Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

4-misol. 
Pochta reklamasi bilan shug’illanuvchi marketing kompaniyasi mijozlar 
ro’yxatini tayyorladi va undan kamida bir yil ko’pi bilan uch yil foydalanishni 
mo’ljallayati. 
Bu nomoddiy aktivga kompaniya raxbariyati belgilagan foydali muddatda 
masalan 18 oyda amortizatsiya hisoblashi mumkin. Mijozlar ro’yxati 36 BHXS ga 


123 
asosan qadrsizlanib boradi. 
5-misol. 
Kamida 15 yil davomida foyda keltirishi kutilayotgan patent sotib olingan. Uni 
boshqa kompaniya 5 yildan so’ng uning haqqoniy qiymanining 60 % ga sotib olishni 
rejalashtirmoqda va kompaniya uni 5 yildan so’ng sotishni rejalashtirmoqda. 
Kompaniya patentni 5 yil davomida haqqoniy qiymanining 60 % ni 
amaortizatsiya qiladi. Har yili patentning qadrsizlanishi 36 BHXS ga asosan hisoblab 
boriladi. 
“Aniqsiz” atamasi “cheksiz” ma’nosini anglatmaydi. Nomoddiy aktivning 
foydali xizmat muddati faqatgina aktivni uning foydali xizmat muddatini baholash 
paytida hisoblangan ishlash standartida saqlash uchun talab etilgan kelgusi saqlash 
sarflari darajasini hamda tadbirkorlik sub’ektining bunday darajaga erishishdagi 
imkoniyati va hohishini aks ettiradi. Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati 
aniqsizligi to’g’risidagi xulosa aktivni ushbu ishlash standartida saqlash uchun talab 
etilgandan ortiq rejalashtirilgan kelgusi sarflarga asoslanmasligi kerak. 
Texnologiyadagi tez o’zgarishlar tarixini inobatga olganda, kompter dasturiy 
ta’minoti va ko’pgina boshqa nomoddiy aktivlar texnologik eskirishlarga uchraydilar. 
Shu tufayli, ularning foydali xizmat muddati qisqa bo’lish ehtimoli mavjud.
Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati juda uzoq yoki hattoki aniqsiz 
bo’lishi mumkin. Noaniqlik nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini 
ehtiyotkorlik bilan hisoblashni ta’kidlaydi, biroq u noreal qisqa muddatni tanlashni 
ta’kidlamaydi.
Shartnomaviy yoki boshqa yuridik huquqlardan kelib chiqadigan nomoddiy 
aktivning foydali xizmat muddati shartnomaviy yoki yuridik huquqlarning 
muddatidan oshmasligi lozim, biroq tadbirkorlik sub’ekti aktivdan foydalanishining 
kutilayotgan davriga bog’liq holda qisqaroq bo’lishi mumkin. Agarda shartnomaviy 
yoki boshqa yuridik huquqlar yangilanishi mumkin bo’lgan cheklangan muddatga 
takdim etilsa, nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati yangilanadigan davrni 
qamrab olishi lozim, faqatgina qachonki yangilashni tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 
ahamiyatsiz xarajatlar evaziga amalga oshirish dalili mavjud bo’lsa. Biznes 
birlashuvidagi nomoddiy aktiv sifatida tan olingan qayta sotib olingan huquqning 
foydali xizmat muddati huquq taqdim etilgan bitimning qolgan shartnomaviy davri 
bo’ladi va yangilanadigan davrlarni o’z ichiga olmasligi lozim. 
Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatiga ta’sir etadigan ham iqtisodiy 
ham yuridik omillar mavjud bo’lishi mumkin. Iqtisodiy omillar tadbirkorlik sub’ekti 
tomonidan olinadigan kelgusi iqtisodiy manfaatlarning davrini aniqlashi mumkin. 
Yuridik omillar ushbu manfaatlardan foydalanish huquqi bo’yicha tadbirkorlik 
sub’ekti nazorat qiladigan davrni cheklashi mumkin. Foydali xizmat muddati ushbu 
omillar asosida aniqlangan davrlarning qisqarog’idir. 
Shu o’rinda, quyidagi omillarning mavjudligi shuni ta’kidlaydiki, tadbirkorlik 
sub’ekti shartnomaviy yoki boshqa yuridik huquqlarni ahamiyatsiz xarajatlar evaziga 
yangilay oladi:
(a) 
ehtimol 
tajribaga 
asoslangan 
holda, 
shunday 
dalil 
mavjudki, 
shartnomaviy yoki boshqa yuridik huquqlar yangilanadi. Agarda yangilash uchinchi 


124 
tomonning roziligi sharti ostida bo’lsa, uchinchi tomon o’z roziligini taqdim etishi 
bo’yicha dalil mavjud; 
(b) 
shunday dalil mavjudki, yangilashga erishish uchun zarur bo’lgan har 
qanday shartlar qanoatlantiriladi; va 
(v) 
yangilashdan tadbirkorlik sub’ektiga oqimi kutilgan kelgusi iqtisodiy 
manfaatlar bilan solishtirilganda, tadbirkorlik sub’ekti uchun yangilash xarajati 
ahamiyatli emas. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin