Sptning asosiy bosqichlari va etaplari Reja: Sotsial psixologik treningni tashkil qilish


Trening — emotsiyaga boy, noan’anaviy mashg’ulot bo’lib



Yüklə 38,22 Kb.
səhifə3/11
tarix22.12.2023
ölçüsü38,22 Kb.
#189756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sptning asosiy bosqichlari va etaplari Reja Sotsial psixologik -fayllar.org

Trening — emotsiyaga boy, noan’anaviy mashg’ulot bo’lib, shaxsning muloqot usulini o’zgartirish, uyg’unlashtirishga, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, boshqa odamlar bilan muloqotda yuzaga keladigan qarama- qarshiliklarni hal etishga yo’naltirilgan.
Trening maqsadlari inson psixologiyasining murakkab jarayonlariga, nozik tomonlariga ta’sir etishi mumkin, shuning uchun trenerning ishini qimmatbaho toshga ishlov berayotgan zargar mehnati bilan taqqoslash mumkin.
Trening qoidalari yoki qonunlari guruh ichidagi jarayonlarni nazorat qilish va tartibga keltirish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlarni qo’llash trening qatnashchilari uchun yordam bo’ladi va aksincha, agar trener bularga e’tibor bermasa trening guruhi “bo’linib ketishi” yoki qatnashchilarni “yaralashi” mumkin.
Trenerning zargarlik mahorati guruhda intizomni (ayniqsa guruh maktab yoshidagi bolalar va o’smirlardan tashkil topgan bo’lsa) o’rnatishdan boshlanadi.

Treningning asosiy qonunlari

  1. «00» Qonuni.


  2. Mikrofon qonuni.


  3. Faollik qonuni.


  4. Faqat o’z fikrini bayon etish qonuni.


  5. Guruhning barcha qatnashchilariga xayrixoh munosabatda, xushmuomala bo’lish qonuni.


  6. O’z ismini aytish qonuni.


  7. Muloyimlik qonuni.


  8. Shu erda va hozir qonuni.


  9. Konfidenstiallik qonuni.


  10. Faqat o’zi ishtirok etishini taklif etish qonuni.


  11. Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish.


  12. Ixtiyoriylik qonuni.


  13. Vaqtni tejash-sarishtalik qonuni.


  14. Shaxsni baholamaslik qonuni.


Har bir qonunning mohiyati, vazifalari va ahamiyatini batafsil ko’rib chiqamiz.


Trening jarayonida guruhda ishlarni tashkil qilishga doir me’yorlar (tamoyillar) quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin.
  1. 00” qonuni. Barcha ishtirokchilar mashg’ulot boshlanishiga va tanaffusdan keyin kechikmay kelishlari, bunda trener ularga namuna bo’lishi kerak. Trening boshlovchisi faqatgina treningni boshqarmasdan guruh bilan birgalikda tahlil qiladi va o’zini tutishi va muloqoti bilan qatnashchilarga namuna bo’ladi.


  2. Mikrofon” qonuni. Kimning qo’lida mikrofon bo’lsa o’sha odam gapiradi. Mikrofon sifatida mashq o’tkazish vaqtida aylana bo’yicha har bir ishtirokchiga uzatiladigan biror bir yumshoq o’yinchoqdan, oddiy marker yoki ruchkadan foydalanish mumkin.


  3. Faollik” qonuni. «Siz biror bir mashqni bajarishda ishtirok etmasligingiz mumkin. Bu siz vazifani bajara olmaysiz degani emas, balki siz chetdan turib kuzatmoqchisiz. Bu haqida avvaldan ma’lum qilish kerak bo’ladi. Lekin guruhdan bir kishining chiqib ketishi shu guruhning ishiga ta’sir qilishini ham e’tiborga olish kerak bo’ladi.


  4. Faqat o’z fikrini bayon etish” qonuni. Bu qonun o’zining fikrini birinchi shaxs nomidan bayon etish, ya’ni “Mening fikrimcha, men his qilaman, mening o’ylashimcha...”. Har bir ishtirokchi guruhning boshqa qatnashchilarining fikrlarini bilmaydi. Guruh nomidan gapira olmaydi, shuning uchun ko’pchilik, ya’ni “biz” deb boshlanadigan fikrlar mumkin emas.


  5. Guruhning barcha qatnashchilariga xayrixoh munosabatda, xushmuomala bo’lish” qonuni. Ushbu qonun quyidagicha talqin qilinadi:


“Barchamizning afzallik tomonlarimiz va kamchiliklarimiz bor. Trening vaqtida boshqalarning xususiyatlariga sabrli bo’lish kerak. Agar sizni nimadir qoniqtirmasa, hech bir ishtirokchiga zarar etkazmagan holda bu haqida trenerga ma’lum qiling”. Bu qonun ayniqsa o’smirlar guruhida muhimdir. Trening vaqtida bir-birini familiyasi va laqabi bilan atash mumkin emas.


  1. O’z ismini aytish” qonuni. Agar trening qatnashchilari bir-biriga notanish bo’lsa har bir chiqish oldidan o’z ismini aytishi kerak bo’ladi.


  2. Muloyimlik” qonuni. Barcha qatnashchilar bir-birlariga xushmuomalalik bilan va o’zlarini taqdim qilganda aytgan ismlari bilan murojaat qilishlari kerak bo’ladi.


  3. Shu yerda va hozir” qonuni. Ayni vaqtda va shu erda bo’layotgan jarayonning, shuningdek, qatnashchilarning his-tuyg’ulari, kechinmalari va munosabatlarini trening doirasida ko’rib chiqish va ularni kelajak yoki o’tmish bilan bog’lamaslik kerak. Bu qoida guruhning har bir qatnashchisiga mazkur trening vaqtidagi kechinmalarni anglab etish imkonini beradi.


  4. Konfidenstiallik” qonuni. “Trening vaqtida sodir bo’ladigan barcha holatlar, vaziyatlar faqat shu erda va faqat trening qatnashchilari bilan muhokama qilinadi va tashqariga chiqmaydi”. Bu qonun trening qatnashchilariga o’z fikrlarini erkin bayon etish imkonini beradi.


  5. Ishtirokchi sifatida faqat o’zini taklif etish” qonuni. Ko’p hollarda ba’zi ishtirokchilar biror bir mashqda ishtirok etishni xohlamasdan boshqa ishtirokchilarni taklif etadilar. Bu esa boshqalarga ham ta’sir ko’rsatib, treningning muvaffaqiyatli o’tishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun bu qonunni trening boshlanishidan avval tanishtirish kerak bo’ladi.


  6. Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish” qonuni. Bu ishtirokchilarda mas’uliyatni vujudga keltirish uchun zarur bo’lgan tamoyildir.


  7. Ixtiyoriylik” qonuni. Seminarda o’z mulohazalarini bayon qilish, munozaralarda, o’yin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilishi mumkin.


  8. Vaqtni tejash – sarishtalik” qonuni. Guruh ishtirokchilari trening mashg’uloti davomida gaplarini imkon qadar qisqa, lo’nda ifodalashi, mavzu doirasidan chetga chiqib ketmasligi lozim.


  9. Shaxsni baholamaslik” qonuni. Har bir ishtirokchi o’z fikr mulohazalarini, hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda boshlovchi va qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama qilishlari kerak va so’zlovchining o’sha paytdagi xulq-atvori, hatti-harakatini baholashdan qochishlari kerak. M: “o’sha paytda siz jahlga berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak edi” va h.k... Buning o’rniga bunaqa vaziyatda men bunday qilardim yoki deyardim kabi variantlarda so’zlashish yoki fikrini bildirish so’raladi.



Yüklə 38,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin