92
muammolarni turli yoshdagi o`quvchi yoshlar va bolalar sporti misolida
o`rganishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari ham talaygina ilmiy
nashrlarda o`z ifodasini topgan.
Takidlash joizki, jismoniy tarbiya va sport turlari nazariyasi va
uslubiyati bo`yicha nashr etilgan darslik hamda qo`llanmalarda jismoniy
tayyorgarlik tushunchasi – bu muayyan kasbiy faoliyat yoki sport turida
ma’lum jarayon samaradorligini belgilab berish darajasida shakllangan
tayyorgarlik – ish qobiliyati, harakat sifatlari, malakalari va
ko`nikmalarining integral ifodasini anglatadi. Sport amaliyotida (kasbiy
amaliyotda ham) jismoniy tayyorgarlik, odatda, ikki bir-biriga
chambarchas bog`liq bo`lgan – umumiy va maxsus jismoniy
tayyorgarlik turlariga bo`linadi.
Hayot davomida inson sog`ligi, uning aqliy va jismoniy faolligi,
ko`p yillik sport trenirovkasi davomida sport mahoratining shakllana
borishi ustivor jihatdan shu ikki tayyorgarlik turlari mazmuni va darajasi
bilan belgilanadi. Jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarida
qo`yiladigan asosiy maqsad – sog`liqni mustahkamlash hamda yuqori
sport natijalariga erishish avvalambor yoshlikdan boshlab umumiy
jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhimligiga e’tibor qaratadi.
Aksariyat olimlarning ta’kidlashicha, muayyan sport turi bo`yicha
muntazam o`tkazib boriladigan hamda hajm, shiddat va mazmun
jihatdan to`g`ri tashkil qilingan mashg`ulotlar bolalar va o`smirlar
organizmiga ijobiy ta’sir ko`rsatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy
tayyorgarlikka
asoslangan
va
tor
doirada
ixtisoslashtirilgan
mashg`ulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan. Binobarin,
dastlabki o`rgatish bosqichida jismoniy va texnik-taktik mashqlar
nisbatini to`g`ri rejalashtirish bolalar sport mahoratini samarali
shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: