros», «Mehr-shafqat», «'Gabiat va inson» kabi ishlar qo'llashi bolalarni tarixni o'rganish va uni targ’vb qilish, xalq urf-odatlari, bolalar o'yinlarini o'rganishda katta yordam beradi. Oromgoh hududida istiqomat qiluvchi hunarmandlar, ya'ni temirchilar, kulollar, naqqoshlar, duradgorlar, zardo'zlar, kosiblar bilan kelishgan holda kichik ustaxonalarni ochish mumkin. Bolalar va o'smirlar orasida katta-yu kichikka doimo g’amxo’r bo'lish, ayiiqsa bemor yotgan qariyalarga yoki tengdoshga bo'lgan mehr-muruvvatni ayamaslik fazilatlarini singdira olish muribbiy va tarbiyachilarning muhim ishidir. Buning uchun ular o'z tarbiyalanuvchilari bilan oromgoh hududida istiqomat qilayotgan keksa, yolg’iz bemor qariyalardan xabar olishi, ularniig uy ishlarida ko'maklashishi, zarur - bo'lsa kichik ta'mirlash ishlarini olib borishi mumkin. Oromgohlarda ko'ngilli dam olish uchun sport bilan shug’ullanish, turli xil o'yinlar o'tkazish, kasb tanlash, bichish-tikish, qashtachilik va hokazolar. Yosh tabiatshunoslar, sayyohlar va texniklar ish olib borishlari lozim, Yozgi sport sog’lomlashtirish oromgohlarini tashkil etish an'anaga aylanib bormoqda. Oromgox odatdagidek 1 iyun kuni ochiladi.

Haqiqiy pedagog faqat bilimga emas, so’zalshish madaniyatiga ham ega bo’lishi kerak. Maktabda, umuman o’qish jarayonida 2 ta asosiy shaxs –o’qituvchi va o’quvchi bo’ladi. Bu ikkala shaxsning dars dars jarayonida, sinfdan tashqari ish olib borish jarayonida ularning bir-biri bilan to’g’ri munosabatda bo’lish, o’quvchi shaxsi shakllanishida ta'limimiy-tarbiyaviy jarayon effektiv ta'sir ko’rsatadi. O’qituvchi psixologik xususiyatini, qobiliyatini hisobga olgan holda unga murojaat qilishi kerak. Jaras jarayonida pedagog o’quvchi shaxsini pastga urmaslikka harakat qilishi, faqat buyruq, jerkish orqali tarbiyalamasligi kerak. O’quvchi o’zini va o’qituvchi xuquqlarini mustaqil anglay bilishi kerak. Masalan, 8 yillik maktabning direktori shunday deydi: «Men bir o’zim o’quvchilar bilan kurashib kelaman, aslida esa, hamma kurashishi kerak». Bu maktabning direktori o’qishni, intizomni yaxshilashga intilyapti. Lekin buning uchun to’g’ri yo’lni tanlamaydi, ya'ni – o’quvchilarga qarshi kurash olib borishi, ularni o’z xoxishiga mut'e qilish, shaxsni erga urish. Shular natijasida quyidagi choralar ko’riladi: majlislarda sharmanda qilish, va'da berdirish, ota-onalarni chaqirish va hokazo. Natijada, bir-biriga o’quvchi va o’qituvchi bir-biriga qarama-qarshi bo’lib qoladi. Aslida esa o’quvchi bilan o’qituvchining maqsadi, yo’nalishi bir joyga qaratilgan bo’lib, ular hamkorlikda ish olib borishlari shart. Pedagog faqat bilim berib qolmay, balki boshqalarning va o’zining hayoti uchun ma'suliyatni his qiladigan shaxsni, fuqaroni tarbyailashi kerak. Bunga esa kurash orqali emas, gumanistik munosabatlar orqali erishiladi. Har qanday mehnatning muvaffaqiyati va samarasi uni tashkil etishga, bu mehnatni uyushtirishga ta'sir etadigan shart-sharoitlarga, faoliyatni amalga oshirish yo'llariga bog’liq. Demak, o'qituvchi mehnatining samarasi ham o'qituvchi o'z ishini qanday tashkil etishiga hamda bunga ta'sir etadigan shart-sharoitlar qandayligiga bog’liq. Xar qanday mehnatni bajaruvchi shaxs o'qituvchi ham o'z ishini tashkil etishda o'ziga ma'qul bo'ladigan, o'zi yaxshi egallagan mahorat bilan bajara oladigan uslublarni tanlaydi. Biz ilmiy texnika taraqqiyoti davrida yashamoqdamiz. Demak, o'z ishimizni tashkil etishda ham fan-texnika yutuqlariga asoslanishimiz kerak bo'ladi. Xususan, o'qituvchi ham o'z mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi lozimdir.

O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish deganda pedagogik jarayonni boshqarish uchun pedagogika va psixologiya fanining eng so'nggi yutuqlaridan foydalangan holda o'z ishini ijodiy tashkil etib yangiliklar yaratish tushuniladi. O’qituvchi mehnati uning vakti bilan bog’liq. Ishning muvaffaqiyati vaqtdan unumli foydalalish, o’zining imkonmntlarini to'la hisobga olish, o'quv qa tarbiya jarayonida o'zini namoyish etish va o'zining kimligini, qanday ekanini, nimalarga qodir ekanini tasdiqlash bilan bog’liq.


Ixtiyoriy ta’lim olish. Hamkorlik pedagogikasining bu prinsipi o‘quvchida qo‘rqish hissini yo‘qotish, erkin bo‘lish, o‘ziga ishonch uyg‘otish, unda to‘laqonli ijodiy ishlashga qobil insonni ko‘rish, V.A.Suxomlinskiy so‘zi bilan aytganda, muvaffaqiyatdan yuzaga kelgan ko‘tarinkilik bo‘lsa, o‘sha yerda o‘qishga qiziqish bo‘ladi.
Qiyin maqsad g‘oyasi. Tajribani o‘tkazuvchi o‘qituvchilarning yozishicha, ularning ishlari an’anaviy darsdan shunisi bilan farq qiladiki, ular bolalar bilan hamkorlik g‘oyasini quvvatlab turadi, bolalar oldiga ko‘proq murakkab maqsadlarni qo‘yadi, ularning o‘ta murakkabligiga e’tiborni qaratadi va ushbu maqsad albatta amalga oshiriladi, bu o‘rinda mavzu yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lishi kerak. Mazkur holatda o‘quvchilarni maqsadning o‘zigina emas, balki qiyinchiliklarni yengishga bo‘lgan qat’iy ishonch ham birlashtiradi.
Tayanch g‘oyasi. O‘qituvchi - novatorlar predmet-so‘z axborot-lariga turli-tuman tayanch signallarini kiritadi. Chunki bular xotirani, mantiqni, xayolni, tafakkurni algoritmik ko‘rinishlarini - rivojlantirish vositasi hisoblanadi. V.F.Shatalov darsda tayanch signallaridan unumli foydalanadi.
Erkin tanlash g‘oyasi. O‘quvchilar ijodiy fikrlashni rivojlantirishning eng oddiy yo‘li hisoblanadi. Erkin tanlash maktab o‘quvchilari shaxsidagi ayrim sifatlar notekis rivojlanishining oldini olish imkoniyatlarini beradi. Erkin tanlash g‘oyasiga misol: V.F.Shatalov o‘quvchilar ixtiyoriga juda ko‘plab misollar beradi va bolalar o‘z ixtiyorlari bilan xohlagan misolni tanlab oladi.
S.N.Lisenkovada o‘qituvchi doskaga qanday qiyin so‘zlar yozishini bolalarning o‘zlari tanlaydi. I. P. Volkov o‘quvchilarga faqat mavzu beradi, o‘quvchilar esa qanday materialdan nima tayyorlash mumkinligini aytadilar.
Ilgarilab ketish g‘oyasi. Bu g‘oya S.N.Lisenkova, V.F.Shatalov va boshqa o‘qituvchilarda yaxshi hal etilgan. An’anaviy tarzda o‘qituvchi darsda o‘tgan materialni qaytarib, yangisini bayon etar ekan, u faqat «kechagi» va «bugungi»ni bilar edi. Hozirgi zamon darsida ilg‘or o‘qituvchilar, masalan, S.N.Lisenkova
misolida, darsning ma’lum vaqtini keyinchalik o‘qitilgan materialni o‘zlashtirishga ajratadi.
Yirik bloklar g‘oyasi. Tajriba shuni ko‘rsatyaptiki, agar materiallar yiriklashtirilib, yagona blokka birlashtirilsa, o‘quvchiga tushadigan og‘irlikni keskin kamaytirish hisobiga o‘rganiladigan material hajmini ko‘paytirish imkoniyati yuzaga keladi. Ijodkor novator-o‘qituvchilar darslikdagi 3-4 paragrafdagi tekstlarini bitta darsda o‘rganishni ma’qul ko‘radilar.
Darsga turlicha shakl berish g‘oyasi. Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchilarda dars o‘rganilayotgan predmet shakliga javob beradi. Masalan: V.F.Shatalovning matematika darsida teoremani isbotlay borib, ortiqcha bironta so‘z ishlatmaydi. Matematika o‘qituvchisining hikoyasi juda aniq bo‘lishi kerak. I.P.Volkovning ijodkorlik (mehnat) darsida o‘quvchilarning shovqin qilishiga yo‘l qo‘yiladi. O‘quvchilar unga ko‘plab savollar bilan murojaat qilishadi. Ye. N. Ilin badiy asarni tahlil eta borib, tahlil badIIy shaklda bo‘lishiga harakat qiladi.
O‘z-o‘zini tahlil etish g‘oyasi. Ilg‘or o‘qituvchilar bolalar o‘qishining dastlabki davridan boshlab individual va jamoa bo‘lib o‘z-o‘zini tahlil etishga o‘rgatib boradi. Sh.A.Amanashvili kichik yoshdagi bolalarni baho berish va muhokama yuritishga o‘rgatib boradi. Uning o‘quvchilari dars vaqtida o‘z o‘rtoqlarining ishlarini tekshirib, baholab, bir-birlarining yozma ishlariga taqriz yozishga o‘rganib boradilar.
Sinfning intellektual asosi. Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchilarning sinflarida bilimga bo‘lgan intilish, yuqori maqsadlarga erishish doimo hukm suradi. Sinfning umumiy maqsadlari va boyliklariga uning intellektual fondi (asosi) kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar qiyinchiliklarni yengishga, aqliy zo‘riqishdan qo‘rqmaslikka, yevristik quvonchni ko‘ra olishga o‘rgatadi.
Shaxsiy yondashuv. Ilg‘or o‘qituvchilar dars o‘tish jarayonida, har bir o‘quvchi o‘z shaxsini his etib turishiga o‘rgatadi, o‘qituvchining o‘ziga e’tibor berayotganini sezib turadi. Bu, asosan, har bir o‘quvchining dars davomida o‘z mehnatiga berilayotgan bahoni olib turishi bilan xarakterlanadi. Har bir o‘quvchi o‘ziga vazifa tanlaydi. Hech kim undan qobiliyatsiz deb gumonsiramaydi. Sinfda hamma har tomonlama himoyalangan bo‘ladi.
Maktab amaliyoti va pedagogika asosli ravishda tasdiqlaydiki, dars o‘qituvchining butun fikr va harakatlari doimo qaytarilib turadigan va aylanib turadigan markaz hisoblanadi. Dars pedagogik jarayon zanjirida shunday halqaki, M.N.Skatkin so‘zi bilan aytganda tomchida quyosh aks yetganidek, unda barcha tomonlar aks etadi. «Darsda hammasi bo‘lmasa ham pedagogikaning asosiy qismi markazlashgan». (Совершенствование процесса обучения. M. 1971. 149 стр.).
Tarbiyalanuvchi shaxsini yaxlit shakllantirish nuqtai nazaridan har qanday darsning foydali koeffisientini aniqlash yuzasidan ma’lum bir mezonni topish qiyin.
Dars ta’limning mazmuni, metodi va shakli kabi tushunchalar doirasida chegaralanib qolmaydi. Maktabdagi ta’lim, tarbiya va rivojlanishni pedagog va o‘quvchilarni o‘zaro hamjihat, hamkorlikdagi faoliyatlari orqali amalga oshirishni nazarda tutadi.
Har bir o‘qituvchi o‘zining kasbiy faoliyati davomida 25 mingdan kam bo‘lmagan dars beradi. Qaysi o‘qituvchi darsning mazmunli va qiziqarli bo‘lishini xohlamaydi? Kim mohir o‘qituvchi bo‘lishni xohlamaydi?
Buning uchun uzoq yil ishlagan o‘qituvchi bo‘lish yetarli emas. Dars mustaqil va mas’uliyatli ijodiy ish sifatida o‘qituvchidan rivojlanuvchi ijodiy pedagogik fikrlashni, pedagogik mahoratni egallashni talab etadi.
Biz bu yerda pedagogika kursini o‘rganish jarayonida aytilgan gaplarni qaytarishni maqsad qilib, qo‘ymoqchi emasmiz. Faqat hozirgi zamon yetuk darslarining bo‘sh darslardan farqini, mohir pedagoglarning tayyorgarlik tizimi va darsni o‘tishining asosiy, muhim texnologik tomonlarini ko‘rib o‘tamiz.
Darsning texnologik tomonlari.
1. Ta’lim vositalari. O‘qituvchining muvaffaqiyati uning, birinchi navbatda, g‘oyaviy, nazariy va kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq. Darsga tayyorgarlik shu fan bo‘yicha darslik, psixologik-pedagogik va uslubiy xarakterdagi kitoblar o‘qishdan, uslubiy jurnallar, qo‘shimcha adabiyotlar, gazeta va turli materiallarni o‘qishdan iborat bo‘lishi kerak. Bibliografik kartochkalar, boshqa o‘qituvchilarning konspektlari, rejalari, dars loyihalari, turli tahlillar va boshqa manbalar ham zarur. Shuningdek, yana turli o‘quv fanlari, diafilmlar, diapozitiv, texnik vositalardan ham foydalanish muhimdir. Shu mavzu (darsga oid) bo‘yicha turli ilmiy manbalardan, qonun va qarorlardan olingan sitatalar, tezislar, fikrlar keltirilsa ham maqsadga muvofiqdir.
Shuni hisobga olish kerakki, barcha o‘qituvchilar uchun bir xilda bo‘lgan ta’lim vositalari bo‘lishi mumkin emas. Uning turli-tumanligi o‘qituvchi fanning o‘ziga xosligi bilan, uning imkoniyatlari, ehtiyoji, intellektual faolligi, yangilikni his etishi, pedagogik bilimga chanqoqligi va b. q. bilan belgilanadi.
2. Dars materiali mazmuning tahlili. Darsning yaratilishi - bu fikrlarning paydo bo‘lishidir. U bir nechta elementlardan tashkil topgan. Bulardan eng muhimi davlat programmasi tomonidan belgilab qo‘yilgan materialdir. Tajribali o‘qituvchilar o‘quv programmalarining asosiy yo‘nalishini, ularning har bir bo‘lagini juda yaxshi biladi. Bunga maqsad, vazifa va programmaning tuzilishi kiradi. Yaxshi o‘qituvchini doimo mavzuga oid materialni shu vaqt uchun qanday o‘tish kerak degan masala qiziqtirib keladi (mavzu bir necha bor oldin o‘tilgan bo‘lsa ham). Bu esa, bugungi maktab o‘quvchilari shaxsini rivojlantirishga qanday ta’sir etadi? Oldingi yildagi darsdan farqli o‘laroq bu yilgi darsni, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy holatni, ilmiy yangilik, madaniy sohadagi o‘zgarishlarni ifodalash haqida jon kuydiradi. Tajribali o‘qituvchilar - kompleks tarzda rejalashtirishni o‘ylaydi.
Har bir dars o‘zida ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarni belgilaydi:
- tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda ma’lum ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy dunyoqarashlarni shakllantirish, ularda vatanparvarlik, insonparvarlik va boshqa insoniy sifatlarni yuzaga keltirishdan iborat;
- ta’limiy maqsad; o‘quv programmalari talablari asosida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish;
- rivojlantiruvchi maqsad esa: o‘rganilayotgan materialdan eng muhimlarini, zarurini ajratib olish, qiyoslash - umumlashtirish, mustaqil fikrlay olish, ta’limda qiyinchiliklarni yenga olishga o‘rgatish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
3. Dars ishlamasi.
O‘qituvchi shu darsning muallifi va dars uning mahorati, ijodkorligi, motivlariga bog‘liq bo‘lib, dars badiy rangga ega bo‘lishi zarur. Avvalo, darsning ijodiy mushohadasi yuzaga keladi va u ishlanib, keyinchalik pedagogik asar sifatida amalga oshiriladi.

Yüklə 24,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin