property Cols[Index: Integer]: TStrings; //Ustun elementlarining Indexi;
property Rows[Index: Integer]: TStrings; // Satr elementlarining Indexi;
Bu ikki xususiyat TStringGrid komponenti yordamida tezkor ilova yaratish imkonini hamda dasturchi vaqtining tejalishiga sabab bo’ladi.
Misol sifatida massivni kiritish uchun StringGrid komponentidan foydalanib, massiv elementlari qiymatlarining o’rtacha arifmetigini hisoblovchi dasturni ko’rib chiqamiz. Qaralayotgan masalada massiv elementlari faqat sonlardan iborat. Shuning uchun StringGrid komponentining kataklariga faqat sonlarni kiritishni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bu ishni OnKeyPress hodisasini qayta ishlash protsedurasi yordamida amalga oshirish mumkin. Shuningdek, katakda tugmasi bosilganda kursorni navbatdagi katakda hosil qilish foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.
StringGrid komponentini formaga qo’ygandan keyin, uni sozlash kerak.