267
xalqaro standartlari (IAS, IFRS) asosida ishlab chiqiladigan buxgalteriya hisobining
milliy standartlari (BHMS) bo’yicha tuzish lozim. Kelajakda
tajribaning ortib borishi
natijasida ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlar doirasi tomonidan individual
buxgalteriya hisobotini buxgalteriya hisobining milliy standartlari o’rniga MHXS
(IAS, IFRS) bo’yicha tuzish imkoniyatlarini baholash maqsadga muvofiq.
Ayrim hollarda BHMS buxgalteriya hisobotlarida axborotni shakllantirish va taqdim
qilishga bir qancha muqobil yondashuvlarni ko’zda tutishi mumkin. Shunday bo’lsa
ham, turli xil xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobotlarini solishtirish
imkoniyatini oshirish uchun yuqoridagi holatlar cheklanishi va kelgusida uzluksiz
qisqartirib borish lozim.
BHMS ayrim toifa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
tomonidan tayyorlanadigan
individual buxgalteriya hisobotida ochib beriladigan turli xil hajmdagi axborotni
nazarda tutishi mumkin, jumladan, soddalashtirilgan buxgalteriya hisoboti tuzishni.
Jamlangan moliyaviy hisobot,
buxgalteriya hisobotlarining bir turi bo’lib, nazorat
qilish munosabatlariga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar guruhi faoliyatining
moliyaviy natijalari va moliyaviy holatini tavsiflash uchun mo’ljallangan.
Jamlangan
moliyaviy hisobot faqat axborot funktsiyasini bajaradi va u manfaatdor tashqi
foydalanuvchilarga taqdim qilinadi. Bunday hisobot foydalanuvchilar tomonidan
iqtisodiy qaror qabul qilishda asosiy moliyaviy axborot manbalaridan biri bo’lishi
lozim.
Jamlangan moliyaviy hisobotlar sohasida asosiy vazifa manfaatdor foydalanuvchilarni
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar guruhi haqida sifatli, ishonchli va solishtirish mumkin
bo’lgan axborotdan kafolatli foydalana olish imkonini yaratishdan iborat.
Ushbu
vazifani hal qilish uchun jamlangan moliyaviy hisobotni MHXS bo’yicha tuzishni
hamda majburiy audit va hisobotlarni chop qilishni majburiy qilib belgilash lozim.
Boshqaruv hisoboti
xo’jalik yurituvchi sub’ektni boshqarishda (rahbariyat, boshqa
boshqaruv xodimlari) foydalanish uchun mo’ljallangan. Shuning uchun ushbu
hisobotning tarkibi,
davriyligi, muddati, shakli va uni tuzish tartibini xo’jalik
yurituvchi sub’ekt mustaqil belgilaydi. Shu bilan birga boshqaruvning ilg’or amaliyoti
shuni ko’rsatmoqdaki, boshqaruv hisobotlarini tuzish tartibi va tarkibi, individual
buxgalteriya hisobotlari
va jamlanma
moliyaviy
hisobotlarni
tayyorlashda
foydalaniladigan printsiplar asosida ishlab chiqilsa, bunday tayyorlangan boshqaruv
hisobotlari yanada foydali va samarali bo’ladi.
Boshqaruv hisoboti sohasida asosiy vazifa bo’lib, boshqaruv hisobini tashkil
qilishdagi ilg’or tajribalarni, hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni
boshqarishda
boshqaruv hisobidan foydalanish tajribalarini keng ommalashtirish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: