76
6.13-rasm
O`yinga kiritilgan to`pni sifatli qabul qilish
hujum harakatlarining
qanchalik samarali bo`lishini belgilaydi. O`yinga kiritilgan to`pni qabul
qilishning eng ko`p tarqalgan va samarali shakli bu to`pni ikki qo`llab
pastdan qabul qilishdir. 6.13-rasmda ikki qo`llab pastdan to`p qabul
qilayotgan o`yinchining holati tasvirlangan. Oyoqlar bukilgan, bir oyoq
oldinda, qo`l kaftlari birlashtirilgan holda pastga tushirilgan. To`pni
qabul qilish vaqtida tirsaklarni bukish mumkin emas. Qo`llar bilan
oldinga-yuqoriga harakat qilinadi. To`pga nisbatan kuchli qarama-qarshi
harakat qilish kerak emas. Bunda qo`llar to`p
tomon yaqinlashtirilib
uning tagiga kiritiladi. Oyoqlarni bukib-yozish bilan to`pga kerakli
yo`nalish beriladi. To`pni pastdan qabul qilishda eng asosiysi to`pning
yo`nalishi, tezligini to`g`ri baholay olish va bog`lovchi o`yinchini
kuzatish hisoblanadi. O`yinchi zarur joyni egallay olmagan bo`lsa-yu,
to`p o`ng tomonga yo`nalayotgan bo`lsa, to`pni qabul qiluvchi qo`llarni
to`g`ri oldinga chiqaradi va o`ng qo`lni yuqoriga chiqarib buradi, chap
tomonga yo`nalayotgan bo`lsa chap qo`l yuqoriga chiqariladi. To`pni
pastdan ikki qo`llab qabul qilish hujum zarbasini
qabul qilishda ham
asosiy usul hisoblanadi. O`yinga kiritilgan to`p yoki hujum zarbasining
sifasiz qabul qilinishi (past trayektoriyada uzatish, bog`lovchi o`yinchiga
yetkazib bermaslik) bog`lovchi o`yinchi tomonidan hujum uchun
beriladigan to`p uzatishni samarasiz bo`lishiga olib keladi. Shuning
uchun mashg`ulotlar vaqtida turli tezlikda, yo`nalishda va kuchlanishda
kelayotgan to`plarni pastdan ikki qo`llab qabul qilishga katta e’tibor
berish zarur.
To`pni bir qo`llab qabul qilish tayanch
holatda va yiqilib amalga
oshiriladi. Tayanch holatda bajariladigan usul o`yinchining yoniga tezlik
bilan tushayotgan to`pni qabul qilishda foydalaniladi. To`pni qabul
qilish yopiq holdagi kaft yuzasi bilan bajariladi. Orqaga yoki yon
tomonga yiqilib, bir qo`l bilan to`pni qabul qilish ko`p hollarda ayollar
77
voleyboliga xosdir. Harakat so`ngida
yon tomonga katta qadam
tashlanib, qo`l to`p tomon to`g`ri uzatiladi. Bunda MOK (markaziy
og`irlik kuchi) keskin pasayadi.
6.14-rasm
To`pga zarba berilgandan so`ng, o`yinchi tayanch oyoqning uchida
yiqilish tomonga burilib, oyoq tovoni bilan o`tiradi va do`mbaloq oshadi
(6.14-rasm). Jarohat va lat yeyishning oldini olish maqsadida gavdaning
orqa o`rta qismi bilan emas, balki bir oz yonbosh bilan do`mbaloq
oshiladi, dahan ko`krak qismiga tekkizib olinadi. Ko`krak-qorin qismi
bilan sirg`alib yiqilgan holda bir qo`l bilan to`pni
qabul qilish usuli
erkaklar voleyboliga mansub usul hisoblanadi. O`yinchi oxirgi qadamda
(6.15-rasm) keskin harakat bilan gavdani pastga-oldinga 25˚-30˚
burchak ostida maydonchaga tashlaydi. Tayanchsiz holda kaftning orqa
yoki oldi tomoni bilan to`pga zarba berib, qo`llarini oldinga cho`zadi va
qo`llari maydonchaga tegishi bilan oyoqlarini tizza qismida bukadi,
qo`llar esa orqaga-yonga itarilishi bilan gavdaning gorizontal holatga
kelishiga yordam beradi. Bosh o`z vaqtida maksimal orqaga tashlanadi.
6.15-rasm
Dostları ilə paylaş: