To`pni yerga urib olib yurish.
Bu usul bir joyda turganda,
yugurganda bajarilshib, qo`l to`pi o`yinchisining harakat qilishida
qo`llaniladigan asosiy usullardan hisoblanadi. To`pni yerdan har hil :
yuqoriroq va pastroq sapchitib turib yurish mumkin. Bu usulda qo`l to`pi
o`yinchisi maydondan sapchib ketayotgan to`pni pastga tushirib va keng
yoyilgan barmoqlari bilan kutib oladi. U qo`lini bukib, to`pni biroz
yuqoriga uzatadi, sung uni yana maydonga ma’lum burchak bo`yicha
keskin itaradi. Bunda oyoqlar bukilgan, gavda biroz egilgan, bosh
to`g`ri tutilgan bo`lishi kerak.
To`pni yerga urib olib yurish to`g`ri chiziq, yoysimon chiziq va
doira bo`ylab har xil yo`nalishlarda bajrilishi mumkin. Yo`nalishni,
tezlikni, sapchish balandligini o`zgartirib hamda to`pga qaramasdan
yerga urib olib yurishlar hozirgi zamon qo`l to`pi o`yinida katta
ahamiyatga ega bo`lmoqda.
To`pni otish
. Otish natijasi bir qator sharoitlarga bog`liq, shular orasida
muhimi raqiblarga kutilmagan vaziyatda otish yo`nalishini va usulini
o`zgartirishdir. To`pni ko`zlagan joyga yo`naltirishda, ayniqsa, tezlik
muhim ro`l o`ynaydi – uning kuchi tezligiga bog`liq.To`p otish
texnikasini bajarishda uning inersiyasi va vaznini hisobga olish zarur,
to`p otayotgan qo`lning keng amplitudadagi harakati mushaklar
qisqarishiga va gavdadagi barcha mushaklarning qisqarishiga qulay
sharoit yaratadi. Lekin o`yinda bir necha qadamdan so`ng, keng
amplitudada qo`lni silkitib to`p otishni qo`llash anchagina mushkul
shuning uchun o`yinchilar va murabbiylarning ijodiy izlanishdan
maqsadi tez otish texnikasini (harakatni tezlashtirib, to`p ilgandan
so`ng darrov sakrab va hokazo) yaratishga qaratilgan. Darvozaga to`p
otish joydan, yugurib kelib, sakrab va tayangan holatda bajariladi. Eng
ko`p tarqalgan usul – harakatda yuqoridan qo`lni bukib to`p otishdir.
Qo`llarni silkitish natijasida to`pni otish holati o`zgaradi. To`p otish
boshning orqa tomonidan, yelka ustidan, yoki yon tomonidan bo`lishi
mumkin. Bu vujudga kelgan holat va texnikani bajarish xususiyatiga
qarab aniqlanadi.
Harakatda qo`lni yuqorida bukib to`p otish 3 xil vaziyatda
110
bajariladi: Chalishtirma qadamlardan (skrestniy shag) so`ng otish,
chalishtirma qadamlarsiz otish va to`xtab otish. Chalishtirma
qadamlardan so`ng o`yinchi yugurib kelib sakrab to`p otishi yoki ruxsat
etilgan uch qadam qoidasidan foydalanishi mumkin. Agar o`yinchi
to`pni o`ng qo`li bilan otmoqchi bo`lsa, birinchi qadamni chap oyoq
bilan boshlaydi, bu holda ikkinchi qadamini qo`yishda shu oyoq
kaftining ichki tomonini yugura boshlagan tarafiga qarab qo`yadi. Shu
holda to`p ushlagan qo`l to`g`rilanib, boshning orqa tomoniga
o`tkaziladi va gavdaning yon tomoni darvozaga qaratiladi. To`p bilan
bo`lgan qo`lga qarama-qarshi oyoqga tayanilgandan so`ng to`p otish
harakati boshlanadi; bu holda gavdaning og`irligi oldinga o`tkazilib,
darvoza tomon buriladi va to`p ushlagan qo`l bukilib oldinga qarab
tezlanish harakatini boshlaydi. Shuni hisobga olish kerakki, qo`l harakati
davomida tirsak panjalardan oldinda bo`lmog`i kerak. To`pni qo`ldan
chiqarishda vujudga keladigan kaft va bilak silkitilishi, keyinchalik
gavdaning yuqori qismlariga nisbatan pastki qismlarini to`xtatishga olib
keladi.
Yuqoridan qo`lni bukib to`p otish qo`lni tez siltash yordamida
bajariladi. Birinchi oldinga qo`yilgan oyoqqa qarama-qarshi qo`l to`p
bilan orqaga suriladi va keyingi qadamda gavdaning yuqori qismi bilan
birga siltanadigan qo`l oxirgi chegarasigacha orqa tarafga burilishi
kerak. Keyingi qadamni qo`yishda gavda darvoza tomon burilib tezlik
bilan oldinga egiladi va to`pni qo`ldan chiqaradi. Bu usulning farqi
shundaki, to`p otish bir oѐqqa tayangan holda bajariladi. Yuqoridan
qo`lni bukib to`xtab to`p otish – bu eng tez otish usulidir. Bu yerda
dastlabki zaruriyat to`pni sakrab ilish hisoblanadi, bunda to`p otayotgan
o`yinchi qo`lini siltashni boshlashi mumkin. Bu holda o`yinchi avval
o`ng oyog`ini, so`ng chap oyog`ini bosadi, tovon esa harakatning
to`xtashini ta’min etish uchun xizmat qiladi. To`p otayotgan o`yinchi
qadam qo`yishda gavdaning og`irligini darhol
oldingi oyoqqa o`tkazadi. Va gavdani darvoza tomon burib, qo`l
tirsagini bukkan holda to`pni keskin oldinga yuboradi.
Qo`lni yuqorida bukib, sakrab (yuqoriga) to`p otish uzoq masofadan
(10-12 m) darvozaga hujum qilishda qo`llaniladi. Qo`lni siltash va to`pni
qo`ldan chiqarish havoda bajariladi. To`p otayotgan o`yinchi to`p
ushlagan qo`lini orqa tomonga yuborib, to`psiz qo`lini oldinga
chiqaradi, gavdaning yuqori qismini otayotgan tomonga burib,
depsinishda bo`sh oyog`ini bukishi lozim.To`pni darvozaga otish
o`yinchining sakragandan keyingi parvozining eng yuqori nuqtasida,
111
ko`krak darvoza tomon burilib, oyoqlarning orasi keng ochilib
bajariladi.
Ba’zan qo`lning aylanma harakatini (oldinga – pastga – orqaga)
sekinlantirgan va ularni ikki tomonga yozgan holatida himoyachilar
tomonidan qo`yilgan to`siq yonidan to`p otishga ijozat beriladi.
O`yinda yiqilib otish zarurati tez-tez vujudga keladi. Bu to`p otayotgan
o`yinchiga himoyachidan qutulish, yo bo`lmasa o`zi bilan darvoza
orasidagi masofani yaqinlashtirish imkonini beradi.
To`pni tayangan holda yiqilib darvozaga otish sakrab-yiqilib
darvozaga to`p otishdan farq qiladi. Birinchisi berk vaziyatdan hujum
boshlashda qo`llanilib, ikkinchisi olti metrlik chiziqdan hujum qilishda
ishlatiladi.
Darvozaga bunday xilma-xil usulda to`p otish muvozanat saqlash
munosabatida
anchagina
murakkabdir,
chunki
o`yinchi
to`pni
muvozanatini yo`qotgan holda darvozaga otadi. Buning ustiga, o`yinchi
yiqilishining yo`nalishi har xil – oldinga va yon taraflarga bo`lishi
mumkin.
Yuqorida qo`lni bukkan holda yon tarafga egilib va yiqilib to`p
otish berk vaziyatda hujum qilishga imkon beradi. Yon tomonga egilib
to`p otish bir yoki ikki oyoqqa tayangan holda bajariladi. Himoyachi
qo`llari bilan yon tomonidan qo`ygan to`siqdan qutilish uchun hujumchi
to`p otishni bajarishda gavdasini to`psiz tomonga egib, to`pni boshi
ustidan va himoyachilar qo`llari ѐnidan darvozaga yo`naltiradi.
Yon tarafga yiqilib to`p otish. Bu usulni o`yinchi to`p otish vaqtida
himoyachidan uzoqroq ketish imkoniyatini yaratish uchun qo`llaydi.
Bunga “yolg`on” to`p otishda qo`llaniladigan fintlar yordam beradi.
Hujumchi chalg`itishdan so`ng oldinga bir qadam ko`yib, tayanch
oyoqlarini himoyachi oyog`ini darvozaga to`p otayotgan tomonga
yaqinroq ko`yishi kerak. Shundan so`ng gavdani og`irligi oldingi
egilgan oyoqqa o`tkaziladi. Gavda yon tomoni bilan darvoza tarafiga
buriladi, to`p bilan bo`lgan qo`l esa to`p otishning oxirgi holatiga
ko`tariladi. O`yinchi tayanch bo`lmagan bo`sh oyog`ini oldinga
ko`tarib, bo`sh qo`l tomon egiladi va himoyachi belidan sirpanganga
o`xshab yiqiladi. U gorizontal holatga yaqinlashganda, darvoza
tomonga ko`kragini ko`tarib, to`pni boshining orqasidan darvozaning
ko`zlagan joyiga yuboradi, so`ng bo`sh qo`lini yerga tekkazib yiqiladi.
Bunday to`p otish usulini to`p otayotgan qo`l tomondan ham bajarish
mumkin, lekin bunday holatda tayanch oyoq ish bajarayotgan qo`l
tarafdagi oyoq bulishi kerak.
112
Yuqorida qo`lni bukib, sakrab, yon tomonga egilgan holda yiqilib
to`p otish usulidan asosan chiziq bo`ylab va burchakdan hujum
qiladigan o`yinchilar foydalanadilar. O`yinchi to`pni ikki qo`llab
egallab, tez olti metrli chiziqqa yaqinlashadi, tayanch oyoq kaftlarini shu
chiziqqa parallel qo`yib “zonaga” sakraydi va to`pni havoda to`p
otadigan tomonga o`tkazib, darvozaga otadi. To`p ushlagan qo`l
tomondagi oyoq bilan depsinganda, yiqilish shu tarafga bajariladi va
o`yinchi yerga depsingan oyoqda, keyin qo`llarga tushadi; boshqa
oyoq bilan depsinganda esa oldin bo`sh qo`lga va keyin depsinishdan
bo`sh oyoqqa tushadi. O`yinchi yelkalari orqali aylanib o`rnidan turadi.
Qo`lini yozib, yon tomondan to`p otish – bekik vaziyatda ko`p
qo`llaniladigan usullardan biridir. Uni bel, son, tizza balandligida
bajarish mumkin. Siltash yuqoridan to`p otishday bajariladi.
Chalishtirma harakat qilgandan so`ng o`yinchi to`p otishning
dastlabki holatiga keladi: oyoqlar keng qo`yilgan, ko`l to`p bilan orqa
tomonga u o`tkazilgan, gavda darvozaga ѐn tomon bilan burilib, to`p
otadigan qo`l tomon egilgan bo`lishi kerak. Shundan keyin gavdaning
og`irligi oldingi oyoqqa o`tkaziladi, ko`krak darvoza tomon buriladi,
qo`l tirsak bo`g`inida bukilib, maydonga parallel oldinga cho`ziladi.
Keyinchalik qo`l silkitish harakati tufayli to`g`rilanadi, unga yelka
harakati qo`shilib, to`p darvozaga yuboriladi.
Himoyachidan to`pni uzoqroq olib ketish uchun , o`yinchining
oldingi tayanch oyog`ini, himoyachi oyog`ining sirtqi tomoniga qo`yishi
maqsadga muvofiqdir (odatda o`ng tomonga). Gavdaning yuqori qismini
burish yordamida qo`lni bukmasdan to`g`ri to`p otishni bajarish
mumkin. To`p ushlagan qo`l tomonidagi oyoq bilan depsinish
himoyachilardan to`pni yanada uzoqroq olib ketishga imkon beradi.
Ko`pincha bunday to`p otishlar yuqoriga va yon tomonga sakragan
holda bajariladi. Balandga sakrab, odatdagiday yuqoridan to`p
otmoqchiday harakat qilgan hujumchi oxirda to`p otayotgan qo`li
harakatini o`zgartirib, to`pni yuqoridan emas, balki himoyachilar
gavdasi yoki qo`llari bilan qo`ygan to`siqlar yonidan darvozaga
yuboradi. Darvozadan qaytgan to`pni qayta urish darvoza ustunlariga
urilib yoki darvozabondan qaytgan to`pni bir yoki ikki qo`llab
darvozaga otish mumkin. Bu harakat sakrab, keyin esa yiqilgan holda
bajariladi. Keyingi vaqtlarda davozabonning to`p otayotgan o`yinchiga
peshvoz chiqishi amalda ko`p qo`llanilmoqda. Bunday holatda,
desinib, yuqoridan baland trayektoiyada to`p otishlar (darvozabon
ustidan oshirib) ma’lum bo`lishicha, juda sermahsul hisoblanadi. To`p
113
otishning bajarilishi odatdagi usulda boshlanib, oxirida esa to`pning
trayektoriyasi o`zgartiriladi.
To`pni yerga urib sapchitib otish - darvozabonlar uchun eng
murakkab to`p otishdir. Ayniqsa, otgandan so`ng sapchib aylanib, o`z
trayektoriyasini o`zgartiradigan to`pni olish darvozabonlar uchun juda
katta qiyinchilik tug`diradi. Odatda, bu usul burchakdan hujum qilish
paytida qo`llaniladi. To`pni otilish joyiga qarab o`ngga ѐki chapga
aylantirib otish mumkin. To`pni aylantirishga bilak va kaftning tezkor
harakatlari va barmoqlarning faolligi tufayli erishiladi.
Dostları ilə paylaş: |