Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Valyuta kurslaridagi o’zgarishlarning 
ta’sirlari»
ga muvofiq to’liq chiqarib tashlanmaydigan valyuta kursi oshishi yoki 
kamayishi ta’siriga duchor bo’lishga olib kelsa. BHXS 21 ga muvofiq, guruh ichidagi 
monetar moddalar bo’yicha valyuta kursi o’zgarishidan olinadigan foyda yoki zararlar 
jamlashda to’liq chiqarib tashlanmaydi, qachonki guruh ichidagi monetar modda 
bo’yicha operatsiya turli funktsional valyutalarga ega guruhning ikki tadbirkorlik 
sub’ektlari o’rtasida amalga oshirilganda. Shu bilan birga, yuqori ehtimolli 
rejalashtirilgan guruh ichidagi operatsiya bo’yicha xorijiy valyuta riski jamlangan 
moliyaviy hisobotlarda xejlangan modda sifatida tasniflanishi mumkin, agarda 
operatsiya operatsiyani amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektining funktsional 
valyutasidan boshqa valyutada ifodalangan bo’lsa va xorijiy valyuta riski jamlangan 
foyda yoki zararga ta’sir qilsa. 
Agarda xejlangan modda moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyat bo’lsa, u 
faqatgina uning pul oqimlarining yoki haqqoniy qiymatining qismi (masalan, bir yoki 
undan ortiq tanlangan shartnomaviy pul oqimlari yoki ularning qismlari yoki haqqoniy 
qiymatning ulushi) bilan bog’liq risklarga nisbatan xejlangan modda bo’lishi mumkin, 
agarda xejlashning samaradorligini baholash mumkin bo’lsa. Masalan, foizli aktiv 
yoki foizli majburiyat bo’yicha foiz stavkasi riskining aniqlanadigan va alohida 
baholanadigan qismi xejlangan risk sifatida belgilanishi mumkin (masalan, riskdan-


213 
holi foiz stavkasi yoki xejlangan moliyaviy instrument bo’yicha jami foiz stavkasi 
riskining tayanch foiz stavkasi qismi). 
Moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar portfeli bo’yicha foiz stavkasi 
riskining haqqoniy qiymat xejida (va faqatgina bunday xejda), xejlangan qism alohida 
aktivlar (yoki majburiyatlar) sifatida emas, balki valyuta summasi sifatida (masalan, 
dollar, yevro, funt sterling yoki rend summasida) belgilanishi mumkin. Portfel, riskni 
boshqarish maqsadlarida, aktivlarni va majburiyatlarni o’z ichiga olishi mumkin 
bo’lsada, belgilangan summa aktivlar summasi yoki majburiyatlar summasiga teng 
bo’ladi. Aktivlar bilan majburiyatlar o’rtasidagi farqqa teng bo’lgan sof summani 
xejlangan modda sifatida belgilashga ruxsat etilmaydi. Tadbirkorlik sub’ekti ushbu 
belgilangan summa bilan bog’liq foiz stavkasi riskining qismini xejlashi mumkin. 
Masalan, oldindan to’lanadigan aktivlarni qamrab oladigan portfel xeji holatida, 
tadbirkorlik sub’ekti, shartnomaviy emas, balki kutilgan qayta narxlash sanalari 
asosida xejlangan foiz stavkasidagi o’zgarishga tegishli bo’lgan haqqoniy qiymatdagi 
o’zgarishni xejlashi mumkin. Qachonki xejlangan qism kutilgan qayta narxlash 
sanalariga asoslansa, xejlangan foiz stavkasidagi o’zgarishlarning ushbu kutilgan 
qayta narxlash sanalariga nisbatan ta’siri xejlangan moddaning haqqoniy qiymatidagi 
o’zgarishni aniqlashda inobatga olinishi lozim. O’z navbatida, agarda oldindan 
to’lanadigan moddalarni qamrab oladigan portfel oldindan to’lanmaydigan derivativ 
bilan xejlangan bo’lsa, samaradorsizlik yuzaga keladi agarda xejlangan portfeldagi 
moddalarning oldindan to’lanishi kutilgan sanalar o’zgartirilsa, yoki haqiqiy oldindan 
to’lov sanalari kutilgan sanalardan farq qilsa. 
Nomoliyaviy moddalarni xejlangan moddalar sifatida belgilash 
Agarda xejlangan modda nomoliyaviy aktiv yoki nomoliyaviy majburiyat 
bo’lsa, u quyidagilar uchun xejlangan modda sifatida belgilanishi lozim: (a) xorijiy 
valyuta risklari uchun; yoki (b), xorijiy valyuta risklaridan boshqa muayyan risklarga 
tegishli bo’lgan pul oqimlarining yoki haqqoniy qiymatdagi o’zgarishlarning o’rinli 
qismini ajratish va baholash qiyin bo’lgani sababli, xejlangan moddaning butun 
holatida u biln bog’liq bo’lgan barcha risklar uchun. 
Moddalar guruhlarini xejlangan moddalar sifatida belgilash 
O’xshash aktivlar yoki o’xshash majburiyatlar umumlashtirilishi va guruh 
sifatida xejlanishi lozim, faqatgina agarda guruhdagi alohida aktivlar yoki alohida 
majburiyatlar o’rtasida xejlanadigan sifatida belgilangan risk taqsimlansa. Bundan 
tashqari, guruhdagi har bir alohida modda bo’yicha xejlangan riskga tegishli haqqoniy 
qiymatdagi o’zgarish moddalar guruhining xejlangan riskiga tegishli haqqoniy 
qiymatdagi umumiy o’zgarishga taxminan proportsional bo’lishi ko’zda tutilishi 
lozim. 
Tadbirkorlik sub’ekti xej samaradorligini xejlash instrumentining haqqoniy 
qiymatidagi yoki pul oqimidagi o’zgarishni xejlangan modda bilan qiyoslash orqali 
baholashi tufayli, xejlash instrumentini muayyan xejlangan modda bilan emas, balki 
umumiy sof pozitsiya (masalan o’xshash so’ndirish muddatlariga ega barcha foizlari 
qat’yi belgilangan aktivlar bilan foizlari qat’iy belgilangan majburiyatlar o’rtasidagi 
farqqa teng sof pozitsiya) bilan qiyoslash xej hisobi sifatida tasniflanmaydi. 
Xejni hisobga olishda xejlash instrumenti bilan xejlangan moddaning haqqoniy 
qiymatlaridagi o’zgarishlarning o’zaro hisob-kitob qilinishi natijasida foyda yoki 


214 
zararga bo’lgan ta’sir tan olinadi. 
Xejlash aloqalari uch xil bo’ladi:
(a) 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin