117
muvozanat yo`qotishga kam vaqt sarflab, asosiy holatda turishni
saqlagan ma’qul.
Darvozaning pastki qismiga otilgan to`p oyoq bilan qaytariladi.
To`p kelayotgan tomon aniqlanib darvozabon shu tomonga oyoq
kaftlarini to`g`rilab, maydonga yaqin keng qadamga hamla qilishga
intiladi. Bunda son va boldir orasidagi burchak 900 ni tashkil etadi. Shu
tarafga oyoq bilan birga ehtiyotdan o`sha tomondagi qo`l ham
cho`ziladi: boshqa qo`l esa muvozanat saqlash uchun yuqoriga
ko`tariladi. Hamla qilish oxirida oyoq to`liq to`g`rilanadi va darvozabon
to`g`ri chiziq bo`ylab oyoqlarni yozib, shpagat holatini oladi yoki
ikkinchi oyoq tizzasiga tushadi so`ng tez asosiy holatda turishga qaytadi.
Eng chekka pozitsiyadan darvozaning uzoq pastki burchagiga
yo`naltirilgan to`pni darvozabon shu tarafdagi qo`l va oyog`ini
baravariga siltab yoki hamla qilib ushlaydi.
Dostları ilə paylaş: