350
Ma’lumki, yaqin yillargacha hisob tizimi faqatgina xo‘jalik muomalalarini qayd
qilish va hisob hujjatlarini saqlash vositasi bo‘libgina xizmat qilardi.
Bozor munosabatlariga o‘tish esa buxgalteriya hisobining haqiqiy vazifalarining
naqadar serqirra ekanligini yanada kengroq ochib berdi. Birinchidan,
buxgalteriya
hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini boshqarishning ajralmas bo‘lagiga
aylandi. Ikkinchidan, turli xil foydalanuvchilarni buxgalteriya axborotlari bilan
ta’minlash markaziy masalalardan biriga aylandi. Va, nihoyat, zamonaviy buxgalter
faqatgina hisob ishlarini yuritibgina qolmay, balki buxgalteriya ma’lumotlarini
tahlil
qilish, korxona iqtisodiy holatini tavsiflovchi turli xil koeffitsiyentlarni hisoblash,
xo‘jalik jarayonlariga baho berish, korxona istiqbolini belgilay olishi kerak. Bundan
tashqari malakali zamonaviy buxgalter auditorlik faoliyati bilan shug‘ullana olishi
kerak.
Shunga ko‘ra, iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan buxgalter kadrlarga alohida
talablar qo‘yildi. Moliyaviy hisob fani asosiy
ixtisoslik fani hisoblanib, iqtisodiyot
bo‘g‘inining ajralmas qismi hisoblangan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kadrlar
etkazib berishda muhim rol o‘ynaydi.
II. O‘quv fanining maqsad va vazifalari
Fanning maqsadi – magistr talabalarda xo‘jalik subyektlari faoliyatini
boshqarishda mol-mulk, uning harakati hisobi bo‘yicha nazariy
va amaliy asoslangan
takliflar ishlab chiqish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga moliyaviy hisobning xalqaro va buxgalteriya
hisobining milliy standarlarining keyingi rivojlanish bosqichlari elementlari asosida
uning amaliy qismini davlatimiz qonunlari, hukumat qarorlari, me’yoriy
hujjatlari
asosida o‘rgatishdan iborat.
Moliyaviy hisob fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar
doirasida talaba:
-
moliyaviy hisob va uning kontseptual asoslari haqidagi tushuncha,
-
asosiy vositalar ijarasi hisobi, nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalar
hisobi;
-
investitsiyalar hisobi, tovar-moddiy zahiralarini baholash va ularning sof sotish
qiymati;
-
chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar hisobi, qarzlar bo‘yicha xarajatlar
hisobi;
-
aktsiyadorlik kapitali hamda aktsiya uchun daromad hisobi, maqsadli tushumlar
hisobi, balans reformatsiyasi bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi;
- uzluksiz ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazilishiga
ko‘maklashishni (o‘quv personaliga);
- tadqiqotlarda ishtirok etish, magistrlik dissertatsiyasi uchun zarur ma’lumotlarni
to‘plashni;
-
umumlashtirish va tahlil etish, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy
ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishni;
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini egallash hamda uni tadbiq
etishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
351
- talaba korxona va tashkilotlar faoliyatida o‘z bilimi va ko‘nikmasini egallagan
lavozimida professional darajada qo‘llash;
- moliyaviy hisob tizimi rivojlanishi tendentsiyalarini aniqlash maqsadida ilmiy-
amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish;
- yuridik shaxslarda nazorat-iqtisodiy ishlarini tashkil etish bo‘yicha
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- moliyaviy hisob sohasidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash,
tahlil qilish
usullarini bilish;
- iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish;
- moliyaviy hisob tizimi faoliyatini xalqaro amaliyot mezonlari, me’yorlari va
talablari asosida tahlil qilish;
- moliyaviy hisob faoliyatiga doir moliyaviy va statistik hisobotlarini tuzish
hamda ularni tahlil qilish;
- moliyaviy hisobga oid xizmatlarni ko‘rsatishda axborot-kommunikatsiya va
internet texnologiyalari vositalaridan foydalana olish bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi
lozim.
III. Fanni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda o‘quv mashg‘ulotlarini
loyihalash
Fanni o‘qitishda interfaol,
kommunikativ, perseptiv yondashuvlardan maksimal
darajada foydalanish, o‘quv adabiyotlaridan tashqari autentik materiallar: audio, video,
jurnallar, internet manbalaridan o‘zlashtirilgan bilimlar majmuasini amaliyotda
kuzatilayotgan dalil va hodisalarga bog‘lay olish, olingan natijalarni baholash, tahlil
qilish orqali kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va kompetensiyalarni
innovatsion tafakkur layoqati negizida shakllantirishga alohida e’tibor qaratish talab
etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash jarayonida:
- mezonni tanlash;
- o‘quv maqsadlarini toifalash;
- o‘quv materiallarini modullashtirish;
- ularni o‘rganish, tahlil qilish va qayta ishlash;
- o‘rganish natijalarini aniqlash kabi omillarga qaratish orqali ta’lim oluvchida
nazariy bilimlar puxta egallanishi hamda ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini
shakllantirish, mustaqil ta’limni samarali tashkil etish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: