94
VII-MAVZU. GANDBOL O`YININING KELIB CHIQISHI,
QOIDALARI VA RIVOJLANISH TARIXI
7.1 GANDBOL O`YININING PAYDO BO`LISHI VA
RIVOJLANISHI.
Gandbol keng tarqalgan sport turlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchi
talabalarni
jismoniy
rivojlantirish,
ularning
salomatligini
mustahkamlashning
eng ommabop, binobarin, eng qulay vositalaridan
biridir. Bu kattalar uchun ham, o‘smir-yoshlar uchun ham birdek ma‘qul
bo‘lgan chinakam xalqchil o‘yin hisoblanadi. Musobaqada o‘n ikki
o‘yinchidan tashkil topgan ikki jamoa qatnashadi. O‘yin maydoni 40x20
m
kattalikdagi to‘rtburchakdan iborat.
O‘yinda qatnashuvchi jamoa o‘yinchilarining maqsadi - to‘pni
egallab olib, dastlabki himoya qilinib turgan darvozaga kiritish. To‘p
bilan barcha harakatlar faqat qo‘lda bajariladi. To‘p uchun kurashda,
qarshilik ko‘rsatishda qo‘pollik va sportchiga xos bo‘lmagan harakatsiz
qoidaga rioya qilinib bajarilishi lozim. O‘yin ishtirokchilarning yoshi va
jinsiga bog’liq bo‘lib, 30 daqiqadan 60 daqiqagacha davom etadi. O‘yin
vaqtida har bir o‘yinchi o‘zining shaxsiy fazilatlarini ko‘rsatish
imkoniyatlariga ega. Ammo, shu bilan birga, o‘yin
har bir
gandbolchidan
o‘z
shaxsiy
intilishlarini
umumiy
maqsadga
bo‘ysindirishini talab qiladi.
Gandbol o‘yinining asosini yugurish, sakrash, to‘pni uzatish,
uloqtirish kabi shug’ullanuvchilarning har jihatdan uyg’un rivojlanishiga
yordam beradigan tabiiy harakatlar tashkil etadi. Yuklamalar
organizmdagi barcha funksional tizimlarning rivojlanishiga ijobiy tasir
etadi.
Mashg’ulotlar
tasirida,
shuningdek,
musobaqalarda
shug’ullanuvchilarning
ruhiy faoliyati takomillashadi, tezlik reaksiyasi,
chamalash, ijodiy fikr yuritish, tezlik va tashabbuskorlik kabi sifatlari
rivojlanadi. Gandbol o‘yini umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi
vosita bo‘lib xizmat qila oladi. Yo‘nalishni o‘zgartirib
xilma-xil
yugurish, sakrashning turli xillari, maksimal tezlikda harakat qilish
yo‘llari bilan jismoniy sifatlarni, ayni paytda irodaviy hislatlarni, taktik
tafakkurini kamol topishi tufayli qo‘l to‘pi har qanday ixtisosdagi talaba
uchun zarur bo‘lgan sport o‘yinlari qatoridan joy olgan.
Gandbol o‘yini bugun maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida
keng qo‘llanilmoqda. Qo‘l to‘pi musobaqalari mehnatkashlarni
muntazam tarzda jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga jalb qilishning
muhim
vositasi, sport mahoratini oshirishning hamda «Alpomish va
95
Barchinoy» me‘yoriy talablarini bajarishning asosiy omillardan
hisoblanadi.
1898 yilda - qo‘l to‘piga asos solingan. Daniyaning Ordrupe
shahridagi gimnaziyalardan birining o‘qituvchisi Xolger Nilson
futboldan farq qiladigan,
qizlar uchun ham mos keladigan, yog’inli
havoda zalda o‘ynasa bo‘ladigan yangi sport o‘yinini yaratishga qaror
qiladi. U darvozabonlarni qoldirib, jamoa sonini qisqartirib, to‘pni
uzatish va otish faqat qo‘l bilan bajarilishini taklif qiladi. Shu tariqa
olamda «Xandbol» inglizchadan tarjima qilinganda hand-qo‘l, ball-to‘p
ya‘ni ―qo‘l to‘pi yuzaga keladi va keyinchalik
tezda butun jahonga
tarqab ketadi.
1904 yili birinchi bo‘lib Daniya qo‘l to‘pi federatsiyasi tashkil
topdi.
1906 yili Kopengagen shahrida qo‘l to‘pi o‘yinining dastlabki qoidalari
nashr etildi. Ushbu qoidalarning muallifi ham X. Nilson hisoblanadi.
Sobiq Ittifoqda qo‘l to‘pi bo‘yicha birinchi yirik musobaqa 1928 yili
I Butunittifoq spartakiadasi doirasida o‘tkazilgan. 1955 yilda
Butunittifoq qo‘l to‘pi federatsiyasi tashkil topgan. 1962 yildan boshlab
erkaklar va ayollar o‘rtasida muntazam Ittifoq chempionatlari o‘tkazilib
turgan.
Hozirgi kunda Xalqaro gandbol federatsiyasiga dunyoning 123
davlati a‘zo bo‘lib, jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan
shug’ullanadi. Shu jumladan, 1,4 million shug’ullanuvchi
sobiq Ittifoq
mamlakatlari gandbolchilaridir.
Dostları ilə paylaş: