Sportning nazariy asoslari. Reja



Yüklə 43,01 Kb.
səhifə5/12
tarix30.09.2023
ölçüsü43,01 Kb.
#150976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sportning nazariy asoslari

Sport mashqlari bilan bog‘liq barcha muammolar yeng avvalo jismoniy mashqlar yordamida xal yetiladi. Shuning uchun ham jismoniy mashqlar sport mashg‘ulotlarining asosiy vositasi hisoblanadi.
Ular shartli ravishda to‘rt guruhga bo‘linadi : musobaqa mashqlari, umumiy tayyorgarlik, yaqinlashtiruvchi va rivojlantiruvchi mashqlarga bo‘linadi.
Musobaqa mashqlari xaqiqiy sport bellashuvi sharoitida bajariladi, ular harakat rejimi shakliga ko‘ra ayrim jihatlari bilan farqlanadi. Sport turi bo‘yicha ixtisoslashuv musobaqa mashqi (sport turining), tanlangan turidan chuqur takomilashtirish yo‘nalishi bo‘yicha boradi. Boshqa musobaqa mashqlaridan (sportning boshqa turlari) tayyorgarlik mashqlari vazifasini bajaruvchi qo‘shimcha turlar sifatida foydalaniladi. Musobaqa mashqlari sport mashg‘ulotida muhim o‘rin tutadi, chunki mazkur sport turi sportchiga qo‘yadigan talablar majmuini tiklashga yordam beradi, bu yesa maxsus tayyorgarlikni rivojlantiradi. Shu bilan birga mashg‘ulot paytidagi musobaqa mashqlarining hajmi mashq jarayonining umumiy hajmiga qaraganda uncha katta bo‘lmaydi. Buni ikki holat bilan tushuntirish mumkin :
  • musobaqa mashqlari tanada vujudga keltirgan funksional siljishlarning ko‘pligi;


  • mahsus tayyorgarliksiz ya’ni natijalarni sifat va miqdor jihatidan o‘zgartirmay turib ularni tez-tez qaytarish maqsadga muvofiq yemasligi.


Musobaqa mashqlari mashg‘ulot paytida, musobaqa sharoitida mavjud bo‘lgan turdan bir oz og‘ish bilan bajariladi. Bir xil hollarda og‘ish o‘rganilgan musobaqa harakatlarini yahshilash zarurati munosabati bilan yuzaga kelsa, boshqa holatda oldinda turgan musobaqalarda bo‘ladigan harakatlarning barcha xususiyatlarning to‘la bajararish imkoniyatida bo‘lmagan mashg‘ulot sharoitida ro‘y beradi. Bu yakka kurash va sport o‘yinlari turlariga tegishlidir. Bu turlardagi musoba mashg‘ulotlarining mashg‘ulot shakllari yaxshi natija berishi bilan ajralib turadi.


Tayyorgarlik mashqlari asosiy va maxsus tayyorgarlik turlariga bo‘linadi.
Asosiy yo‘nalishiga qarab maxsus tayyorgarlik mashqlari asosan harakat shakllarini yegallashga qaratilgan o‘rgatuvchi va jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarga bo‘linadi.
Umumiy tayyorgarlik mashqlari. Mashqlarning bu guruhi sportchining umumiy tayyorgarlik vositasidan iborat bo‘ladi.
Umumiy tayyorgarlik mashg‘ulotini tashkil yetishda, umumtayyorgarlik mashqlarini tanlashda quyidagilarni E’tibor ga olish zarur;
-mashqlarni barcha asosiy jismoniy sifatlarini keng rivojlanishiga va harakat ko‘nikma va malakalarining fondini boyishiga ta’sirining samaradorligini hisobga olish;
-mashqda sport ixtisoslashuvi xususiyatlarini aks yetishini hisobga olish.
Bunda ko‘nikma, sifat, mashq bilan chiniqqanlikning ma’lum qoidasini hisobga olish zarur, chunki u mashg‘ulot ishlari chog‘ida faqat ijbiy ko‘nikma va sifatlarnigina yemas, balki sportning bu turida yomon ta’sir qiladigan salbiy narsalarni ham bir xilda muvoffaqiyat bilan o‘tkazishni ta’minlaydi.

Yüklə 43,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin