3.Futbolchilarning egiluvchanlik sifatlarini tarbiyalash usullari
Dastlabki tayyorgarlik va boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichlarida chaqqonlik va epchillik tarbiyalash koordinasiyasiga ko’ra murakkab bo’lgan harakat amallarini muvaffaqiyatli egallab olish uchun asos yaratadi. Bu o’yinda harakatli o’yinlar, to’p bilan bajariladigan mashqlar, akrobatika mashqlari, uncha murakkab bo’lmagan to’siqlar osha yugurish, sakrash, kichikroq balandlikda muvozanat saqlash mashqlari tipik mashqlardir. Yugurib ketayotib birdan to’xtash, burilish, yo’nalishni o’zgartirish va tezlikda bajarish talabi kabi qo’shimcha topshiriqlar bilan bajariladigan mashqlar katta ahamiyatga ega.
Mushaklaming tabiiy elastikligini va bo’g’inlardagi harakatchanlikni keng ko’lamda yengil harakatlar qilish bilan bajariladigan mashqlar yordamida (epchillikning optimal me’yorini saqlagan holda) saqlab turish kerak. Jiddiy mashg’ulot qilish va takomillashuv bosqichlarida mashqlami yangi-lash va o’zgartirish, ulami yangi, ancha murakkab sharoitlarda bajarish maqsadga muvofiqdir. Sport o’yinlari (basketbol, gandbol, xokkey) alohida ahamiyat kasb etadi.
Egiluvchanlikni tarbiyalashda predmetlarsiz hamda yengil predmetlar bilan (bular keng ko’lamda bajariladi) bajariladigan mashqlardan, bo’g’inlar va paylami mustahkamlaydigan mashqlar bilan qo’shib bajariladigan epchillik mashqlaridan, shuningdek, mushaklami bo’shashtirishga oid mashqlardan foydalaniladi. 17-18 yoshli futbolchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda ikkiuchta yengil prujinasimon sapchish bilan tugallanadigan, harakatning to’liq amplituda bilan bajariladigan (juft-juft bo’lib va og’irliklar bilan) yetarlicha samarali bo’lgan maxsus chaqqonlik mashqlari qo’llaniladi.
Xulosa
Mavzu xulosa qilib e`tirof etishga imkon beradiki, malakali futbolchilarni tayyorlashda o’yinni o’rgatish uslubiyati va ularni turli o’yin mashg’ulotlarni ixtisoslashgan turlari shu malakalarni samarali ijro etishda muxim axamiyatga ega ekan. Dastlabki o’rgatish bosqichida endigina shug’ulanayotgan yosh futbolchi bolalar mashg’ulotlarida sakrash va tezkorlik sifatlari hamda tana muozanati turg’unligini rivojlantiruvchi aylanma tezlanish mashqlari etarli darajada qo’llanilmasligi aniqlandi. Binobarin mazkur malakaviy bitiruv ishiga tanlab olingan mavzu haqiqatdan ham dolzarb ekanligi o’z ifodasini topdi.
Yuqori malakali futbolchilarga o’yinni o’rganishning dastlabki o’rgatish bosqichida shug’ullanayotgan yosh sakrovchanligini qiyoslash bosqichida shug’ullanayotgan yosh bolalar tezkorligiga qiyoslash maqsadida o’tkazilgan tekshiruvlar natijalari shuni ko’rsatdiki katta yoshdagi mahoratli futbolchilarning rasmiy musobaqa o’yinlari davomida barcha o’yin malakalarini ijro etish uchun bajarilgan xarakatlar miqdorini tashkil etdi.
O’yin malakalar samaradorligi esa aksariyati hollarda 50 % dan ham ortmoqda. Yosh futbolchilarni tanlab olishda mashg’ulotlarni tashkil etish o’rgatish boqichlaridanoq shakllantira borish o’ta dolzarb va muhim masala ekanligi ortiqcha isbot talab qilinmoqda.
Futbol bilan shug’ulanishni endigina boshlagan 15-16 yoshli bolalarda tezkorlik sifatlari etarli darajada taraqqiy etmaganligi hamda yugurish ko’nikmalari deyarli shakllanmaganligi ko’zatildi. Joydan turib yugurib kelib balandlik sakrash natijalari orasidagi farq juda kam.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2017.
2. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.
T.: “Iqtisod-moliya”, 2018.
3. Yarashev K.D., Abdumalikov R., Xoldorov T.X. va boshqa, Jismoniy madaniyat tarbiyasining nazariy va uslubiy asoslari, o'quv qo'llanma, —Т., O'zDJTI nashr., 2012, 92-bet.
4. Yaroskiy A, Poddubniy A., O'zbekistonning xalqaro sport aloqalari, —Т., «O'zbekiston», 2014.
5. Ismatullaev X.A. Ixtisos qursi bo‘yicha dastur, Toshkent, 2013.
6. G’aniyeva F.V. Ismatullayev X.A. Ma‘ruzalar to‘plami, Toshket, 2014
7.Ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |