Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
 
4.6. MHXS (IFRS) 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar 
va davom ettirilmaydigan faoliyat” 
MHXS ning maqsadi sotish uchun mo’ljallangan aktivlarni hisobga olish va 
davom ettirilmaydigan faoliyat to’g’risida ma’lumotlarni taqdim etish va ochib berish 
bo’yicha talablarni belgilashdan iboradir. Xususan, MHXS quyidagilarni talab etadi:
(a) 
sotish 
uchun 
mo’ljallangan 
sifatida 
tasniflash 
mezonlarini 
qanoatlantiradigan aktivlar balans qiymait bilan sotish xarajatlari chegirilgandagi 
haqqoniy qiymat o’rtasidagi kamrog’ida baholanishini va bunday aktivlar bo’yicha 
eskirishni hisoblash to’xtatilishini; va 
(b) 
sotish 
uchun 
mo’ljallangan 
sifatida 
tasniflash 
mezonlarini 
qanoatlantiradigan aktivlar moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda alohida tarzda 
taqdim etilishini va davom ettirilmaydigan faoliyatlarning natijalari umumiy daromad 
to’g’risidagi hisobotda alohida tarzda taqdim etilishini. 
Ushbu MHXS ning tasniflash va taqdim etish bo’yicha talablari tadbirkorlik 
sub’ektining barcha tan olingan uzoq muddatli aktivlariga va barcha hisobdan 
chiqarish guruhlariga nisbatan qo’llaniladi. Mazkur MHXS ning baholash talablari 
barcha tan olingan uzoq muddatli aktivlariga va barcha hisobdan chiqarish 
guruhlariga nisbatan qo’llaniladi.
BHXS 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish» ga muvofiq uzoq muddatli 
sifatida tasniflangan aktivlar ular mazkur MHXS ga muvofiq sotish uchun 
mo’ljallangan sifatida tasniflanish mezonlarini qanoatlantirgunga qadar joriy aktivlar 
sifatida qayta tasniflanmasligi lozim. Faqatgina qayta sotish maqsadi bilan sotib 
olingan holda, tadbirkorlik sub’ekti odatda uzoq muddatli sifatida hisoblashi mumkin 
bo’lgan turkum aktivlari joriy sifatida tasniflamasligi lozim, bunda ular mazkur 
MHXS ga muvofiq sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflanish mezonlarini 
qanoatlantirmaguncha.
Ayrim holatlarda, tadbirkorlik sub’ekti aktivlar guruhini, ehtimol ba’zi bevosita 
bog’liq majburiyatlar bilan birga, yagona operatsiyada hisobdan chiqaradi. Bunday 
hisobdan chiqarish guruhi pulni yuzaga keltiradigan birliklar guruhi, yagona pulni 
yuzaga keltiradigan birlik, yoki pulni yuzaga keltiradigan birlik qismi bo’lishi 
mumkin. Guruh tadbirkorlik sub’ektining har qanday aktivlarini va har qanday 
majburiyatlarini, jumladan joriy aktivlarni, joriy majburiyatlarni va mazkur MHHS 
ning baholash talablaridan istisno qilingan aktivlarni, o’z ichiga olishi mumkin. 
Agarda mazkur MHHS ning baholash talablari doirasidagi uzoq muddatli aktiv 
hisobdan chiqarish guruhining qismi bo’lsa, mazkur MHHS ning baholash talablari 
butun guruhga nisbatan qo’llanilib, buning natijasida guruh uning balans qiymati 
bilan sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi kamrog’ida 
baholanadi. Mazkur MHHS ning baholash shartlari quyidagi aktivlarga (qaysiki 
keltirilgan MHXSlar orqali qamrab olinadi) nisbatan, alohida aktivlar sifatida yoki 


131 
hisobdan chiqarish guruhining qismi sifatida, qo’llanilmaydi:
(a) 
muddati uzaytirilgan soliq aktivlari (MHXS 12 «Foyda soliqlari»). 
(b) 
xodimlar daromadlaridan yuzaga keladigan aktivlar (MHXS 19 
«Xodimlar daromadlari»). 
(v) 
MHXS 9 «Moliyaviy instrumentlar» ning qo’llash doirasidagi moliyaviy 
aktivlar. 
(g) 
BHXS 40 «Investitsion mulk» dagi haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga 
olish modeliga muvofiq hisobga olinadigan uzoq muddatli aktivlar. 
(d) 
BHXS 41 «Qishloq xo’jaligi» ga muvofiq sotish xarajatlari 
chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholanadigan uzoq muddatli aktivlar. 
(e) 
MHXS 
4 «Sug’urta shartnomalari» da ta’riflangan sug’urta 
shartnomalari asosida shartnomaviy huquqlar. 
Sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflanadigan uzoq muddatli aktivlarga 
(yoki hisobdan chiqarish guruhiga) nisbatan qo’llaniladigan mazkur MHXS dagi 
tasniflash, taqdim etish va baholash talablari o’zlarining maqomi bo’yicha mulk 
egalari sifatida faoliyat yuritadigan mulk egalari uchun taqsimotga mo’ljallangan 
sifatida tasniflanadigan (mulk egalari uchun taqsimotga mo’ljallangan) uzoq muddatli 
aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhiga) nisbatan ham qo’llaniladi. 
Mazkur MHXS sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli 
aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhlariga) yoki davom ettirilmaydigan 
faoliyatlarga nisbatan talab etilgan ochib berishlarni belgilaydi. Boshqa MHXS 
lardagi ma’lumotlarni ochib berish bo’yicha talablar bunday aktivlarga (yoki 
hisobdan chiqarish guruhlariga) nisbatan qo’llanilmaydi, bunda ushbu MHXSlar 
quyidagilarni talab etmaguncha: 
(a) 
sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli 
aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhlariga) yoki davom ettirilmaydigan 
faoliyatlarga nisbatan muayyan ma’lumotlarni ochib berish; yoki 
(b) 
MHXS 5 ning baholash talabi doirasida bo’lmagan hisobdan chiqarish 
guruhidagi aktivlar va majburiyatlarning baholanishi to’g’risidagi ma’lumotlar ochib 
berilishi va bunday ochib beriladigan ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarga boshqa 
izohlarda oldin ta’minlanmagan bo’lishi. 
Sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlarga 
(yoki hisobdan chiqarish guruhlariga) yoki davom ettirilmaydigan faoliyatlar 
to’g’risidagi qo’shimcha ma’lumotlarni ochib berish MHXS 1 ning umumiy 
talablariga, moslikni ta’minlash uchun zarur bo’lishi mumkin. 
Tadbirkorlik sub’ekti uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) 
sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflashi lozim, agarda uning balans qiymati 
uzluksiz foydalanish orqali emas, balki asosan sotuv operatsiyasi orqali qoplansa.
Buni amalga oshirish uchun, aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) o’zining 
joriy holatida bevosita sotuv uchun mavjud bo’lishi shart, bunda u faqatgina bunday 
aktivlar (yoki hisobdan chiqarish guruhlari) bo’yicha odatiy va majburiy bo’lgan 
shartlarga shartli ravishda bo’ladi va uning sotuvi yuqori ehtimolli bo’lishi shart.
Sotuv yuqori ehtimolli bo’lishi uchun, rahbariyatning tegishli darajasi aktivni 
(yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish rejasini qabul qilishi shart va xaridorni 


132 
izlash va rejani bajarish bo’yicha faol dasturning tashabbusi amalga oshirilishi shart. 
Bundan tashqari, aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) uning joriy haqqoniy 
qiymatiga nisbatan oqilona narxda sotish bo’yicha faol choralar amalga oshirilishi 
shart. Shu bilan birga, sotuv tasniflash sanasidan boshlab bir yil ichida tugatilgan 
sotuv sifatida tan olinishni qanoatlantirishi ko’zda tutilishi lozim va rejani bajarish 
uchun talab etilgan choralar shuni ko’rsatishi lozimki, rejaga nisbatan yirik 
o’zgarishlar amalga oshirilishining yoki reja bekor qilinishining ehtimoli juda kam. 
Aktsiyadorlarning tasdiqlash ehtimoli (agarda qonunchilikda talab etilsa) sotuv 
yuqori ehtimolli bo’lishini baholashning qismi sifatida ko’rib chiqilishi kerak. 
Sho’’ba tadbirkorlik sub’ekti ustidan nazoratni yo’qotishni qamrab oladigan 
sotuv rejasini qabul qiladigan tadbirkorlik sub’ekti ushbu shu’baning jami aktivlarini 
va majburiyatlarini sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflashi lozim, bunda 
tadbirkorlik sub’ekti sotuvdan so’ng o’zining sobiq shu’basida nazorat qilinmaydigan 
ulushni saqlab qolishidan qat’iy nazar. 
Hodisalar yoki holatlar sotuvni tugallash davrini bir yildan ortiq muddatga 
uzaytirishi mumkin. Sotuvni tugallash uchun talab etilgan davrning uzaytirilishi 
aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish uchun mo’ljallangan sifatida 
tasniflanishidan to’smaydi, agarda muddatini uzaytirishga tadbirkorlik sub’ektining 
nazoratidan tashqarida bo’lgan hodisalar yoki holatlar sabab bo’lsa va tadbirkorlik 
sub’ekti aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish bo’yicha o’z rejasini saqlab 
qolishi to’g’risida yetarlicha dalil mavjud bo’lsa. Sotuv operatsiyalari uzoq muddatli 
aktivlarni boshqa uzoq muddatli aktivlarga ayirboshlashlarni o’z ichiga oladi
qachonki ayirboshlash BHXS 16 “Asosiy vositalar” ga muvofiq tijoriy mohiyatga ega 
bo’lsa.
Qachonki tadbirkorlik sub’ekti uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish 
guruhini) faqatgina uni keyin hisobdan chiqarish maqsadi bilan sotib olsa, u uzoq 
muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotib olish sanasida sotish uchun 
mo’ljallangan sifatida tasniflashi lozim. 
Qachonki tadbirkorlik sub’ekti uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish 
guruhini) mulk egalariga taqsimlash to’g’risida qaror qabul qilsa, aktiv (yoki 
hisobdan chiqarish guruhi) mulk egalariga taqsimot uchun mo’ljallangan sifatida 
tasniflanadi. Bunday holat bo’lishi uchun, aktivlar o’zlarining joriy holatida bevosita 
taqsimlanish uchun mavjud bo’lishi shart va taqsimlash yuqori ehtimolga ega bo’lishi 
shart. Taqsimlash yuqori ehtimolli bo’lishi uchun, taqsimlashni tugallash choralari 
tashabbusi amalga oshirilgan bo’lishi shart va tasniflash sanasidan boshlab bir yil 
ichida tugallanishi ko’zda tutilishi kerak. Taqsimlashni tugallash uchun talab etilgan 
choralar shuni ko’rsatishi lozimki, taqsimlashga nisbatan yirik o’zgarishlar amalga 
oshirilishining 
yoki 
taqsimlash 
bekor 
qilinishining 
ehtimoli 
juda 
kam. 
Aktsiyadorlarning tasdiqlash ehtimoli (agarda qonunchilikda talab etilsa) taqsimlash 
yuqori ehtimolli bo’lishini baholashning qismi sifatida ko’rib chiqilishi kerak. 
Tadbirkorlik sub’ekti foydalanilishi to’xtatiladigan uzoq muddatli aktivlarni 
(yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflamasligi 
lozim. Bunga sabab shuki, uning balans qiymati asosan ukluksiz foydalanishdan 
qoplanadi. Foydalanilishi to’xtatiladigan uzoq muddatli aktivlar (hisobdan chiqarish 


133 
guruhlari) 
o’zlarining iqtisodiy foydalanish muddatlari oxiriga qadar 
foydalaniladigan uzoq muddatli aktivlarni (hisobdan chiqarish guruhlarini) hamda 
sotiladigan emas, balki yopiladigan uzoq muddatli aktivlarni (hisobdan chiqarish 
guruhlarini) o’z ichiga oladi.
Tadbirkorlik sub’ekti foydalanishdan vaqtinchalik ozod etilgan uzoq muddatli 
aktivni xuddiki undan foydalanish to’xtatilgandek hisobga olmasligi lozim.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin