Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

Chalg`itishlar
(fint). Bu usulni to`psiz va to`p bilan bajarish 
mumkin. To`psiz chalg`itshlardan ko`proq uni qarshiliksiz qabul kilish 
uchun 
himoyachilarning 
yaqinida 
turganida 
ta’qibdan qutilish 
maqsadida foydalaniladi. To`p bilan chalg`itishlar uzatishni, otishni yoki 
yerga urib yurishni karshiliksiz bajarish uchun qo`llaniladi.
Chalg`itishlar murrakkab harakatlar ѐrdamida bajariladi, hammasidan 
ko`proq bir – biriga bog`liq bo`lgan bosqich (faza): anchagina sekin 
chalg`itish harakati texnik usulining qulay paytida qo`llanishi va tez 
asosiy usulni amalga oshirishga bog`liqdir. Ikki va undan ortiq 
usullardan tashkil topgan chalg`itishlar ikki turga bo`linadi: oddiy va 
murakkab. Bir harakatdan boshqa ikkinchi harakatga o`tishda qancha 
kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o`tishga shuncha imkoniyat yaratadi.
To`pni uzatishda usullarni o`zgartirib to`p yo`nalishini va to`p uzatishda 
to`xtab qolish paytlarida chalg`itishlar qo`llaniladi. Eng ko`p tarqalgan 
chalg`itish –bu to`pni otmoqchi bo`lib, so`ng to`pni uzatishdir (bosh 
orqasidan, orqa va yon tomondan). To`p otishda to`pni uzatayotganday 
harakat qilish yoki bir usulda to`p otmoqchi bo`lib, ikkinchi usuldan 
foydalanish, sakrab to`p otmoqchi bo`lib yerga tushib himoyachini aldab 
o`tish juda foydalidir.
Chalg`itishlarni,ayniqsa, himoyachini aldab o`tishda qo`llash 
muhimdir. Bu bir va ikki qadamli harakat bo`lishi mumkin. Chalg`itish 
sifatida qadam qo`yish, hamla qilish va to`p uzatishlardan foydalaniladi.
To`siq. Bu hujumchilarning himoyachilar panohidan qutilishi uchun 
qo`llaniladigan foydali vositadir. Qo`l to`pi o`yinida to`siqlar yakka 
holda va o`yinchilar guruhi tomonidan qo`yilishi mumkin. Guruh bo`lib 
to`siq qo`yish 9 mertli erkin to`p tashlash chizig`idan to`p otishda 
qo`llaniladi, bu bir necha hujumchining bir –biriga yaqin turib, to`p 
egallamoqchi bo`lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilar 
yo`lini to`sishdan iboratdir. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin