Sportchilarda musobaqa oldi stress holati



Yüklə 58,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü58,12 Kb.
#204910
  1   2
Umirzaqulov Bekzod Ikromjon o\'g\'li



SPORTCHILARDA MUSOBAQA OLDI STRESS HOLATI 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6507116 
 
Umirzaqulov Bekzod Ikromjon o'g'li 
Milliy universitet magistrani 
 
Annotatsiya

Ushbu maqolada sportchilarda musobaqa oldi stress holati 
sodir bo`lishligi va uning salbiy holatlari haqida so`z yuritilgan. 
Kalit So`zlar:
 Sportchi, jismoniy, ruhiy, texnik, taktik, emosional holatlar, 
raqib, emosional tig’izlik, muvaffaqiyatsizlik.
 
Sportchining jismoniy, ruhiy, texnik va taktik jihatdan nechog
’lik 
tayyorlanganligi sport musobaqalarida ko’rsatadigan natijalariga qarab 
belgilanadi. Shuning uchun ham sport musobaqalarida emosional 
tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilish va ularni bir tizimga 
keltirish uchun emosional holatning vujudga kelish mexanizmlarini bilib 
olish zarur. 
Hozirgi vaqtda emosional holatlarni tushuntirib berishda ko’pchilik 
tomonidan akademik P.V.Simonovning «informasiya nazariyasi» qabul 
qilingan. 
Bu nazariyaga ko’ra hissiyot (emosiya) ehtiyojlarining 
qondirilishi bilan belgilanadi. 


P (In - Is) 
Bu nazariyani bir necha misollarda ko’rib chiqaylik.
E.O agar, P.O.E 

emosiya, P 

patrebnosiya. 
Bunday holatda shaxsning hyech qanday ehtiyojini bo’lmasa, 
emosiya 
ham 
bo’lmaydi.
E.O. agar, In 

Is. 


emosi, In 

zarur informasiya, Is 

mavjud informasiya. 
Bu holatda ham emosiya bo’lmaydi, chunki ehtiyojni qondirish uchun 
zarur bo’lgan informasiya bilan mavjud informasiya teng.
Misol, musobaqa oldidan yuqori mahoratli sportchi o’tish (saralash) 
musobaqalari uchun sport 
masteri normasini ko’rsatish kifoya ekanligini 
biladi. Sportchida hyech qanday salbiy emosiya sodir bo’lmaydi, chunki 
bu ko’rsatkichni hyech qiynalmay bajaradi.
E agar In 

Is. Bu yerda salbiy emosiya tug’iladi, chunki sportchi 
uchun zarur bo’lgan informas
iya mavjud informasiyadan katta. Misol, 
sportchi keyingi uchrashuvni ancha kuchli raqib bilan o’tkazlishligini 
bildi. Lekin raqib to’g’risida yetarli informasiyaga (Is) ega emas.


Bu yerda In 

Is. Natijada sportchida salbiy emosiya 

hayajonlanish, 
xavotir
lanish, noaniqlik tug’iladi.
E. agar, Is 

In. Bu yerda ijobiy emosiya tug’iladi.
Misol, yuqori mahoratli sportchi musobaqa oldidan o’zining kuchli 
raqibi kelmaganligini, aksincha, musobaqa qatnashchilarining darajasi 
ancha past ekanligini bilsa, unda qoni
qish hissiyoti tug’iladi. Lekin bu 
yerda tug’ilayotgan ijobiy hissiyotning darajalari, mag’lub etilgan 
raqibning mahorati darajalariga, proporsional bo’ladi. Raqib qancha 
kuchli bo’lsa, uning ustidan qozonilgan g’alabadan hosil bo’ladigan 
hissiyot ham shun
cha kuchli bo’ladi. Aksincha, kuchsiz raqibni yengib 
ketishi hyech qanday ijobiy kechinma hosil qilmasligi mumkin. 
Olimlar emosional tig’izlik –
keskinlikni keltirib chiqaruvchi 20 
muhim omilni ko’rsatib beradigan, bu sportchida ruhiy tanglikni vujudga 
keltiradi. 
Bu omillar: 

Sportdagi muvaffaqiyatsizlik. 

Mashqlar va avvalgi musobaqalarda ko’rsatilgan past 
natijalar. 

Treker bilan komandadagi o’rtoqlari yoki oiladagi nizolar.

Jismoniy jihatdan o’zini yomon his etish.

Sudyala
rning noxosligi (g’irromligi).

Sportning kechiktirilishi. 

Musobaqa vaqtidagi manbalar 

Ortiqcha hayajonlanish. 

Musobaqa oldidan yoki bir necha kun yaxshi uxlamaslik. 

Musobaqa o’tkaziladigan
 
joyning yomon jihozlanganligi
 

Avvalgi muvaffaqiyatsizliklar. 

Raqibning yaqqol ustunligi 

Raqibning kutilmaganda yuqori natijalar ko’rsatishi

Notanish raqib. 

Yuqori ko’rsatkichlarni tal
ab qilish. 

Musobaqaga uzoq masofa bosib borish. 

Qo’yilgan vazifani so’zsiz bajarish kerakligini doimo o’ylash.

Ko’rish, eshitish va taktikani belgilashdagi noaniqliklar

Mazkur raqibning avvalgi yenglish 

Tomoshabinlar reaksiyasi. 
Laboratoriya sharoitida eksperimentator ruhiy tanglik holatini (yaratish) 


tug’dirishning katta imkoniyatlariga ega. Buning uch guruh, vosita va 
usullari mavjud. 
Birinchi guruhga fiziologik stress hosil qiluvchi kuch yoki salobat 
bilan emas, yangilik, kutilmaganlik, g’ayri tabiiylik
omili bilan ta’sir etib, 
ruhiy tanglik hosil qilinadi. 
Masalan, 197… olimpiada o’yinlarida AQSh sportchisi FLYu.. 
balandlikka sakrashda yangicha usul qo’llab raqiblarni lol qoldirib, 
chempion bo’lgan (orqasi bilan sakragan).
Ikkinchi guruh faoliyatning xarakteri, uning bajarilishi xususiyatlari 
bilan belgilanadi. Bunda bajarilayotgan vazifaning o’zi kishiga katta 
talablar qo’yadi.
Masalan, murakkab vazifa berilishi, vaqt tig’izligi, harakatlar 
tezligining ortib borishi, ikki xil faoliyatni bir vaqtning o’z
ida bajarishi
qo’shimcha berilayotgan informasiyani qayta ishlash, manoshonlik, ish 
sharoitining yomonlashuvi, har xil to’siqlar (pomexa), vaziyatning 
noaniqligi kabilar orqali ruhiy tanglik hosil qilinadi. 
Uchinchi guruhda sinalayotganning motivasiyasini 
o’zgartirish, 
vazifani bajarishga bo’lgan munosabatini o’zgartirish orqali ta’sir etish 
usuli. 
Bularning ayrimlari. 
Sinalayotgan shaxsda bir-biri bilan mos kelmaydigan xohish, 
istaklardan birini tanlash bilan bog’liq nizoli vaziyat yaratish.
Musobaqalashish holatini kiritish (eksperimentator) yoki boshqa 
sinalayotgan bilan. 
Sinalayotgan shaxsning intelektini, xotirasini diqqat va boshqa 
hissiyotlarini «test» sinovlaridan o’tayotganligini ta’kidlab turish 
(keskinlikni tug’dirish).
Unga tanijalarni buzib ko’rsatuvchi ma’lumotlar berib turish.
Uning 
izzattalablik 
darajasiga 
qarab 
muvaffaqiyat 
va 
muvaffaqiyatsizligini rag’batlantirib turish.
Tajribada qatnashganligi uchun taqdirlanishni o’zgartirish va h.k.
Ushbu usullar orqali sportchining ko’rsatmasa, izzattalablik 
darajasi, 
shaxs qadri
, motivi kabi tomonlarini olishga, sportchini bo’lg’usi 
sport musobaqala
riga ruhiy tayyorlash uchun nimalarga e’tibor berish 
kerakligi bilib olishga yordam beradi. 
Qilingan ayrim tadqiqotlarda (A.D.Tanyushkin) kuchsiz ruhiy 
zo’riqish (stress) sportchi faoliyat natijasiga ijobiy ta’sir ko’rsatish 
ta’kidlangan. Ayniqsa, yuqori m
ahoratli sportchilarda stressning kuchayib 
borishi barobarida uning ta’sir kuchi salbiylashib boradi.


Ruhiy kuchlanishning salbiy ta’siri diqqat, tafakkur, shuningdek, 
ishchanlik, harakatlar aniqligida ko’rinadi.
Salbiy emosional va ruhiy holatning ta’siri
sportchining 
tajovuzkorligi, qo’yilgan talablarni bajarishdan bosh tortishi repressiya 
(orqaga ketish), apatiya (loqaydlik), vahima kabilarda namoyon bo’ladi. 
Albatta, bu holatlar sportchining individual psixologik xususiyatlariga 
ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Masalan, kuchli asab tizimiga ega bo’lgan 
sportchi har qanday ruhiy zo’riqish holatida ham yaxshi ko’rsatkichga ega 
bo’ladi. Aksincha, kuchsiz asab tizimiga ega bo’lgan sportchi asab tizimiga 
ega bo’lgan sportchi hatto o’quv mashqlarida ko’rsatgan n
atijasini 
takrorlay olmasligi mumkin. 
Ruhiy zo’riqish sharoitida bo’lgan sportchi holatini optimal (maqbul) 
holatga keltirishning bir necha usullari ishlab chiqilgan bular: 

Aytogen mashqlari (A.Shuls) 

Ruhiy boshqarish mashqlari (L.Gissen) 

Jismoniy mashqlar (V.A.Lari
щ
sk) 

Nafasni boshqarish mashqlari (G.S.Belyayev) 

Munosabatlarni boshqarish (A.S.Morozov) 

Irodaviy gimnastika (A.A.Mikulin) 

Uyquni boshqara olishlik (R.S.Demetr) 
Katta musobaqalar oldidan ayrim sportchilar bir necha kun yaxshi 
uxlay olmasligi mumk
in. Bu esa uning sport natijalariga salbiy ta’sir etadi.
Farmakelogin usullar (V.N.Myasishchev va boshqalar) 
Sport faoliyati natijalariga emosional tanglikning ta’sirini 
o’rganayotganda shaxsga bevosita musobaqa jarayonidagi raqobatning va 
jamoa sport o’yinlarida guruh munosabatlarining ta’sirini ham unutmaslik 
kerak. 
Musobaqa 

bu sport faoliyatida raqobatlashish, kurashish 
jarayonidir. Bu jarayon to’rt toifaga oid hodisani o’zida aks ettiradi.
Bular: 

Musobaqadagi obyektiv vaziyat. Musobaqaga kelgan 
tomoshabinlar, ularning munosabati, u yerdagi tantanali vaziyat, yuqori 
mansabdagi shaxslarning qatnashishi. 

Musobaqadagi subyektiv vaziyat 

hakamlarning sportchiga 
munosabati, sportchining tomoshabinlar tomonidan kutib olinishi. 
Faoliyat natijalari 
Faoliyat natijalariga qarab amal qilish holati. 


Bu to’rt toifaga oid harakat, hodisa o’zaro bir
-
biri bilan bog’langan 
bo’ladi. Buni qo’yidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin.
Uning markazida inson turadi. 
Subyektiv vaziyat Obyektiv vaziyat Faoliyat natijalariOdam amal 
qilish holati (reaksiya) 
Sport komandasi ijtimoiy guruh sifatida sportchi uchun faliyat muhiti 
hisoblanadi. Bu esa guruhni xarakterlovchi uyushganlik, samaralilik, 
ishonchlilik kabi ko’rsatkichlarga tavsiya etadi. Bu ayniqsa. faoliyati bir
-
biriga bog’liq bo’lgan sport turlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, futbol, valeybol, bosketbol, xakkey va boshqalar. 
Guruh omili, tavakal qilish (risk) vaziyatlarda qarorlar qabuliga ta’sir 
ko’rsatadi. Ma’lumki, guruhning tavakkalchilik darajasi, bir shaxs 
tavakkalchiligidan yuqori bo’ladi. Individning tavakkalchilik bilan 
qarorlar qabul qilish davridagi tenglik darajasini boshidan kechirishi 
guruhda boshqacha kechadi. Ayrim hollarda guruhdagi rollarning qat’iy 
belgilanganligi 

 
liderning mavjudligi
, mas’uliyati to’g’ri taqsimlanganligi 
kabilar tavakkalchilikning yengilroq o’tishiga olib kelsa, ba’zi hollarda, 
aksincha, bu omillar tanglikni kuchaytirish, individning guruhdan chiqib 
ketishiga olib kelishi mumkin. Guruh ichidagi va guruhlararo nizolar, 
stress holatdagi guruhlar xulq-
atvori o’zini tutishini namoyon etuvchi 
ko’rsatkichlardir.
Sport turining xususiyatiga qarab, stress holatining kechishi ham 
turlicha bo’ladi. Masalan, musobaqalar qisqa muddatda v
a intensiv 
o’tadigan sport turlarida stress holati, musobaqaga nisbatan davomiy 
bo’lgan sport turlariga nisbatan yuqori bo’ladi.
Bu omillar va sportchi shaxsining umumiy tuzilishi, shaxsning 
maxsus xususiyatlari va mazkur sport turi uchun maqbul individual 
uslubning (stil) rivojlanishiga ta’sir etadi.
Ayzenk shaxsiy so’rovi bilan sportchi temperamenti aniqlangan. 
Xolerik temperamentga mansub bo’lgan sportchilarning emosional 
ko’rsatgichi 9
-
11 ball bo’lgan bo’lsa, sangiviniklarning 6
-8 ball, 
melenxaoklarniki 15-
18 ballni ko’rsatgan. Mas’uliyatli musobaqa oldidan 
sportchilarning idrok ko’lami torayishi kuzatilgan. Go’yoki, sportchi bu 
vaqtda hyech narsani etishmayotgandir, ko’rmayotgandek bo’lib qoladi.
Tafakkur jarayonida ham o’zgarish bo’ladi. Sportchilarning o’zlari 
ham musobaqa oldidan yoki musobaqa jarayonida trener yoki sherigining 
gapi, topshirig’i deyarli tanqidiy baholanmay qabul qilishligini aytishadi.


Tanglikning o’sishi bilan ruhiy funksiyalarning o’zgarishi shuni 
ko’rsatadiki, stress (zo’riqish)ning ta’siri faoliyat xususiyati va 
topshiriqlarning murakkabligiga bog’liq.

Yüklə 58,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin