Stabillash parametrlari



Yüklə 0,73 Mb.
tarix03.12.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#72063
Stabillash parametrlari


Stabillash parametrlari.
Kuchlanish yoki tok stabilizatorlari deb ta’minot kuchlanishi, tarmoq chastotasi, atrof-muhit temperaturasi va boshqalar o`zgarganda yuklamadagi tok va kuchlanishni qiymat bo`yicha o`zgarmas ushlab turuvchi qurilmaga aytiladi [12].
Ishlash prinsipiga ko`ra, stabilizatorlar parametrik, uzluksiz rostlovchi kompensasion va impulsli stabilizatorlarga ajratiladi.
Parametrik stabilizatorlarda stabillash nochiziqli elementlar hususiyatlaridan foydalanib amalga oshiriladi. Ularda ko`pincha teskari aloqa mavjud bo`ladi.
Uzluksiz rostlovchi kompensasion stabilizatorlarda stabillash teskari aloqa zanjiri orqali chiqish kuchlanishi yoki toki o`zgarishining rostlovchi elementga ta’siri hisobiga amalga oshiriladi.
Uzluksiz rostlovchi kompensasion stabilizatorlar berk avtomatik rostlash tizimi bo`lib, ularda tok rostlovchi elementdan uzluksiz yoki uzlukli bo`lib oqib o`tadi.
Rostlash uslubi bo`yicha uzluksiz rostlovchi kompensasion stabilizatorlar ketma-ket va paralell turlarga bo`linadi.
Stabillash aniqligi bo`yicha stabilizatorlar 4 sinfga bo`linadi:
1. Kichik stabillash. Kuchlanish va tokning ruhsat etiladigan o`zgarishi 5 % dan yuqori.
2. O`rta stabillash. Kuchlanish va tokning ruhsat etiladigan o`zgarishi 1-5 % gacha.
3. Yuqori stabillash. Kuchlanish va tokning ruxsat etiladigan o`zgarishi 0,1-1 % gacha.
4. O`ta yuqori (presizion) stabillash. Kuchlanish va tokning ruxsat etiladigan o`zgarishi 0,1 % dan kichik.
Stabilizatorlar chiqish kuchlanishining nostabilligi bo`yicha, stabillash prinsipi bo`yicha, stabillash diapazoni bo`yicha, harorat bo`yicha koeffisient orqali baholanadi.
Kirishdagi nostabillik quyidagicha aniqlanadi:
n1(кир) = Uкир/ Uкир


Chiqishdagi nostabillik quyidagicha aniqlanadi:
N2(чиқ) =Uчиқ/ Uчиқ
Yuklamadagi tokning nostabilligi quyidagicha aniqlanadi:
N =Iю/ Iю

Yuklama bo`yicha stabillash koeffisienti qancha kichik bo`lsa, stabilizator shuncha sifatliroq bo`ladi.


Kirish kuchlanishi o`zgarishiga bog`liq bo`lmagan holda yuklamadagi tokning o`zgarmasdan ushlab turilishi tokni stabillash hisoblanadi.
Tok stabilizatorlarining stabillash koeffisienti quyidagicha aniqlanadi (РKIR =soнст bo`lganida):

Parametrik stabilizatorlarda kirish kuchlanishining yoki yuklama tokining o`zgarishi bevosita nochiziqli elementga ta’sir qiladi. Chiqish kuchlanishining (yoki yuklama tokining) talab qilingan qiymatdan o`zgarishi nochiziqli element VAXining nochiziqliligi darajasi orqali aniqlanadi. Nochiziqli elementlar sifatida o`zgaruvchan kuchlanish (tok) stabilizatorlarida drossellar o`zgarmas kuchlanish (tok) stabilizatorlarida esa stabilitron, stabistor va maydoniy tranzistorlar qo`llaniladi


O`zgaruvchan kuchlanishni parametrik stabillash o`zgaruvchan tok uchun nochiziqli VAXga ega bo`lgan nochiziqli elementlar yordamida amalga oshiriladi. Bunday tavsifga magnit o`tkazgichi to`yinish rejimida ishlovchi drossel ega bo`lib (8.4a-rasm), bunda magnit o`tkazgichning to`yinishiga mos keluvchi a-b oraliq drosselning ish oralig`i hisoblanadi.
Sxemada to`yingan Л2 drossel ЗYu yuklamaga parallel ulanadi. Ballast qarshilik sifatida VAXi chiziqli bo`lgan Л1 drossel qo`llaniladi. Sxemaning ishlash prinsipi quyidagicha: УKIR kirish kuchlanishi o`zgarganda УChIQ chiqish kuchlanishi va Л1 chiziqli drosseldagi kuchlanish ortadi. Л2 to`yingan drosseldagi tok keskin ortadi. Lekin bunda Л1 drosseldagi kuchlanishning pasayishi kuchayadi, Л2 drosseldagi va ЗYu yuklamadagi kuchlanish sezilarsiz ortadi.
Eng oddiy o`zgaruvchan kuchlanish parametrik stabilizatorining afzalligi oddiyligi bo`lsa, uning kamchiliklari FIKning kichikligi (0,4…0,6), stabillash koeffisientining kamligi (KST<10), shuningdek, og`irligi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
Qodirov, U.T. Aliyev. O’z.ROO’MTV, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012 – 264 b.
3. Siddikov I.X. Aloqa qurilmalari qayta tiklanuvchi elektr ta’minoti manbalari fanidan uslubiy qo’llanma – Toshkent, TATU, 2016 – 92 b.

4. I.H. Siddikov. Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish. Kasb-hunat kollejlari uchun o’quv qo’llanma (2-nashr). T.: “ILM ZIYO”, 2016. – 96 b.


5.www.ziyonet.uz –O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sayti.
6. www.bilim.uz - O‘zR Oliy va o‘rtamaxsus ta’limvazirligi sayti.


7. https://fayllar.org/ozgaruvchan-elektr-toki.html
Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin