II.BOB. SPORT TRENIROVKA JARAYONI O‘ZARO
UZVIY BOG‘LIQ LIGI
Sport trenirovkasi ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Buni ta’minlash uchun, sport trenirovkasi sistemasini asosiy hollarini yaxshi bilish, qat’iy rioya qilishi kerak. Sport trenirovkasi sistemasi deganda biz quyidagilarni: vazifalar, printsiplar vositalar, metodlarni va hokazolarni nazarda tutib, sportchilarni tarbiyalash va qonuniy ravishda jismoniy rivojlanishi bir butun jarayon deb faraz qilamiz. Bu ilmiy asoslangan va amaliy tekshirilgan sitemadir. Uning samaradorligi juda ham aniqdir. Trenirovka - bu inglizcha so’z bo’lib, aynan quyidagi ma’noni anglatadi. Mashq qilish va dressirovka qilish ma’nosi demakdir.
Hozirgi paytda ham ba’zi bir trenerlar sport trenirovkasini jismoniy mashqlarni qaytarish deb tushunadilar. Lekin bu katta xatodir. Sport trenirovkasi jismoniy tarbiyaning formasidan bo’lib, ancha keng va ko’p qirrali jarayondir.
Dostları ilə paylaş: |