114
8.3 HIMOYA O`YINI TEXNIKASI
O`yinchilarning himoya texnikasiga to`pni
olib yurish , urib
qaytarish, to`siq qo`yish va darvozabon orqali to`pni ushlab olishlar
kiradi. Dastlabki holatda to`g`ri turish himoya harakati tayyorgarligiga
zamin yaratadi. O`yinchi oyoqlarini bukib, gavda og`irligini oyoq
kaftlarning oldingi qismiga
baravar taqsimlab, qo`llarini bukkan holda
(burchagi taxminan 90 %) biroz ikki tomonga yoyib, qo`l kaftlarini
oldinga qaratib turish kerak. Yon tomonga erkin yura olish va orqa
bilan yugura bilish himoyachi harakati
texnikasining eng muxim
usullaridir. To`pni olib qo`yish. Bu muhim usul yordamida jomoaning
qarshi hujumga o`tishini ta’minlandi. Himoyadagi o`yinchi to`p
uzatilgan vaqtda uni olib qo`yish maqsadida o`zi to`sib turgan
hujumchining oldidan to`pga qarshi chiqish uchun joyidan keskin
qo`zg`alishi lozim.
To`pni urib chiqarish. Bu harakat to`p
olib yurgan hujumchi bilan
kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga
yaqinlashadi, to`pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi.
To`pni urib chiqarish uni otish uchun qo`lni orqaga uzatib, siltash
harakatini bajarishda ham qo`llaniladi.
Himoyachi bunday holatda
hujumchining to`pni otmoqchi bo`lgan qo`lini orqaga uzatishini kutadi
va shu payt qo`l kafti bilan to`pni tushiradi.
To`pni
to`sish.
Darvozaga
yo`naltirilgan
to`pga
qarshilik
ko`rsatishda qo`llaniladigan asosiy vosita hisoblanadi. Yuqoridan , o`rta
va pastdan kelayotgan to`pni bir va ikki qo`l bilan to`sish mumkin.
To`sishni bajarayotgan himoyachi qanchalik hujumchiga yaqin bo`lsa,
to`p yo`nalishini aniqlash shunchalik oson bo`ladi. Shuning uchun
himoyachi to`pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini,
shuningdek, to`pni kuzatishi va o`z vaqtida to`p otayotgan o`yinchini
to`xtatish uchun chiqishi lozim. Hujumchi to`p
otishidan oldin
himoyachi bevosita qo`llarini yuqoriga ko`tarib, kaftlarini oldinga
qaratib bir-biriga yaqinlashtiradi va to`pni to`sishda qo`l barmoqlarini
jarohatdan saqlash uchun mushaklarini taranglashtiradi. Yerdan sakratib
otilgan to`pni to`sish sakrab amalga oshiriladi. Shuning uchun
himoyachi oldindan oyoqlarini bukkan holatda tayyorlanib turishi kerak.
Qo`shilish. Bu usul o`yinchilarni nazorat qilishni yo`qotish
xavfi
tug`ilganda qo`llaniladi. Himoyachilar qo`shilib joy almashtirsa, bu
holda ular kuzatuvchiga o`yinchilari o`zgaradiyu to`siq qo`yilgan
hujumchi orqaga harakat qilsa, shu zahoti uning raqibi oldinga chiqib,
hujumchi ketgan tomonga o`tadi. Odatda, bunday usul to`siq qo`yishda
115
va hujumchilarning qarama-qarshi o`rin almashtirishida qo`llaniladi.
Hujumchi himoya harakatlariga qo`shilganda uni ta’qib qiluvchi yoki
darvozaga yaqin turgan himoyachi javobgar bo`lmog`i kerak.
Hujumchining hujum harakatlarini qiyinlashtirish uchun himoya qilishga
o`tgan o`yinchi hujumchining kirish yo`lini
va faol harakatini
to`xtatishga harakat qilishi kerak. Buni amalga oshirish uchun
himoyachi qarama-qarshi harakat qilib, ta’qibchidan ozod bo`lishi
maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: