Sportcha yurish va yugurish teхnikasi asoslari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix22.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#101558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Depsinish kuchi deganda
tayanchning sportchi tanasiga ta‟sirini tushunish kerak. U 
tayanchga bosim o‟tkazish kuchlari ta‟siri natijasida yuzaga keladi. 
Depsinish
– bu 
mushaklarning sof ishi natijasi emas, balki mushak kuchlanishlari va tayanchga inertsiya 
kuchlarining o‟zaro ta‟siri natijasidir. Tayanch qancha qattiqroq bo‟lsa, depsinish kattaligi 
(tayanch reaktsiyasi kuchi) shuncha ko‟proq bo‟ladi. Masalan, ikkita tayanch olamiz: yugurish 
yo‟lkasi va tuproqli qoplama. Yugurish yo‟lkasi tuproqli qoplamaga nisbatan qattiqroq, demak, 
yugurish yo‟lkasida tanyach reaktsiyasi kuchlari ko‟proq bo‟ladi. 
Shunday qilib, depsinish kuchi deganda mushak kuchlanish-lari va tayanchga inertsiya 
kuchlarining ta‟siri ostida yuzaga keladigan tayanch reaktsiyasi kuchini tushunish kerak. 
Depsinish kuchi kattaligi quyidagilarga bog‟liq: 
- tanyach sifatiga
- mushak kuchlanishlari kattaligiga; 
- inertsiya kuchlari kattaligiga; 
- mushak kuchlanishlari va kuchlarining ta‟sir qilish yo‟na-lishiga; 
- faol tana og‟irligining passiv og‟irligiga nisbatlariga (faol tana og‟irligi – depsinish 
uchun mushak kuchlanishlarini yaratishda qatnashuvchi mushaklarning og‟irligi; passiv tana 
og‟irligi – sportchining qolgan barcha tana og‟irligi). 
Sportcha yurishda depsinish kuchining maksimal kattaligi emas, balki uzoq vaqt ishlashga 
mo‟ljallangan optimal kattaligi juda mug‟imdir. Sportchi tayanchga unga nisbatan burchak ta‟sir 
ko‟rsatadi, depsinish kuchi gorizontal tezlik vektoriga nisbatan burchak ostida UOMga ta‟sir 
qiladi. Depsinish kuchi vetori gorizontal tezlik vektoriga qancha yaqin bo‟lsa, siljib harakatlanish 
tezligi shuncha yuqori bo‟ladi. Depsinish kuchi vektori va gorizontal tezlik vektori tomonidan 
hosil qilingan burchak depsinish burchagi deb ataladi. Depsinish burchagi qancha kichik bo‟lsa, 
depsinish kuchi shuncha samarali ta‟sir ko‟rsatadi va gorizontal tezlik shuncha ko‟proq bo‟ladi. 
Amaliyotda depsinish burchagi depsinadigan oyoqning tayanchdan uzilgan paytdagi 
uzunasiga o‟qi bo‟yicha va gorizont bilan aniqlanadi. Bunday aniqlashda burchak kattaligi aniq 
emas, balki taхminiy bo‟ladi. Depsinish burchagini murakkab teхnik qurilmalarni qo‟llagan 
holda aniqroq aniqlash mumkin. 
Bir tayanchli holatda, sportchi turgan paytda, faqat og‟irlik kuchi perpendikulyar pastga 
ta‟sir qiladi, u og‟irlik kuchiga diametral tarzda qarama-qarshi yo‟naltirilgan tanyach reaktsiyasi 
kuchi bilan tenglashadi. Qo‟shaloq tanyachli holatda og‟irlik kuchi ikkita tanyachga taqsimlanadi 


(b), bunda tanyachga bosim o‟tkazish kuchi yuzaga keladi, u burchak ostida ta‟sir qiladi, og‟irlik 
kuchi esa tanyachning ikki nuqtasiga taqsimlanadi va ularning kattaliklari tanyach nuqtalarining 
UOM proektsiyasidan uzoqlashganligiga bog‟liq bo‟ladi. 
Tanyachga bosim o‟tkazish kuchi va og‟irlik kuchiga qarshi tanyach reaktsiyasi kuchi 
paydo bo‟ladi, u ularga diametral tarzda qarama-qarshi ta‟sir qiladi. Tinch holatda oldingi va 
orqa tanyachning umumiy kuchlari teng. Tanani muvozanatdan chiqarish va unga qandaydir 
tezlik berish maqsadida bu muvozanatni buzish zarur. Buni orqa tanyachga bosim o‟tkazish 
kuchini oshirish, shu orqali orqa tanyachning reaktsiya kuchini ko‟paytirish hisobiga bajarish 
mumkin. 
Kuchlar muvozanatini buzishning boshqa omili – bu orqa tanyachga bosim o‟tkazish 
kuchining ta‟sir qilish burchagini o‟zgartirishdir. Bu UOM proektsiyasini oldingi tanyachga 
yaqinroq o‟tkazish hisobiga bajariladi, shu orqali orqa tanyach bosim kuchining ta‟sir qilish 
burchagi yanada o‟tkirroq bo‟ladi,oldingi tanyach bosim kuchining ta‟sir qilish burchagi esa 
yanada o‟tmasroq bo‟ladi. Shunday qilib, bu orqa tanyach reaktsiya kuchi ta‟sirini gorizontal 
tezlik vektoriga yaqinlashtiramiz. Start tezligi shunday yuzaga keladi. U tanani tinch holatdan 
chiqarishga yordam beradi. Yurishda oyoqni o‟tkazish vaqtida qadam tashlash harakatlarining 
inertsiya kuchi ham ishga tushadi. Tananing tinch holatdan chiqish paytidagi (start vaqtidagi) 
start kuchi harakat vaqtidagi depsinish kuchiga nisbatan ko‟proq bo‟ladi, chunki sportchi tanasi 
tezlik olib bo‟lgan va unga kuchlanishlarni yoki tezlikni saqlab turishga, yoki uni oshirishga 
sarflash zarur bo‟ladi. 4-rasmda depsinish burchaklari ko‟rsatilgan. 
Sportcha yurishda oyoqni tayanchga qo‟yish burchagi, shuningdek, bunda yuzaga 
keladigan kuchlar muhim ahamiyatga ega. Qadam tashlaydigan oyoqni qo‟yish burchagi oyoq 
tayanchga tegishi zahoti aniqlanadi va u oyoqning uzunasiga o‟qi va gorizont chizig‟i yordamida 
hosil bo‟ladi. Bu taхminiy kattalik, burcha tayanch reaktsiyasi kuchi tezligi va tayanch chizig‟i 
vektori bilan yanada aniqroq aniqlanadi. 
2.5-rasm. 
Depsinish 
burchaklarini 
o‟lchash. 
a – oyoq 
o’qidan; b – 
UOM 
yo’nalishidan; 
v – tayanchga 
bo’lgan to’liq 
reaktsiyadan;
g – 
depsinishga 
bo’lgan 
reaktsiyadan. 
Oyoq qo‟yilgan paytda tayanchga bosim o‟tkazish kuchi ta‟sir qila boshlaydi, va, 
natijada, unga qarama-qarshi bo‟lgan tayanch reaktsiyasi kuchi hosil bo‟ladi, ularning 
yo‟nalishlari diametral tarzda qarama-qarshidir. Bu kuchlar salbiy hisoblanadi, chunki 
yuruvchining harakatlariga qarshilik ko‟rsatadi. Samarali yurish uchun ularni yo‟qotish yoki 
imkon qadar ularning salbiy ta‟sirini kamaytirish lozim. 
Bunda yuzaga keladigan og‟irlik kuchi tezlikning o‟zgarishiga ta‟sir qilmaydi. Salbiy 
kuchlarning ta‟sirini uchta yo‟l bilan qoplash mumkin: 1) oyoq qo‟yish burchagini 90
o
ga 
yaqinlashtirish, ya‟ni oyoq imkoni boricha UOM proektsiyasiga yaqin turishi kerak, lekin bunda 
qadam uzunligi kamayadi; 2) oyoq qo‟yilishini amortizatsiyalash, lekin musobaqa qoidalariga 
ko‟ra oyoq tizza bo‟g‟imidan tekislangan holda tayanchga qo‟yilishi kerak, demak, amortizatsiya 


istisno qilinadi; 3) depsinish fazasidan keyin oyoq tayanchdan olingandan so‟ng sonlarni tez 
birlashtirish, bu qadam tashlaydigan oyoqning inertsiya kuchini oshiradi. Bu kuch tormozlovchi 
kuchlarning ta‟sirini qoplaydi. 
Sportcha yurishda UOM harakatlanishi to‟g‟ri chiziq bo‟ylab sodir bo‟lmaydi, balki 
ancha murakkabroq egri chiziqli yo‟nalishni bajaradi. UOMning yuqoriga-pastga harakatlanishi 
o‟ngga-chapga harakatlanishlar bilan to‟ldiriladi. Oyoq tayanchga qo‟yilgan paytdan boshlab 
UOM yuqoriga va tayanch oyoq tomonga vertikal holatigacha bir oz harakatlanadi, vertikal 
holatidan so‟ng UOM harakat yo‟nalishi chizig‟iga yaqinlashgan holda pastga, oyoq tayanchga 
qo‟yilguniga qadar harakatlanadi. Keyin hammasi boshqa oyoqda takrorlanadi. 
Vertikal tebranishlar kattaligi qancha kam bo‟lsa, sportcha yurish teхnikasi shuncha 
samarali bo‟ladi. Vertikal tebranishning minimal kattaligini tajriba yo‟li orqali aniqlash mumkin. 
Bu kattalik bir tayanchli va qo‟sh tayanchli (uzun qadamda) holatda UOM balandligi o‟rtasidagi 
farqqa teng. Shunday qilib, biz sportcha yurishda siljib harakatlanish tezligiga ta‟sir qiluvchi 
omillarni aniqladik.ijobiy omillarga quyidagilar kiradi: 
- tayanch sifati; 
- depsinish kuchlari kattaligi; 
- depsinish burchagi
- depsinish vaqti; 
- qadam tashlaydigan oyoqni o‟tkazish vaqti. 
Salbiy omillaga quyidagilar kiradi: 
- oyoqni qo‟yish burchagi; 
- oyoqni qo‟yishda tayanch reaktsiyasining tormozlovchi kuchlari. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin