69
Amaliy mashg‘ulot bo‘yicha materiallar:
Topshiriqlar: to‘g‘ri javobni ko‘rsating
Doping nazorati kim tomonidan
amalga oshiriladi?
Doping nazorati milliy antidoping
tashkiloti, xalqaro sport federatsiyasi,
Butunjahon antidoping agentligi doping
nazoratchilari tomonidan amalga
oshiriladi
Doping-sinama
asosan qaysi
biologik muhitlardan olinadi?
Doping-sinama
asosan qon va siydik
biologik muhitlaridan olinadi
Eng qo‘pol antidoping
qoidabuzarlik turiga qaysi kiradi?
Eng qo‘pol antidoping qoidabuzarlik turiga
doping-sinamani almashtirish yoki uning
tarkibiga o‘zgartirish kiritish kiradi
Antidoping qoidabuzarligi uchun
ko‘zda tutilgan eng og‘ir jazo?
Antidoping qoidabuzarligi uchun ko‘zda
tutilgan eng og‘ir jazo bu – sportdan
umrbod chetlashtirish
Taqiqlangan moddalar, preparatlar
va uslublar isteʼmolining asosiy
tibbiy oqibati?
Taqiqlangan moddalar, preparatlar va
uslublar isteʼmolining asosiy tibbiy oqibati
bu – sportchining salomatligi jiddiy
zararlanishi