Himoya taktikasi
Himoyadagi taktik harakatlarning asosiy maqsadi – raqibning
hujum harakatlarini bartaraf etish va unga qarshi turishdan iborat.
Himoyadagi taktik harakatlarga jamoa, guruh va yakka tartibdagi
harakatlar kiradi. Jamoali taktik harakatlar o`yinda jamoaning
himoyadagi harakatlari uchta asosiy vaziyat bilan ifodalanadi: o`yinga
kiritilgan to`pni qabul qilish; hujum zarbasini (harakatini) yoki to`siqdan
qaytgan to`pni qabul qilish; hujum qilayotgan o`yinchini himoyalash.
Jamoa harakatlarining mazmuni quyidagi asosiy omillar: raqib jamoasi
hujum harakatlarining xususiyatlari; o`yinchilarning o`yin mahoratlari;
o`yin xususiyatidan kelib chiqib navbatdagi harakatlarni amalga oshirish
bilan belgilanadi. Zamonaviy voleybolda jamoa o`z himoya taktikasini
burchagi oldinga (6.25 a-rasm) va burchagi orqaga (6.25 b-rasm) tizimi
asosida tashkil qiladi.
87
6.25-rasim
Yuqorida sanab o`tilgan omillar va o`yin vaziyatidan kelib chiqib,
maqbul bo`lgan himoya taktikalaridan birini qo`llashi kerak bo`ladi.
Quyida ushbu taktik usullarni va uning variantlarini ko`rib chiqamiz.
O`yinga kiritilgan to`pni qabul qilishda o`yinchilarning maydon
bo`yicha joylashuvi asosan ikki variantda bo`ladi: chiziqli va pog`onalar
bo`yicha. Chiziqli variantdan (6.25 a-rasm) barcha o`yinchilar to`pni
qabul qilish malakasiga ega bo`lganda va hujumda murakkab bo`lmagan
kombinatsiyalarni uyushtirish rejalashtirilganda foydalaniladi. Bu
variantda o`yinchilar maydon bo`ylab bir tekisda joylashadilar.
Bunda raqibning to`p uzatishidagi quyidagi taktik xususiyatlarni
hisobga olish zarur:
a) maydonda joy tanlash (to`rdan qancha masofada joylashish);
b) raqib tomonidan o`yinga kiritilgan to`pning turli kuchlanishdagi
navbatlashuv ehtimoliga;
v) o`yinchilar orasiga berish ehtimoliga;
g) to`r yoniga chiqayotgan bog`lovchiga to`p yo`llash ehtimoli.
Zamonaviy voleybolda ko`p hollarda o`yinchilarning pog`ona
bo`ylab joylashuvi kuzatiladi. Bunda o`yinga kiritilgan to`pning
malakali voleybolchilar tomonidan qabul qilinishiga va hujum
harakatlarining samarali tashkil etilishiga imkon yaratiladi.
Agarda 3 zonadagi o`yinchi to`pni yaxshi qabul qilish, 4 zonadagi
o`yinchi esa yaxshi hujum qilish mahoratiga ega bo`lmasa, 6.25 b –
rasmda keltirilgan joylashuvdan foydalanishi mumkin. 3 zonadagi
o`yinchi to`pni yaxshi qabul qila oladigan bo`lsa, u maydonchaning
orqarog`iga surilib turadi (6 zonadagi o`yinchidan o`tib ketishi mumkin
emas). Bog`lovchi o`yinchining 5 zonadan chiqish vaqtidagi jamoa
joylashuvi 6.18 v-rasmda keltirilgan. Bu joylashuv birmuncha qiyin
bo`lishiga qaramasdan, tez-tez uchrab turadi. Bunda jamoaning 5+1
tizimidan foydalanishi ayniqsa qo`l keladi. Hujum zarbalarini qabul
88
qilishda himoyani uyushtirishning asosan uchta varianti mavjud: chiziq
bo`ylab – bunda oldingi qator o`yinchilaridan biri to`siq qo`yuvchi
o`yinchilarni himoya qiladi (6.24-rasm); oldingi pog`onali – bunda
to`siq qo`yuvchilarni 6 zonadagi o`yinchi himoya qiladi; orqa pog`onali
– bunda to`siq qo`yuvchilarni 1 yoki 5 zonadagi o`yinchilar himoya
qiladi. Bu tizimlar to`siq qo`yish va hujum zarbalarining xususiyatlariga
qarab tanlanadi. Himoya harakatlarini tashkil qilishda raqibning
hujumdagi harakatlari asos qilib olinadi. Birinchi variantdan
o`yinchilarning
birgalikdagi
harakatini
o`zgartirishda,
ikkinchi
variantdan raqib jamoasi to`siq ustidan aldamchi harakatlarni tez-tez
qo`llaganda, uchinchi variantdan raqib tomonidan kuchli hujum
zarbalari berilganda foydalaniladi. Hujum qiluvchi o`yinchining
himoyasini tashkil qilish eng murakkab o`yin vaziyatlaridan biri
hisoblanadi. Bu to`pning uchish tezligi, yo`nalishi va to`siqdan qaytgan
to`p yo`nalishini aniqlashning qiyinligi bilan izohlanadi. Har bir
o`yinchining harakat qilishi tanlangan himoya tizimiga bog`liq.
Hujumchi yoki to`siq qo`yuvchini himoyalash quyidagicha bo`lishi
mumkin: bog`lovchi o`yinchi (agarda u hujum qilayotgan o`yinchiga
yaqin bo`lsa) tomonidan, himoyachilar (6 yoki 5, 1 zonadagilar)
tomonidan va hujum harakatlarida ishtirok etmayotgan eng yaqin turgan
hujumchi tomonidan (6.25a-rasm). Himoya qilishda eng samarali
joylashuvlardan biri 6.25b-rasmda keltirilgan.
Guruhli taktik harakatlarga bir necha o`yinchilarning ayrim o`yin
vaziyatlarida birgalikda qilgan harakatlari kiradi. Bu vaziyatlarga to`pni
qabul qilish, hujum zarbalarini qabul qilish, to`siq qo`yish, hujum
zarbasini beruvchi va to`siq qo`yuvchi o`yinchilarni himoyalash kiradi.
Guruhli taktik harakatlarga asosan guruhli to`siq qo`yish (ko`p
hollarda ikkitalik) kiradi. Uch kishilik to`siqdan nisbatan kam
foydalaniladi. To`siq qo`yuvchilar o`rta va chekka to`siq qo`yuvchilarga
ajratiladi. Ikki kishilik to`siq qo`yilganda, asosiy rolni hujum
yo`nalishini to`suvchi o`yinchi egallaydi. Masalan, raqibning hujumi
diagonal bo`yicha bo`lsa, unda to`rning o`rtasida kuchli to`siq qo`yuvchi
o`yinchi bo`lishi kerak.
Uchtalik to`siqda (ko`p hollarda to`r o`rtasida qo`yiladi) o`rtada
turgan o`yinchiga chekka o`yinchilar yondashib keladi. Guruhli
to`siqdagi natija to`siqda ishtirok etgan o`yinchilarning o`zaro kelishib
qilgan harakatlariga bog`liq. Ikki kishilik to`siq qo`yishda eng muhim
omillar quyidagilar:
a) yuqori to`p uzatishdan so`ng to`g`ri yo`nalish bo`yicha hujum
89
uyushtirilganda,to`siq qo`yuvchilarning qo`llari bir-biriga tegib turishi
kerak;
b) 4 zonadan chapga tomon hujum qilinganda, o`rta o`yinchi
to`pdan chaproqqa joylashib, qo`llarini to`rga nisbatan burchak qilib
turadi, chekka to`siq qo`yuvchi to`p qarshisiga turadi va qo`llarini
o`rtada turgan o`yinchining qo`liga yaqinlashtiradi.
O`yinga kiritilgan to`pni qabul qilishda ham guruhli harakatlarga
e’tibor qaratish lozim. Bunda asosan to`rtta vazifa hal etiladi:
a) to`pni qabul qiluvchi o`yinchini himoyalash;
b) to`pni qabul qilish malakasi sustroq bo`lgan o`yinchini
himoyalash;
v) ayrim o`yinchilarni to`pni qabul qilishdan chetlashtirilgandan
so`ng o`zaro harakat qilish;
g) to`pga chiquvchi o`yinchi bilan o`zaro kelishib harakat qilish.
Yakka taktik harakatlar himoyada yakka tartibdagi taktik
harakatlarga: o`yinga kiritilgan to`pni, hujum zarbasini, to`siqdan
qaytgan to`pni qabul qilish, to`siq qo`yish, to`siq qo`yishdan so`ng o`z-
o`zini himoyalash kiradi. O`yinga kiritilgan to`pni qabul qilishda
o`yinchi o`z zonasini (radius bo`yicha) va to`p kiritish xususiyatini
anglagan holda joy tanlaydi. Raqibning o`yinga qanday usulda to`p
kiritishini uning to`p urishdagi harakati (amplitudasi) bo`yicha aniqlash
mumkin. Har qanday holatda ham o`yinchi o`z zonasidan orqaroqda
joylashgani ma’qulroq bo`ladi, chunki to`p qabul qilish uchun oldinga
harakat qilish orqaga harakat qilishdan ancha yengildir.
Hujum zarbalarini qabul qilishda joy zarba yo`nalishi, uzatilgan
to`pning trayektoriyasi va yo`nalishi, uning to`rdan uzoq-yaqinligi,
hujum qilayotgan o`yinchining individual xususiyatlari va jamoa qabul
qilgan o`yin tizimiga ko`ra tanlanadi.
Himoyada o`ynaganda, quyida keltirilgan ma’lumotlarga tayanish
ayniqsa qo`l keladi:
a) to`p to`rdan uzoqroq uzatilgan bo`lsa, demak hujum zarbasining
orqaroq zonalarga berilishi kutiladi;
b) to`p pastlatib berilgan bo`lsa va hujumchi tezligini oshirib
yugurib kelsa, zarba egri yoki aldab tashlash bilan bajariladi;
v) hujum past bo`yli to`siq qo`yuvchi tomon uyushtirilgan bo`lsa,
zarba orqa zonalarga beriladi yoki to`p to`siqqa tegib qaytadi.
Hujumchini himoyalashda unga nisbatan bo`lgan masofani, raqib
tomonidan qo`yilgan to`siq xususiyatini, zarba uchun uzatilgan to`pni
holatini bilish zarur. Agar to`p to`rga yaqin berilib, zarbaga to`siq
90
qo`yilgan bo`lsa, to`p ko`pchilik hollarda vertikal ravishda qaytadi.
Shuning uchun hujum qilayotgan o`yinchiga yaqin turgan himoyalovchi
unga nisbatan 1m atrofida past turish holatini egallaydi va to`pni pastdan
qabul qiladi. Pastlab berilgan va to`rdan uzoqlashgan to`pga zarba
berilganda, uning to`siqdan (yoki to`rdan) sapchib orqa zonalarga
tushish ehtimoli yuqori bo`ladi.
To`siq qo`yishda joyning to`g`ri tanlanishi va to`siqning o`z vaqtida
qo`yilishi juda ahamiyatlidir. Zonali (harakatsiz) to`siq qo`yishda
o`yinchi faqatgina yo`nalish yo`lini berkitadi. Harakatli to`siq
qo`yilganda, zarba yo`nalishi berkitadi. To`siq qo`yuvchining sakrash
vaqti ko`p hollarda zarba uchun uzatilgan to`p holati bilan aniqlanadi.
Yuqori va o`rtacha balandlikda uzatilgan to`plarga to`siq qo`yuvchi
hujumchidan so`ng sakraydi. Past va tezkor uzatilgan to`plarga
hujumchi bilan barobar sakraydi.
Hujumchi havoda uchib zarba beradigan to`plarga hujumchidan
oldinroq sakraydi. To`siq qo`yganda, qo`llar to`r ustidan oxirgi
vaziyatda o`tkaziladi. Qo`llar ayniqsa, kaftlarning qanday qo`yilishi
zarba yo`nalishiga bog`liqdir.
Dostları ilə paylaş: |