377
4-masala.
Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot,
baholangan
majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar, valyuta kursi o‘zgarishining
ta’siri yuzasidan ma’lumotlar berilgan.
MHXS da (IAS) 7 pul mablag‘lari xarakatiga bag‘ishlangan.Unda pul
mablag‘larining ekvi-valentlariga tushuncha berilgan.Unga ko‘ra
Pul mablag‘larining
ekvivalentlari – belgi-langan summadagi pul mablag‘lariga
oson aylantiriladigan va
qiymatining o‘zgarishi jihatidan sezilarsiz darajadagi riskka ega bo‘lgan, qisqa muddatli
va yuqori likvidli investitsiyalardir.Masalan, investitsiya odatda uning so‘ndirish
muddati qisqa bo‘lsagina, ya’ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy yoki
undan kam muddat ichida to‘lanadigan bo‘lsa, pul mablag‘larining
ekvivalenti deb
hisoblanishi mumkin. Ayrim davlatlarda, talab qilinganda to‘lanadigan bank
overdraftlari tadbirkorlik sub’ektining pul mablag‘larini
boshqarish jarayonining
ajralmas qismi Hisoblanadi. Ushbu xollarda, bank overdraftlari pul mablag‘lari va
ularning ekvivalentlari tarkibiga kiritiladi.
Bundan
tashqari, agar pul mablag‘lariga taqiq qo‘yilgan bo‘lsa, ulardan foydalanish
imkoni bo‘lmaydi, yani ular likvidligini yo‘qotadi.Bunday
xolatda ularni pul
mablag‘lari tarkibida ko‘rsatib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: