Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Soliq hisobotlari
ni (soliq deklaratsiyalari) tuzish soliq qonunchiligi bilan belgilangan 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun majburiy hisoblanib, fiskal (xazina) maqsadlari 
uchun mo’ljallangan. Soliq hisobotlari buxgalteriya hisobida shakllanadigan axborot 
asosida ularni soliq qonunchiligi qoidalari bo’yicha tuzatish yo’li bilan tuzilishi shart. 
Soliq hisoboti sohasida asosiy vazifa – soliq hisobi qoidalarini buxgalteriya hisobi 
qoidalariga yanada yaqinlashtirish yo’li bilan uni tuzish xarajatlarini kamaytirishdan 
iborat.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida MHXSlarini keng joriy qilishning zaruriy 
sharti bevosita xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan buxgalteriya hisobi va 


268 
hisobotini tartibga solishda ushbu standartlardan foydalanish imkonini beradigan 
infrastrukturani yaratishdan iborat. 
Asosiy elementlar:
-
O’zbekistonda MHXSlarni qonunan e’tirof etish; 
-
MHXSni qo’llash tajribasini ommalashtirish va umumlashtirish mexanizmi; 
-
MHXS bo’yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobotlari sifatini nazorat qilish
shu jumladan audit; 
-
MHXSni o’qitish. 
O’zbekiston Respublikasida MHXSni keng qo’llash uchun uning qonunan e’tirof 
qilinishi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, MHXS bo’yicha tayyorlangan jamlanma 
moliyaviy hisobot rasmiy hisobotlarning bir shakli sifatida e’tirof qilinishi lozim. 
Har bir MHXSni (shu jumladan sharhlarni ham) ma’qullash jarayonining maqsadi – 
ularni O’zbekiston Respublikasi me’yoriy huquqiy hujjatlari tizimiga kiritish. Bunday 
tartib(jarayon) professional jamoatchilik ekspertizasi va har bir standartni amalga 
kiritishni o’z ichiga olishi lozim.
Ushbu jarayon: 
-
MHXSni O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga kiritishni; 
-
MHXSdan chetga chiqishga yo’l qo’ymaslikni; 
-
O’zbekiston Respulikasidagi iqtisodiy jarayonlarning o’ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olishni; 
-
moliyaviy axborotning iqtisodiyotga mos kelishini ta’minlashi lozim.
Favqulodda holatlarda O’zbekiston Respublikasida vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatni 
hisobga olgan holda muayayyan bir MHXSni ma’qullashni ma’lum muddatga 
to’xtatib turish (rad qilish) mumkin. Shu bilan birga biron-bir standartning bir qismini 
ma’qullash ham mumkin emas. 
MHXSni qo’llash tajribasini ommalashtirish va umumlashtirish mexanizmi xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar tomonidan standartlarni bir xil va navbati bilan qo’llash va ular 
haqida mos moliyaviy axborot berish uchun muhim. Bunday mexanizm MHXSni 
qo’llash bo’yicha turli xil axborot-metodik materiallar bo’lishini nazarda tutib, ular 
faqat tavsiyaviy xarakterga ega. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish tizimini rivojlantirish shunday 
modelni yaratishga qaratilishi lozimki, u barcha manfaatdor tomonlar qiziqishlarini 
hisobga olib, xarajatlarni kamaytirib va tartibga solish samaradorligini oshirishi lozim. 
Ushbu model asosida davlat hokimiyati organlari va kasbiy birlashmalarning 
(O’zbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, 
O’zbekiston Auditorlar Palatasi, O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi va boshqa 
manfaatdar jamoat tashkilotlari) oqilona birligi yotadi. 
Davlat hokimiyati organlari va kasbiy birlashmalar o’rtasida funktsiyalarning 
taqsimlanishi quyidagicha bo’lishi lozim. Buxgalteriya hisobi va hisoboti iqtisodiyot 
va tadbirkorlik faoliyati sohasida axborotga bo’lgan konstitutsion huquqni ta’minlagan 
holda O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy makon va bozor birligining kafolatidan 
biri hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish O’zbekiston 
Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti yagonaligini va ushbu tizimni 
rivojlantirishning maqsadga muvofiqligini ta’minlab berishi, ko’plab manfaatdor 


269 
foydalanuvchilar qiziqishlarini hisobga olishi hamda izchillikni ta’minlashi lozim. 
Ushbu jarayonda Davlat hokimiyati organlari va Kasbiy birlashmalar zimmasiga 
yuklatiladigan vazifalarni quyidagi chizmalardan ko’rish mumkin. 
Buxgalteriya hisobi va hisoboti standartlarining jamiyat uchun ahamiyatini e’tiborga 
olgan holda, birinchi navbatda standartlarning adekvatligi va sifatiga qat’iy ishonch 
hamda ularga to’liq ishonish mumkinligiga asoslangan holda ularni har taraflama 
e’tirof etish. Standartlarni tan olish (e’tirof etish) uchun ularni qabul qilish 
jarayoniga
kasbiy hamjamiyatni jalb qilish lozim. Ular milliy standartlar loyihalarini 
tayyorlashadi va (yoki) standartlarning kasbiy jamoatchilik ekspertizasini o’tkazishadi. 
O’z navbatida davlat hokimiyati organlari milliy standartlarni ishlab chiqishni tashkil 
qiladi, standartlarni tasdiqlashga tayyorlaydi va ularni tasdiqlaydi, yuridik jihatdan 
rasmiylashtirish, ro’yxatdan o’tkazish va standartlar reestriga kiritish ishlarini amalga 
oshiradi. Kasbiy hamjamiyatning standartlarni qabul qilish jarayonida, buxgalteriya 
hisobotlaridan foydalanuvchilardan hamda kasbiy hamjamiyatning yuqori malakali, 
mashhur va obro’li vakillaridan iborat bo’lgan maxsus organi orqali qatnashishlari 
maqsadga muvofiq. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin