Bular tana va uning qismlarini makonda siljishini belgilaydi:
-tezlik,
-tezlanish,
-sekinlanish.
Dinamik tavsifi
Bu harakat jarayonida tashqi va ichki kuchlar o‘zaro aloqasini aks ettiradi. Bosh ichki kuch - mushakning taranglashuvi. Tashqi kuchlar - og‘irlik (tortish) kuchi, ishqalanish kuchi, qarshilik kuchi, tayanch mo‘ljali kuchi va x.k.
Misol: og‘ir atletika - og‘irlik kuchi, tayanch mo‘ljal kuchi, markazdan qochish va markazga intilish kuchi va x.k.
-suzish suvning ishqalanish kuchi
-velosiped muhitning qarshilik kuchi.
Harakat ritmi uchun harakatning kuchi, alohida kuch bilan bajariladigan qismlarining vaqt jihatdan xilma - xil munosabatda bo‘lishi bilan xarakterlidir.
Ritmik harakatning ayrim yelementlari bir butun harakat qilib birlashtirilganligi sababli, umuman harakatni tezlatish yoki sekinlatishga qaramasdan (barcha yelementlarning tezligini proporsional ravishda o‘zgartirganda). Bu harakatning umumiy ritmik ko‘rinishi ma’lum sharoitlarda o‘zgarishsizqolishi mumkin.
Sportda qo‘llaniladigan uslublar
Jismoniy mashqlarni qo‘llash usullari sport mashq uslublari sifatida tushuniladi.
Masalan: Yugurishdagi mashqlar sport mashg‘ulotlari vositasi sifatida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarga ko‘ra turli ko‘rinishlarida qo‘llaniladi.
-yugurish qadamlari texnikasi ustida ishlayotganda qomatni tik tutib yurish mashqi (variant sifatida) tavsiya yetiladi;
-chidamlilikni rivojlantirish uchun kamroq tezlik bilan uzoq masofalarga yuguriladi;
-tezlik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun qisqa masofaga katta tezlikda yuguriladi.
Shunday qilib u yoki bu usulni qo‘llash mashg‘ulo oldiga qo‘yiladigan vazifalar bilan belgilanadi.
Sport mashg‘ulotida qo‘llaniladigan usullar didaktik (umumpedagogik) va an’anaviy (sport pedagogikasida qo‘llaniladigan) kabilarga bo‘linadi. Ko‘z mo‘ljali. Bu usullar harakatni masofa va vaqt nuqtai nazaridan to‘g‘ribajarishga yordam beradi. Mo‘ljal uchun maxsus belgi va ashyolardan foydalaniladi. Masalan: Uzunlikka sakrashda tezlanish chiziq belgisi.
-Tegishli balandlikka osilgan bayroqcha snaryadni uloqtirish yo‘nalishini belgilashga yordamlashadi.
-Mashq devoridagi futbol darvozasi tasvirini ko‘rsatuvchi chiziqlar va x.k.
Bulardan (yeng soddalaridan) tashqari svetolider (yuguruvchi yo‘lak ko‘rinishidagi) turidagi murakkab qurilmalar qo‘llanilishi mumkin, bunda yelektr chiroqlarini ketma - ket yoqilishi sportchi uchun harakat (yugurish, suzish) tezligini belgilaydi.
XULOSA
Dunyo mamlakatlarida o‘tkaziladigan katta musobaqalar ob - havosi, geografik sharoiti, sportchilarni musobaqaga tayyorlashiga maxsus ixtisoslashgan vazifalarni qo‘yadi. O‘rta va yuqori tog‘ balandliklarda mashg‘ulot o‘tkazish va musobaqa.
Hozirgi kunda ko‘pchilik katta musobaqalar, dengiz satxidan 2000- 2700 m balandlikdagi tog‘larda o‘tkaziladi. Bunda sportchilarning tayyorgarligi, musobaqalarga qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar kelib chiqadi.
Bu sohada 1968 y. Mexikada o‘tkazilgan (2240 m dengiz sathidan balandlikda) olimpiya uyinlarida katta tajribaga yega bo‘lindi.
Tog‘ sharoitida havo zichligini pasayishi, tezkor kuchlilik ko‘rsatkichlarini oshishiga yordamlashadi. Masalan: 2200-2400 m dengiz sathidan balandlikdagi havo zichligini pasayishi, sprincha yugurishni orqasidan 1.5 - 1.7 m/s tezlik bilan ta’sir yetgandek 100, 200 va 400 m konkidagi 500 m msofalarga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitda tabiiy hamda disk, kopyoni uloqtirish, uzunlikka sakrash, shest bilan sakrash, molotni uloqtirish natijalari oshadi. Masalan: 2240 dengiz sathidan balandlikda yadro uloqtirish natijasi 5 sm.ga, kopya 69 sm, 162 sm ga oshgan.
Ikki haftalik kuchli trenirovka, chidamlilik ko‘rsatuvchi sport turlari bilan bog‘liq bo‘lgan (2000-2500 m dengiz sathidan baland bo‘lgan) ko‘rsatkichlar kattaligiga qaramasdan moslashishga olib keladi. Gavdani 1 kg mushakiga xajmini oshishiga, gemoglabin mazmunini, laktatni kamayishi minnoglobin mazmunini oshishi, aerob fermentlarini faolligini oshishiga olib keladi. Shu sababli O‘zbekistonda ham Chimgan Bildirsoyda sport inshootlari qurilgan.
Keyingi yillarda sportchilarning amaliy tayyorgarligida har xil Gipoksiya gaz aralashgan va giperoksik (40- 60% kislorodli va aralashmadan nafas olish) variantlaridan foydalaniladi.
Shiddatli gipoksin trenirovka, davomida gaz aralashmasida kislorod mazmunini pastligi sportchining organizmida o‘rta va yuqori tog‘ balandliklariga o‘xshab: standart yuklamalarda yurak va qon tomir urishi kamayadi, hamda laktat kamayadi. Kislorodni maksimal qilish qobiliyati oshadi.
Insonning hayot faoliyatini to‘laqonli havo haroratini optimal darajasi 18-20 s tashkil yetadi. Shiddatli jismoniy faoliyat, havoni optimal haroratini pasaytirish bilan bog‘liq. Yurak qon tomir urishi 1 daqiqada 140 marta qisqarganda ishni 16-17 s aniq bajarish mumkin. Yu.Q.T.U 170- 180 marta urish aralash komfort zonasi bilan bajariladi.
Hamma jismoniy sifatlar ichida tashqi harakatga bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina chidamlilikdir. Ma’lumki 75 % ga yaqin yenergiya, shiddatli ish bajarish jarayonida tashqi muhitga chiqib ketadi.
Yuqori tashqi havo haroratida, gavdani ichki va tashqi darajasini o‘rtasida fiziologik, samarali farq yo‘qoladi va yuqori issiqlik chiqarishni oshishiga olib keladi.
Shiddatli ishda terlash orqali chiqib ketgan suyuqlik, shuningdek qon bilan terini ta’minlash natijasi shiddatli o‘tishi, mushaklar ishlashida qon bilan ta’minlashga oliy ta’sir ko‘rsatadi. Issiq kunda o‘pkani ventilasiyali yurak qon tomir urishi ortadi, qonni sistematik xajmi susayadi, qonda laktod darajasi ko‘payadi. Masalan: Bruxi va muallifdoshlarining (1960) ko‘rsatishicha 25-30 s 15 daqiqalik yugurish yuklamasida va undan keyingi 20 daqiqalik dam olish vaqtida yurakning qisqarishi ikki barobarga oshgan.
Bunday salbiy ko‘rsatkichlarga qarshi, tez - tez katta bo‘lmagan porsiyada (200 300 ml dan har 15- 20 daqiqada) suv ichib,og‘izni chayqab turish zarur. Suvga 1 l, 3 g natriy xlorid aralashgan bo‘lishi joiz.
Sovuq joydan issiq joyga va uni teskarisi musobaqaga boruvchi sportchilar oldindan akklimazasiya qilishi zarur. Buning uchun 5-8 trenirovkada 2-3 soatli mashg‘ulot o‘tkazish kifoya.
Sovuq havoda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar issiqqa qaraganda kamroq muammoga yega past haroratda terini izolyasiya qilish qobiliyati tomirlarni qisqarishi hisobiga 5-6 marta ko‘payishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |