Sport va harakatli


O‘zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

7.2 O‘zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy 
bosqichlari. 
1938 yilda Respublikamizda gandbol bo‘yicha birinchi chempionat 
o‘tkazildi. 1960 yilgacha O‘zbekistonda Toshkent Oliy Harbiy bilim 
yurtida ta`lim oluvchi kursantlar orasida 11x11 qo‘l to‘pi musobaqalari 
o‘tkazilgan. 1960 yili Xarkov shahrida yoshlar orasida qo‘l to‘pi 
bo‘yicha Butunittifoq musobaqalari o‘tkazildi va shundan so‘ng 
sportning bu turi mamlakatda tez rivojlana boshladi. 1960 yilda 
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida ilk bor qo‘l to‘pi 
mutaxassisligi bo‘limi ochildi. 1960 yildan boshlab Toshkent shahar 
birinchiliklarida 16-20 jamoa qatnasha boshladi va O‘zbekiston 
gandbolchilarining sobiq Ittifoq musobaqalarida qatnasha boshlagan yili 
deb qayd etildi. 1962 yili Tbilisi va Sverdlov shaharlarida o‘tkazilgan 
ikkinchi sobiq Ittifoq chempionatida erkaklar orasida O‘zbekiston terma 


96 
jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ligaga yo‘llanma oldi.
O‘zbekiston terma jamoasini tashkil etgan F.Abdurahmonov, 
M.Jukov, 
B.Pikin, 
V.Ogirenko, 
M.Sirotenko, 
M.Magdullin, 
A.Oleynikov, N.Rahmatov, A.Pantasenko va A.Sodiqov O‘zDJTI va 
Toshkent Irrigatsiya instituti jamoalari vakillari edi. Sobiq Ittifoq 
chempionatlarida 
jamoaga 
V.Sevastyanov 
va 
V.Lemeshkovlar 
murabbiylik qilgan.
O‘zbekiston gandbolchilari 1972-1973 yillarda yuqori natijalarga 
erishdilar. Ular sobiq Ittifoqda oliy liga jamoalari orasida o‘tkazilgan 
chempionatda oltinchi o‘rinni egalladilar. O‘zDJTI jamoasi Butunittifoq 
talabalar o‘rtasidagi musobaqalarda uch karra g’oliblikni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston qizlar terma jamoasi 1975 va 1983 yillarda sobiq 
Ittifoq xalqlari Spartakiadasida faxrli oltinchi o‘rinni egalladi. 20 dan 
ortiq qizlarimiz sport ustasi talablarini bajardilar. Shular jumlasidan 
o‘zbek qizi Marg’uba Artiqboeva O‘zbekistonda birinchi bo‘lib shu 
unvonga ega bo‘ldi. Toshkentda dastlabki yoshlar va o‘smirlar sport 
maktablari 60-yillarda ochildi va sobiq Ittifoq maktab o‘quvchilari 
spartakiadalarida muntazam ishtirok etib, 1975 yili qizlar 3- o‘ringa, 
o‘smirlar esa 1979 yili oltinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Keyinchalik 
ushbu sport maktablarida shug’ullangan jahon va Olimpiya 
chempionlari Viktor Maxorin, Mixail Vasilev, yoshlar o‘rtasida jahon 
chempionlari S.Zemlyanova va O.Zubareva, sobiq Ittifoq terma jamoasi 
tarkibiga qabul qilingan S.Orlov, V.Antonov, S.Kalmikov, G.Travkin, 
I.Axmadiev, B.Proxorovlar «Xalqaro sport ustasi» unvoniga sazovor 
bo‘lganlar.
O‘zbek gandbolchilarini tayyorlashdagi faol mehnatlari uchun
F.Abdurahmonov, 
V.Kaplinskiy, 
V.Ogirenko, 
E.Golovchenko, 
V.Konaplev, V.Izaaklar «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy» 
unvoni bilan taqdirlandilar.
Mustaqil O‘zbekistonda 1992 yili qo‘l to‘pi federatsiyasi tashkil 
etilib, 1993 yili Xalqaro va Osiyo federatsiyalariga qabul qilindi.
1992 yildan O‘zbekistonda erkaklar va ayollar o‘rtasida 
chempionatlar o‘tkazilib kelinmoqda.
1994-1996 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari klublari o‘rtasida 
o‘tkazilgan chempionatda «D-klub» (O‘zDJTI) gandbolchi qizlari 
g’alabaga erishdilar. Sh.K.Pavlov va F.A.Abdurahmonovlar rahbarligida 
O‘zDJTI talaba qizlari asosida tarkib topgan Respublika terma jamoasi 
1997 yili Iordaniyada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida qatnashib, 
O‘zbekiston jamoalari orasida sport o‘yinlari bo‘yicha birinchi marta 


97 
jahon chempionatida qatnashish huquqiga ega bo‘ldi. 1997 yilning 
dekabr oyida Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionatida Xitoy, 
Braziliya va Urugvay jamoalarini ortda qoldirib, O‘zbekiston gandbolini 
dunyoga tanitdi.
O‘quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga 
ommaviy jalb qilishni ta‘minlash maqsadida 1999 yil 21 mayda qabul 
qilingan Vazirlar Mahkamasining
«O‘zbekistonda jismoniy tarbiya 
va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi 
271-sonli qaroriga binoan mamlakatda kadrlar tayyorlash milliy 
modeliga asoslangan va uning talablariga uyg’unlashgan uzluksiz 
ta‘limning ommaviy sport tizimi yaratilib, amalga oshirila boshlandi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin