«Universiada-2002» dasturiga kiritildi. 2004 yil Samarqandda va 2007
yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan Universiada musobaqasida Toshkent shahri
jamoasi g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Bu uch bo‘g’inli tizim yo‘lga qo‘yilgandan boshlab yana qo‘l to‘pi
sportiga, uning yashashiga, rivojiga e‘tibor berila boshlandi.
2003 yilda
«Talaba» sport jamiyati ning tuzilganligi ayni muddao
bo‘ldi, chunki endilikda barcha sport turlari qatorida qo‘l to‘pi bo‘yicha
ham oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilib, bu
sportchilarimizning tajriba orttirishiga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston gandbolida hal etilmagan muammolar hali anchagina.
Bugungi
kunda
avvalo
qo‘l
to‘pi
jamoalaridagi
o‘quv
mashg’ulotlari jarayoni va tarbiyaviy ishlar sifatini keskin yaxshilash
kerak bo‘ladi. Sport ilmiy vakillari - pedagogika fanlari doktori
E.Seytxalilov, pedagogika fanlari nomzodlari V.Izaak, M.Jukov,
J.Akramov, L.Xasanova, I.Shelyagina, S.Azizov, Abdalimov O.X,
Nabiev T.E, dotsentlar F.A.Abduraxmanov, V.Lemeshkov, Sh.Pavlovlar
o‘z tajribalari asosida gandbolga doir qanday yangilik va ilg’or usullarni
va taklif yoki tavsiya etadigan bo‘lsalar, hammasi bilan qurollanish
lozim. Shularga amal qilgandagina eng yaxshi jamoalarimiz jahon
gandbolida yetakchi mavqega ega bo‘lishlari mumkin.
2005 yildan boshlab O‘zbekiston gandboli yangi bosqichni
boshladi. O‘zbekiston gandbol federatsiyasining bosh kotibi etib
Mathalikov I.I. saylangandan so‘ng o‘zbek gandbolchilari xalqaro
musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
-
2011 yilning 3-11 yanvar kunlari Hindiston Davlati Chennay
shahrida 1992-1993 yilda tug’ilgan yoshlar o‘rtasida Gandbol sport turi
bo‘yicha Xalqaro trofeya kubogida ishtirok etib 3-faxrli o‘rinni;