Moliya deganda markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllantirish, to‘plash, taqsimlash, qayta taqsimlash yoki ulardan foydalanish natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tushuniladi. Bu esa kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’milash hamda davlatning funktsiya va vazifalarini bajarish uchun zarur. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadga asoslanadi. Pul sektori - bu pul va pul ekvivalentidagi aktivlarning harakati bo'lib, buning natijasida pul fondlari hosil bo'ladi.
Moliyaning o’ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.
Ko'pgina moliyaviy operatsiyalar bir tomonlama bo'lishi;
Markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tashkil etishi;
Munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishi;
Huquqiy qoidalar yoki tijorat etikasi bilan belgilanadigan real pul o'tkazishga asoslangan munosabatlarning taqsimlovchi harakterdaligi;
Moliya qanday funktsiyalarni bajaradi? Taqsimlash funktsiyasi:
Iqtisodiyotning turli darajalarini o’z ichiga oladi;
Aholi turmush darajasini oshirishga yordam beradi;
Milliy Daromadni birlamchi taqsimlaydi;
Ko’p-bosqichli jarayon;
Nazorat funktsiyasi:
YaIM monitoringi olib boradi;
Moliyaviy resurslar oqimini nazorat qiladi;
Ish sifatini va resurslardan samarali foydalanishni ta'minlaydi;
Butun ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarini qamrab oladi;