181
Soliq solinadigan foyda (soliq zarari) –bu soliq idoralari tomonidan belgilangan
qoidalarga muvofiq aniqlangan va undan foyda soliqlari to’lanishi (qoplanishi) talab
etiladigan davr foydasi (zarari).
Soliq xarajati (soliq daromadi) –bu davr foydasi
yoki zarari aniqlanishida
hisobga olingan joriy va muddati kechiktirilgan soliq bo’yicha umumiy summa.
Joriy soliq -bu davr uchun soliq solinadigan foyda (soliq zarari)dan
to’lanadigan (qoplanadigan) foyda soliqlari summasi.
Muddati kechiktirilgan soliq majburiyatlari -bu kelgusida soliq solinadigan
vaqtinchalik farqlar bo’yicha kelgusi davrlarda to’lanadigan foyda soliqlarining
summasi.
Muddati kechiktirilgan soliq aktivlari – foyda soliqlarining quyidagilar bo’yicha
kelgusi davrlarda qoplanadigan summasi:
(a) kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqlar;
(b) foydalanilmagan soliq zararlarini kelgusi davrlarga o’tkazish; va
(v) foydalanilmagan soliq imtiyozlarini kelgusi davrlarga o’tkazish.
Vaqtinchalik farqlar – bu moliyaviy holat to’g’risidagi
hisobotda aks ettirilgan
aktiv yoki majburiyatning balans qiymati bilan uning soliq bazasi o’rtasidagi
farqlardir. Vaqtinchalik farqlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
(a)
kelgusida coliq solinadigan vaqtinchalik farqlar - vaqtinchalik farqlar
bo’lib, ular aktiv yoki majburiyatning balans qiymati qoplanadigan yoki to’lanadigan
kelgusi davrlarning soliq solinadigan foydasini (soliq zararini) hisoblashda soliq
solinadigan summalar yuzaga kelishiga olib keladi; yoki
(b)
kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farqlar - vaqtinchalik farqlar bo’lib,
ular aktiv yoki majburiyatning balans qiymati qoplanadigan yoki to’lanadigan kelgusi
davrlarning soliq solinadigan foydasini (soliq zararini)
hisoblashda chegirib
tashlanadigan summalar yuzaga kelishiga olib keladi.
Aktiv yoki majburiyatning soliq bazasi – ushbu aktiv yoki majburiyatning soliq
maqsadlaridagi qiymati.
Soliq xarajati (soliq daromadi) joriy soliq bo’yicha xarajatni (joriy soliq
bo’yicha daromadni) hamda muddati kechiktirilgan soliq bo’yicha xarajatni (muddati
kechiktirilgan soliq bo’yicha daromadni) qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: