QATNASHUVCHILARNING KOSTYUMI VA NOMERI
1. qatnashuvchilarning kiyimi mayka, trusik (trikotajdan bo’lmasligi kerak) va tuflidan iborat bo’ladi.
ESLATMA: Sakrash va uloqtirish musobaqalarida trenirovkaga shimlarda qatnashish ruxsat etiladi.
2. Musobaqa qatnashuvchisining sport kostyumi ozoda va o’ziga kelishgan
bo’lishi kerak. To’siqlar osha 3000 metr masofaga chopadigan
qatnashuvchilarning trusiklari yupqa materialdan bo’lmasligi kerak.
Komanda musobaqalari o’tkazilayotgan bo’lsa, musobaqa qatnashuvchilari shu tashkilotga berilgan yagona maxsus emblemali sport formasida bo’lishlari kerak.
3. SHaxsiy nomerlar qatnashuvchilarga (raqamlari aniq, ravshan yozilgan bo’lishi va kattaligi kamida 20 sm bo’lishi lozim) musobaqa o’tkazayotgan tashkilot tomonidan beriladi. Nomer maykani ko’krak va orqa tomoniga puxta qilib tikib qo’yiladi. Katta musobaqalarning ishtirokchilari trenirovka kostyumlariga ham nomer tikib olishlari kerak.
KOMANDA VAKILI VA KAPITANI
Agar nizomda musobaqada qatnashayotgan har bir tashkilotning vakili
bo’lishi nazarda tutilgan bo’lsa, o’sha tashkilot o’z vakilini ajratishi
kerak.
Vakil komanda rahbari hisoblanadi U qatnashuvchilarning intizomi
uchun javobgar. Ularning musobaqa o’tadigan joylariga o’z vaqtida etib
kelishlarini ta`minlashi lozim.
Agar hakamlar kollegiyasining majlisi vakillari bilan birgalikda
o’tkaziladigan bo’lsa vakil bunday majlislarda qatnashishi kerak.
Vakillarning hakamlar va musobaqalar o’tkazayotgan shaxslar buyrug’iga
aralashishi man etiladi.
Vakilning musobaqa o’tkaziladigan joylarda bo’lishiga haqqi yo’q.
Agar komandada maxsus vakil bo’lmasa, shu komandaga qatnashuvchilari
orasidan belgilangan kapitan uning vazifalarini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |