Sportchining o’quv-trenerovka, musobaqa oldi, musobaqa va musobaqadan keyingi jarayonlardagi psixologik holatlari Reja



Yüklə 19,57 Kb.
səhifə1/2
tarix20.04.2023
ölçüsü19,57 Kb.
#101239
  1   2
Sportchining 5


Sportchining o’quv-trenerovka , musobaqa oldi, musobaqa va musobaqadan keyingi jarayonlardagi psixologik holatlari
Reja :

  1. Sportchining o’quv-trenerovka , musobaqa oldi jarayonlardagi psixologik holatlari.

  2. Sportchining musobaqa va musobaqadan keying jarayonlardagi psixologik holatlari.

Sportchilarda psixik holatlar va ularning tashki ifodasi, his- tuyg’ularning xissiyot (emotsiya)lar, kayfiyatlar, kuchli xayajonlanish tarzida boshdan kechirilishi chog’ida ma’lum darajada seziladigan tashki belgilarga xam ega bo’ladi. Yuzlarning ifodali harakatlari (mimika), kul va gavdvning ma’noli harakatlari, turki- tarovat, ohang, ko’z qorachig’larining kengayishi yoki torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi. Bu ifodali harakatlar bir holatda o’ziga o’zi hisob bermagan tarzda yuz bersa, boshqa bir holatda ongning nazorati ostida sodir bo’ladi.


Kishining his- tuyg’ulari ro’y berishiga ko’ra murakkab shartsiz reflekslarga bog’lik bo’lgani holda ijtimoiy xususiyatga egadir. Odamning his- tuyg’ulari bilan xayvonlar his-tuyg’ularining tubdan farqi, birinchidan, gap xatto aynan bir xil his- tuyg’ular haqida ketgan xollarda ham odamlarning his- tuyg’ulari xayvonlarnikiga qaraganda benihoya murakkab ekanligida ko’rinadi; bu odamlarda ham, xayvonlarda ham, g’azablanishni, qurquvni, qiziquvchanlikni, shodlanish va ruhan tushkunlik holatini ularning kelib chiqishi sabablari jihatidan ham, shuningdek ularning namoyon bo’lishi xususiyatlari jihatidan ham taqqoslanganda aniq- ravshan bo’ladi. Ikkinchidan, odamlar xayvonlarda mavjud bo’lmagan juda ko’plab his- tuyg’ularga egadir.

Odamlar orasida mehnat jarayonida, siyosiy, madaniy, oilaviy xayotda ro’y beradigan o’zaro munosabatlarning boyligi ko’plab sof insoniy his- tuyg’ularning paydo bo’lishiga olib keladi. Jumladan, jirkanish, faxrlanish, xasad qilish, shodu hurramlik, zerikish, hurmat qilish, burchni his etish va xokazolar paydo bo’ldi. Bu his- tuyg’ularning har biri o’ziga xos yo’llar bilan (nutq ohangida, imo- ishorada, turqi tarovatida, kulgida, ko’z yoshi va shu kabilarda) ifodalandi. Uchinchidan, kishi uz his-tuyg’ularini noo’rin ifoda etilishidan saqlagan holda ularni «jilovlab» boradi.


Odamlar kuchli va aniq ravshan seziladigan his- tuyg’ularni boshidan kechirayotib, tashqi ko’rinishda ko’pincha osoishtalikni saqlab qoladilar, ba’zida esa his- tuyg’ularini sezdirmaslik uchun o’zini beparvo qilib ko’rsatish kerak, deb hisoblaydilar.
Kishi ba’zan xaqiqiy his- tuyg’ularini «jilovlash» yoki yashirish maqsadida uzini xatto boshqacha, qarama- qarshi his- tuyg’ularni boshdan kechirayotgandek qilib ko’rsatadi: ranjigan yoki kattik og’riq azob berayotgan mahalda kuladi, kulgusi qistab turganda o’zini jiddiy tutadi.
Sportchilarda psixik holatlarda hissiyotning buzilishini qo’yidagicha ob’ektiv va sub’ektiv baholash mumkin:
1.Eyforiya – kayfiyatning ko’tarilishi o’z-o’zini nazorat qila olmaslik, fikrlash jarayonining sekinlashishi bilan kechadi.

Yüklə 19,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin