1. Futbolchilarning tezlik va kuch sifatlarini tarbiyalash usullari
O’yin materiali mashg’ulotdagi umumiy vaqtning 50% chasini egallashi kerak. Har bir mashq qisqa vaqt ichida (10-15 soniya) bir necha seriyali usulda bajariladi, dam olish intervali 10-15 m bo’ladi. Maksimal tezlik bilan qayta yugurish muhim ahamiyatga ega, bu 20 m gacha masofada estafeta usulida bajariladi. Mashg’ulotlarga estafetalardan tashqari 10-15 m ga yugurish bo’yicha nazorat mashqlarini kiritish ham tavsiya etiladi. Murakkab harakat reaksiyasini va harakatlar chastotasini rivojlantirish uchun turli sport holatidan yuguriladigan tezkorlik mashqlaridan keng foydalanish kerak. Bu mashqlar turli xil ko’ruv signallariga binoan, yugurish yo’nalishini o’zgartirib bajariladi. Bu esa o’yin jarayonida vujudga keladigan murakkab vaziyatlami modellashtirib, signallaming har biriga javob harakatlari bilan reaksiya ko’rsatish imkonini beradi. Boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichida keng ko’lamdagi o’yinlar, o’yin mashqlarini qo’llashdan tashqari, asosiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari komplekslaridan foydalanish mumkin. Bu har tomonlama jismoniy tayyorgar-likning mustahkam bazasini yaratish uchun qulay shart-sharoitni yuzaga keltiradi. Ko’proq tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan komplekslami darsning asosiy qismi boshlarida qo’llash kerak, shundan so’ng bu sifatni takomillashtirishga yordam beruvchi o’yinlardan foydalanish lozim. Kuch talab qiluvchi tegishli o’yinlar va o’yin mashqlari kompleksiga, shuningdek, chidamlilik ko’rsatishni talab etadigan o’yinlar komplekslariga ancha kam vaqt ajratiladi. Ular tegishlicha darsning o’rtasida va oxirida o’tkaziladi.
O’yinlar va maxsus tayyorgarlik mashqlari komplekslarini o’zichiga oluvchi vositaiarning rang-barangligi bolalar va o’smirlarning umumiy jismoniy tayyorgarligini yaxshiroq takomillashtirishga va uning zaminida ulaming asosiy jismoniy sifatlarini maxsus ravishda rivojlantirishga yordam beradi. Jiddiy mashg’ulot qilish va takomillashish bosqichida tezkorlikni rivojlan-tirishga katta e’tibor beriladi, chunki tezkorlikni oshirish ancha murakkab ish.
Tezkorlikning erishilgan darajada vaqtidan ilgari barqarorlashib qolishidan qutulish uchun maksimal tezlikda takroriy yugurish bilan bir qatorda tezlik-kuch, shaxsiy kuch mashqlaridan keng foydalanish, ya’ni yugurish tezligini, asosan, dinamik kuch hisobiga oshirish kerak. Kuchni tezlik bilan namoyon qilish qobilyatini tarbiyalashda dinamik zo’r berish uslubini qo’ilash maqsadga muvofiqdir, bunda yengil yukni maksimal tezlikda boshqa joyga ko’chirish yo’li bilan haddan tashqari zo’r berishga erishiladi. Juda tiam jadallik bilan bajariladigan mashg’ulot kuchli vositadir. Shuning uchun maksimal tezlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlami tez-tez, lekin kichikroq hajmda o’tkazib turish lozim. Harakatlar tezligini oshirishga qaratilgan mashqlar me’yorini to’g’ri belgilash, mashqlaming tezligini pasaytirmay, necha marta takrorlanishini, shuningdek, imkon chegarasi yoki unga yaqin tezlikni pasaytirmay bajariladigan uzluksiz mashg’ulot ishlarining qancha davom etishini hisobga olish uchun zarur. Tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar yosh futbolchining sub’ektiv sezgilari, charchaganlikning tashqi belgilari yoki sekundomer ko’rsatkichlari harakat tezligining pasayganligidan dalolat bergan vaqtda to’xtatiladi. Bu pasayish mazkur mashg’ulotda tezkorlikni rivojlantirish ustida olib borilayotgan ishlami to’xtatish uchun birinchi signal ("yetarlilik mezoni") bo’lib xizmat qiladi. Maksimal tezlik bilan bajarish mumkin bo’lgan mashqlar tezkorlikni rivojlantirish vositalari sifatida qo’llaniladi. Birinchi navbatda, uch guruh mashqlari: umumiy rivojlantiruvchi (tezlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan), o’z sport turlaridagi maxsus mashqlar va boshqa sport turlaridagi mashqlar qo’llaniladi (N.G. Ozolin, 1970). Bunda hech bo’lmaganda uchta talabni hisobga olish lozim:
1. Mashqlar oxirgi tezlikda bajarilishi kerak.
2. Mashqlar shug’ullanuvchilar tomonidan shunchalik yaxshi o’zlashtirilgan bo’lishi kerakki, harakat vaqtida harakatni bajarish usuliga emas, balki uni bajarish tezligiga zo’r berilsin.
Kuchni oshirish xususiyatlar.
Dastlabki tayyorgarlik va boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichlarida kuchni oshirishda asosiy e’tibor butun harakat apparatidagi mushaklarni mustahkamlashga qaratilishi kerak. Shuni hisobga olish lozim, tabiiy o’sish jarayonida bolalarda qorin mushaklari, tananing qiyshiq mushaklari, qoMning uzoqlashtiruvchi mushaklari, sonning serbar mushagi, oyoqning yaqinlash-tiruvchi mushaklari, odatda, uncha yaxshi rivojlanmagan bo’Iadi. Bolalaming kuch imkoniyatlari oz boMganligi uchun ularda kuchlilikni tarbiyalashni juda ehtiyotkorlik bilan, asosan, dinamik xarakterdagi qisqa vaqtli zo’r berishdan foydalanib olib borish kerak. Kuchni oshirishga oid mashqlar minimal zo’riqish bilan bajarilishi lozimki, bunda bor kuchni yig’ish, shuningdek, uzoq davom etadigan anchagina zo’riqish istisno qilinadi. Futbolchilar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarda, asosan, kamroq yuk bilan katta tezlikda bajariladigan mashqlar qo’llaniladi. 9-11 yoshli bolalar shaxsiy og’irligining 30% iga, 12-13 yoshli o’smirlar esa gavda og’irligining 50% iga teng bo’lgan og’irlik bilan bajariladigan mashqlami qoMlashlari mumkin. Boshlang’ich sport tayyorgarligi bosqichida kuchni oshirish uchun mashqlaming tayyorlik komplekslarini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Jiddiy mashg’ulot qilish bosqichida butun harakat apparatining mushak guruhlarini rivojlantirishga qaratilgan kuch mashqlaridan keng foydalaniladi. Shu bilan birga, ayrim mushaklar guruhiga (rivojlanib boruvchi kuchning quwati, asosan, shularga bog’liq bo’ladi) alohida ta’sir ko’rsatishga imkon beruvchi mashqlar ham qo’llaniladi. Jumladan, nerv-mushak kuchlanishlarining tuzilishi va xarakteriga ko’ra futbolning butunlay ta’siriga o’xshash mashqlar (tutash uslub), shuningdek, asosiy yuklama tushadigan muskullar guruhini rivojlan-tirishga qaratilgan mashqlar alohida ta’sir ko’rsatishga imkon beruvchi mashqlar hisoblanadi.
Barcha harakat apparatining mushaklar guruhini, shuningdek, ayrim mushaklar guruhini (futbolchilar tomonidan ko’rsatiladigan kuchning sama-raliligi, asosan, shularga bog’liq bo’ladi) rivojlantirish uchun ko’proq dinamik kuch mashqlaridan foydalaniladi, bular ikki guruhga: shaxsiy kuch guruhiga bo’linadi. Yosh futbolchilaming kuch imkoniyatlari umumiy darajasini oshirish uchun ko’proq takroriy zo’r berish uslubi qo’llaniladi. Bu uslubda mushakning nisbatan ko’p ishlashi modda almashinuvini anchagina yaxshilaydi. Trofik jarayonlaming faollashuvi o’smirlar kuchining o’sishiga ijobiy ta’sir etadi. Bundan tashqari, takroriy zo’riqish uslubidan foydalanganda, haddan tashqari kuch sarflash ehtimoli kamayadi. 13-16 yoshda og’irliklar bilan ishlashda maksimal darajada zo’riqishga yo’l qo’yilmaydi. Shllning uchun og’ir jismning optimal vaznini aniqlashda yosh fbtbolchining maksimal imkoniyatlarini emas, balki uning shaxsiy og’irligini e’tiborga olish kerak. Og’irliklar bilan bajariladigan mashqlardan tashqari, mashg’ulotlarda juft-juft bo’lib va guruhli ravishda qarshilik ko’rsatib bajariladigan mashqlardan, snaryadda ijro etiladigan gimnastikadan, harakatli o’yinlar va hokazolardan foydalaniladi. Kuchni oshirishga oid u yoki bu mashqning murakkabligi har bir alohida holda shug’ullanuvchilarning yoshi va tayyorgarligiga qarab belgilanadi. Sport tayyorgarligi bosqichida 17-18 yoshli futbolchilar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarda asosiy yuklama tushadigan mushaklar guruhini rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Turgan gapki, bunda sportchining butun gavda mushaklarini mustahkamlash borasidagi ishlar to’xtatilmaydi. Katta yoshdagi o’smirlarda asosiy mushak guruhlarining kuchini tarbiyalash ba’zi bir xususiyatlarga ega. Bu maqsadda turli xil dinamik kuch mashqlari qo’llaniladi. Samarali tezlik-kuch mashqlaridan biri orqa bilan sakrash deb ataladigan sakrash (75-100 sm balandlikdan) bo’lib, bu mashqni dastlab chuqurlikka sakrab ko’rilgandan keyin bajariladi.
Shuningdek, shaxsiy-kuch mashqlari: gimnastika snaryadlarida bajariladigari mashqlar, akrobatika mashqlari, sherigi bilan birga cho’qqayish, anchagina og’ir shtanga bilan nisbatan sekin bajariladigan mashqlardan ham foydalanish mumkin. Shtanga bilan bajariladigan mashqlami shunday tanlash kerakki, ular mushak kuchini hamda ulaming qisqarish tezligini mushaklaming futbol o’yinida namoyon qilinadigan kuchlanish strukturasi, xarakteri va miqdoriga muvofiq ravishda rivojlantirishga yordam beradigan bo’lsin. Kuchni rivojlantirish mashqlaridagi og’irliklar miqdorini yaxshisi gavda og’irligiga va mashqni bir marta bajarganda necha marta takrorlashga nisbatan friz hisobida belgilash kerak. Bunda V.M. Zasiorskiy tomonidan tavsiya qilingan quyidagi shartli belgilarga amal qilish mumkin. Takroriy zo’riqish uslubida katta va o’rtacha katta qarshiliklar bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Agar yosh futbolchining kuchi mashg’ulotlar jarayonida harakatlarni 8-12 martadan ko’proq bajara oladigan darajada ortsa, mashqlami 4-7 marta bajarishga imkon beradigan darajaga qadar murakkablashtirish lozim. Kuchni tarbiyalashda mashqni bir urinishda 50 tagacha takrorlash tavsiya etilmaydi. Bunchalik ko’p takrorlashlar faqat chidamlilikni tarbiyalashda maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |