Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

Hujum zarbalari 
Hujum zarbasi – jamoaning hujum harakatini yakunlovchi samarali 
usul hisoblanadi. Bu harakatlar to`rning yuqori qismidan balandda 
amalga oshiriladi. Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum 


74 
harakatlarining samarasi juda pastdir.
Hujum zarbalari yo`nalishiga ko`ra quyidagicha farqlanadi: to`g`ri 
yo`nalish bo`yicha(bunda zarba berilgan to`p yo`nalishi hujumchining 
yugurib kelish yo`nalishiga mos tushadi va yo`nalishni o`zgartirib 
(bunda zarba berilgan to`p yo`nalishi hujumning yugurib kelish 
yo`nalishiga mos tushmaydi). To`pning uchish tezligiga qarab hujum 
zarbalari quyidagicha farqlanadi: zarba beruvchi qo`lni orqaga nisbatan 
qisqa harakatlantirish bilan kuchli (tezkor), kaftli(tezlanishli) va 
aldamchi (sekin). Hujum zarbasini to`g`ri (to`rga to`g`ri turgan holda) va 
yon tomon bilan (to`rga nisbatan) bajarish mumkin.
To`g`ri hujum zarbasi berish 4 fazada bajariladi: yugurib kelish; 
sakrash; to`pga zarba berish; qo`nish (6.11-rasm). O`z navbatida, bu 
fazalar ham bir qancha mikrofazalarga bo`linadi. Yugurib kelish 
fazasida hujumchi ikkita asosiy vazifani hal etadi: balandroq sakrashga 
erishish va to`pning uchish tezligi, yo`nalishini to`g`ri aniqlash. Bunda 
hujumchi birinchidan, bir-ikki «qidiruvchi» qadamlar qiladi (to`pni 
tezligi va yo`nalishini aniqlash maqsadida) va ikkinchidan, sakrash 
uchun yugurish tezligini oshiradi. Sakrash fazasida hujumchi tovondan 
oyoq uchiga tomon katta qadam tashlab harakat qiladi, oxirgi qadamda 
oyoqlar juftlanadi, qo`llar orqa tomonga harakatlantiriladi. Oyoqlar tizza 
qismida, gavda esa tos-son bo`g`imida bukiladi. Keyin esa qo`llar 
oldinga-yuqoriga silkitiladi, oyoqlar tayanchdan uziladi, gavda oldinga 
bir oz egilib, vertikal holatga keltiriladi. Zarba beruvchi qo`lning kafti 
bosh orqasiga o`tib ketmasligiga va tirsak yelkadan bir oz yuqorida 
bo`lishiga e’tibor berish lozim.
6.11-rasm 
Zarba berish fazasida – o`ng (yoki chap) qo`l tirsak bo`g`imida 
to`g`rilanib, yuqoriga-oldinga cho`ziladi. Zarba qorin, ko`krak, qo`l 


75 
mushaklarining ketma-ket va keskin qisqarishi bilan bajariladi. Bunda 
zarba beruvchi qo`l kafti to`pning orqa-yuqorisiga uriladi. Zarba kuchi 
taktik vazifani hal qilish bilan belgilanadi. Boshlang`ich o`rgatish 
bosqichida hujum zarbasining kuchiga emas, balki uning o`z vaqtida 
berilganligiga va yo`nalishiga e’tibor qaratish zarur. Qo`nishda 
hujumchi oyoqlarini bukib yerga tushadi, chunki bu holatda tayanch-
harakat apparati shikastlanishining oldi olinadi va keyingi o`yin 
harakatlarini bajarishga qulay sharoit yaratiladi. Jamoa hujumini 
faqatgina to`g`ri hujum zarbalari bilan yakunlash kifoya qilmaydi. 
Shuning uchun hozirgi zamon voleybolida to`p yo`nalishini o`zgartirib 
bajariladigan hujum zarbalari ahamiyatliroqdir. 
6.12-rasm 
To`p yo`nalishini o`zgartirib bajariladigan hujum zarbalarining 
tuzilishi to`g`ri zarba berish texnikasiga o`xshashdir. To`p o`ng tomonga 
yo`naltirilganda, depsinishdan so`ng gavda o`ng tomonga burilib, bir oz 
chapga engashtiriladi, chap qo`l yelkasi to`rdan olib qochiladi (6.12-
rasm). Biomexanika nuqtai nazaridan, yo`nalishi o`zgartirilgan hujum 
zarbalarini berishda asosiy o`rinni yelka, tirsak, kaft va barmoqlar 
egallaydi. Himoya texnikasi. Himoya bu hujum harakatlariga qarshi 
harakat qilishdir. Himoya usullaridan foydalanib hujum harakatlari 
bartaraf etiladi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin