268
hisobotini tartibga solishda ushbu standartlardan foydalanish imkonini beradigan
infrastrukturani yaratishdan iborat.
Asosiy elementlar:
-
O’zbekistonda MHXSlarni qonunan e’tirof etish;
-
MHXSni qo’llash tajribasini ommalashtirish va umumlashtirish mexanizmi;
-
MHXS bo’yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobotlari
sifatini nazorat qilish,
shu jumladan audit;
-
MHXSni o’qitish.
O’zbekiston Respublikasida MHXSni keng qo’llash uchun uning qonunan e’tirof
qilinishi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, MHXS bo’yicha tayyorlangan jamlanma
moliyaviy hisobot rasmiy hisobotlarning bir shakli sifatida e’tirof qilinishi lozim.
Har bir MHXSni (shu jumladan sharhlarni ham) ma’qullash jarayonining maqsadi –
ularni O’zbekiston Respublikasi me’yoriy huquqiy hujjatlari tizimiga kiritish. Bunday
tartib(jarayon) professional jamoatchilik ekspertizasi va har bir standartni amalga
kiritishni o’z ichiga olishi lozim.
Ushbu jarayon:
-
MHXSni O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga kiritishni;
-
MHXSdan chetga chiqishga yo’l qo’ymaslikni;
-
O’zbekiston Respulikasidagi iqtisodiy jarayonlarning o’ziga xos xususiyatlarini
hisobga olishni;
-
moliyaviy axborotning iqtisodiyotga mos kelishini ta’minlashi lozim.
Favqulodda holatlarda O’zbekiston Respublikasida vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatni
hisobga olgan holda muayayyan bir MHXSni ma’qullashni ma’lum muddatga
to’xtatib turish (rad qilish) mumkin. Shu bilan birga biron-bir standartning bir qismini
ma’qullash ham mumkin emas.
MHXSni qo’llash tajribasini ommalashtirish va umumlashtirish mexanizmi xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar tomonidan standartlarni bir xil va navbati bilan qo’llash
va ular
haqida mos moliyaviy axborot berish uchun muhim. Bunday mexanizm MHXSni
qo’llash bo’yicha turli xil axborot-metodik materiallar bo’lishini nazarda tutib, ular
faqat tavsiyaviy xarakterga ega.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish tizimini rivojlantirish shunday
modelni yaratishga qaratilishi lozimki, u barcha manfaatdor
tomonlar qiziqishlarini
hisobga olib, xarajatlarni kamaytirib va tartibga solish samaradorligini oshirishi lozim.
Ushbu model asosida davlat hokimiyati organlari va kasbiy birlashmalarning
(O’zbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi,
O’zbekiston Auditorlar Palatasi, O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi va boshqa
manfaatdar jamoat tashkilotlari) oqilona birligi yotadi.
Davlat hokimiyati organlari va kasbiy birlashmalar o’rtasida
funktsiyalarning
taqsimlanishi quyidagicha bo’lishi lozim. Buxgalteriya hisobi va hisoboti iqtisodiyot
va tadbirkorlik faoliyati sohasida axborotga bo’lgan konstitutsion huquqni ta’minlagan
holda O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy makon va bozor birligining kafolatidan
biri hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish O’zbekiston
Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti yagonaligini va ushbu tizimni
rivojlantirishning maqsadga muvofiqligini ta’minlab berishi, ko’plab manfaatdor
269
foydalanuvchilar qiziqishlarini hisobga olishi hamda izchillikni ta’minlashi lozim.
Ushbu jarayonda Davlat hokimiyati organlari va Kasbiy
birlashmalar zimmasiga
yuklatiladigan vazifalarni quyidagi chizmalardan ko’rish mumkin.
Buxgalteriya hisobi va hisoboti standartlarining jamiyat uchun ahamiyatini e’tiborga
olgan holda, birinchi navbatda standartlarning adekvatligi va sifatiga qat’iy ishonch
hamda ularga to’liq ishonish mumkinligiga asoslangan holda ularni har taraflama
e’tirof etish. Standartlarni tan olish (e’tirof etish) uchun ularni qabul qilish
jarayoniga
kasbiy hamjamiyatni jalb qilish lozim. Ular milliy standartlar loyihalarini
tayyorlashadi va (yoki) standartlarning kasbiy jamoatchilik ekspertizasini o’tkazishadi.
O’z navbatida davlat hokimiyati organlari milliy standartlarni ishlab chiqishni tashkil
qiladi, standartlarni tasdiqlashga tayyorlaydi va ularni tasdiqlaydi,
yuridik jihatdan
rasmiylashtirish, ro’yxatdan o’tkazish va standartlar reestriga kiritish ishlarini amalga
oshiradi. Kasbiy hamjamiyatning standartlarni qabul qilish jarayonida, buxgalteriya
hisobotlaridan foydalanuvchilardan hamda kasbiy hamjamiyatning yuqori malakali,
mashhur va obro’li vakillaridan iborat bo’lgan maxsus organi
orqali qatnashishlari
maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: