Standartlari


 BHXS (IAS) 12 “Foyda soliqlari”



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
6.2. BHXS (IAS) 12 “Foyda soliqlari” 
Ushbu standartning maqsadi foyda soliqlarini hisobga olish tartibini 
belgilashdan iboratdir. Foyda soliqlarini hisobga olishdagi asosiy masala bo’lib 
quyidagilarning joriy va kelgusi soliqlarga bo’lgan ta’siri qay tarzda hisobga olinishi 
kerakligi hisoblanadi:
(a) xo’jalik sub’ektining moliyaviy xolati to’g’risidagi hisobotda tan olinadigan 
aktivlar (majburiyatlar)ning balans qiymati kelgusida qoplanishi (to’lanishi); va 
(b) xo’jalik sub’ektining moliyaviy hisobotlarida tan olingan joriy davr uchun 
operatsiyalar va boshqa hodisalar. 
Ushbu standart, shuningdek, soliq zarari yoki soliq imtiyozlaridan 
foydalanmaslik natijasida kelib chiqadigan, muddati kechiktirilgan soliq aktivlarini tan 
olish, foyda soliqlarini moliyaviy hisobotda aks ettirish hamda foyda soliqlariga 
tegishli bo’lgan ma’lumotlarni oshkor etishni qamrab oladi.
Mazkur standart foyda soliqlarini hisobga olishda qo’llanilishi kerak.
Ushbu standart maqsadlarida, foyda soliqlari, soliqqa tortiladigan foydadan 
olinadigan hamma ichki va horijiy faoliyatlar bo’yicha soliqlarni, qamrab oladi. Foyda 
soliqlariga, shuningdek, hisobot beruvchi xo’jalik sub’ekti foydasiga shu’ba xo’jalik 
sub’ektlari, qaram xo’jalik jamiyatlari yoki qo’shma korxonalar tomonidan 
to’lanadigan summalardan olinadigan va to’lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar 
kiradi.
Mazkur standart davlat grantlari (MHXS 20 “Davlat grantlarining buxgaleriya 
hisobi va davlat yordamini oshkor qilish” ga qarang) yoki investitsiyalar bo’yicha 
soliq imtiyozlarini hisobga olish usullarini qamrab olmaydi. Ammo, shunday grantlar 
yoki investitsiyalar bo’yicha soliq imtiyozlari natijasida paydo bo’ladigan vaqtinchalik 


174 
farqlarning hisobga olinishi ushbu standartda ko’rib chiqiladi. 
Aktivning soliq bazasi – bu aktivning balans qiymati qoplanganida xo’jalik 
sub’ekti tomonidan olinadigan har qanday soliq solinadigan iqtisodiy nafdan soliq 
maqsadlarida chegirib tashlanadigan summadir. Agar bu iqtisodiy naf soliqqa 
tortiladigan bo’lmasa, aktivning soliq bazasi uning balans qiymatiga teng bo’ladi.
Misol. Asbob-uskunaning tannarxi 100 teng. Soliq maqsadlarida, 30 teng 
eskirish qiymati joriy va oldingi davrlarda chegirib tashlangan. Qolgan qiymati kelgusi 
davrlarda asbob-uskunaning eskirishi summasi sifatida yoki uning chiqib ketishida 
chegiriladigan summa sifatida chegirilishi mumkin. Asbob-uskunadan foydalanishdan 
olinadigan daromad soliqqa tortiladi. Asbob-uskuna chiqib ketishidan olinadigan har 
qanday foyda soliqqa tortiladi, bunday chiqib ketishdan olinadigan har qanday zarar 
esa soliq maqsadlarida chegirib tashlanadi. Asbob-uskunaning soliq bazasi 70 teng.
Olinadigan foizlarning balans qiymati 100 teng. Ularga tegishli foizli 
daromadlar kassa usuli bo’yicha soliqqa tortiladi. Olinadigan foizlarning soliq bazasi 
nolga teng. 
Savdo bo’yicha olinadigan schyotlarning balans qiymati 100 teng. Ularga 
tegishli bo’lgan daromad soliq solinadigan foydaga (soliq zarariga) kiritilib bo’lgan. 
Savdo bo’yicha olinadigan schyotlarning soliq bazasi 100 teng.
Sho’’ba xo’jalik yurituvchi sub’ektdan olinadigan dividendlarning balans 
qiymati 100 teng. Dividendlar soliqqa tortilmaydi. Aslida, aktivning to’la balans 
qiymati iqtisodiy nafdan chegirilishi mumkin. Shunday qilib, olinadigan 
dividendlarning soliq bazasi 100 teng. Berilgan kreditning balans qiymati 100 teng. 
Kreditning to’lanishi soliqqa ta’sir qilmaydi. Kreditning soliq bazasi 100 teng.Bunday 
tahlil qilganda, kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farq mavjud emas. Muqobil 
tahlilda, hisoblangan olinadigan dividendlarning soliq bazasi nolga teng va natijada 
100 teng bo’lgan kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farq nolga teng bo’lgan 
soliq stavkasiga ko’paytiriladi. Ikkita tahlilda ham, muddati kechiktirilgan soliq 
majburiyati paydo bo’lmaydi. 
Majburiyatning soliq bazasi – uning balans qiymatidan ushbu majburiyat 
bo’yicha kelgusi davrlarda soliq maqsadlarida chegiriladigan har qanday summa 
chegirilgandagi hosil bo’ladigan qiymat. Masalan, oldindan olingan daromad 
natijasida yuzaga keladigan majburiyatning soliq bazasi – bu uning balans qiymatidan 
kelgusi davrlarda soliqqa tortilmaydigan har qanday daromad summasini ayirib 
tashlaganda hosil bo’ladigan qiymatdir.
2-Misol. Joriy majburiyatlar balans qiymati 100 teng bo’lgan hisoblangan 
xarajatlarni o’z ichiga oladi. Ularga tegishli bo’lgan xarajatlar soliq maqsadlarida 
kassa usuli bo’yicha chegiriladi. Hisoblangan xarajatlarning soliq bazasi nolga teng. 
Joriy majburiyatlar balans qiymati 100 teng bo’lgan oldindan olingan foizli 
daromadlarni o’z ichiga oladi. Ularga tegishli bo’lgan foizli daromadlar kassa usulida 
soliqqa tortilgan. Oldindan olingan foizlarning soliq bazasi nolga teng. Joriy 
majburiyatlar balans qiymati 100 teng bo’lgan hisoblangan xarajatlarni o’z ichiga 
oladi. Ularga tegishli bo’lgan xarajatlar soliq maqsadlarida chegirilib tashlangan. 
Hisoblangan xarajatlarning soliq bazasi 100 teng. Joriy majburiyatlar balans qiymati 
100 teng bo’lgan hisoblangan jarimalarni o’z ichiga oladi. Jarimalar soliq 
maqsadlarida 
chegirilmaydi. 
Hisoblangan 
jarimalarning 
soliq 
bazasi 
100 


175 
teng.To’lanadigan kreditning balansi qiymati 100 teng. Kreditning to’lanishi soliqqa 
ta’sir qilmaydi. Kreditning soliq bazasi 100 teng. Bunday tahlil qilganda, kelgusida 
chegiriladigan vaqtinchalik farq mavjud emas. Muqobil tahlilda, hisoblangan 
to’lanadigan jarimalarning soliq bazasi nolga teng va natijada 100 teng bo’lgan 
kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farq nolga teng bo’lgan soliq stavkasiga 
ko’paytiriladi. Ikkita tahlilda ham, muddati kechiktirilgan soliq aktivi paydo 
bo’lmaydi. 
Joriy va oldingi davrlar uchun joriy soliqning to’lanmagan qismi majburiyat 
sifatida tan olinishi kerak. Agar joriy va oldingi davrlar uchun to’langan soliq 
summasi ushbu davrlarda to’lanishi kerak bo’lgan soliq summasidan ko’p bo’lsa, 
oshiqcha summa aktiv sifatida tan olinishi kerak. 
Oldingi davr joriy solig’ini qoplash uchun soliq zararini oldingi davrlarga 
o’tkazish imkoniyati natijasida olinadigan naf aktiv sifatida tan olinishi kerak. 
Muddati kechiktirilgan soliq majburiyati kelgusida soliq solinadigan jamiiki 
vaqtinchalik farqlar bo’yicha tan olinishi kerak, bundan muddati kechiktirilgan soliq 
majburiyati quyidagilar natijasida yuzaga kelishi holatlari mustasno:
(a) 
gudvilning dastlabki tan olinishi; yoki 
(b) 
aktiv yoki majburiyatning quyidagi hollarda dastlabki tan olinishi: 

biznes birlashuvi bo’lmagan operatsiyalarda; va 

operatsiya sodir bo’lishi paytda buxgalteriya hisobi bo’yicha foydaga ham 
soliq solinadigan foydaga (soliq zarariga) ham ta’sir qilmaydigan operatsiyalarda. 
Biroq, shu’ba xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, filiallarga, qaram xo’jalik 
jamiyatlariga investitsiyalar hamda qo’shma faoliyatdagi ulushlar bilan bog’liq 
bo’lgan kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati 
kechiktirilgan soliq majburiyati tan olinishi kerak. 
Aktivni tan olishda, tabiiyki, uning balans qiymati xo’jalik sub’ektiga kelgusi 
davrlarda kelib tushadigan iqtisodiy naf ko’rinishida qoplanadi. Aktivning balans 
qiymati uning soliq bazasidan oshiqcha bo’lsa, soliq solinadigan iqtisodiy nafning 
summasi soliq maqsadlarida chegirib tashlanishi mumkin bo’lgan summadan oshib 
ketadi. Ushbu farq kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farq bo’lib hisoblanadi, 
hamda uning natijasida kelgusi davrlarda foyda soliqlarini to’lash bo’yicha kelib 
chiqadigan majburiyat, muddati kechiktirilgan soliq majburiyati bo’lib hisoblanadi. 
Xo’jalik sub’ekti aktivning balans qiymatini qoplab olishi sari, kelgusida soliq 
solinadigan vaqtinchalik farq tiklanadi va xo’jalik sub’ektining soliq solinadigan 
foydasi paydo bo’ladi. Buning natijasida, iqtisodiy naf soliq to’lovlari ko’rinishida 
xo’jalik sub’ektidan chiqib ketishi ehtimoli vujudga keladi.
3-Misol. Tannarxi 150 teng bo’lgan aktivning balans qiymati 100. Jamg’arilgan 
eskirish summasi soliq maqsadlarida 90 teng va soliq stavkasi 25%. 
Aktivning soliq bazasi 60 tashkil etadi (150 teng tannarxdan 90 teng 
jamg’arilgan eskirish ayiriladi). 100 teng bo’lgan balans qiymatini qoplash uchun, 
xo’jalik sub’ekti 100 teng bo’lgan soliq solinadigan daromadni ishlab topishi kerak, 
lekin undan faqat 60 teng bo’lgan soliq qoidalari bo’yicha aniqlanadigan eskirish 
summasini chegirib tashlashi mumkin. Buning natijasida, xo’jalik sub’ekti, aktivning 
balans qiymatini qoplaganida, 10 teng bo’lgan foyda solig’ini to’laydi 
(40ko’paytirilgan 25%). 100 teng balans qiymati bilan 60 teng soliq bazasi orasidagi 


176 
farq, 40 teng kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farq bo’lib xizmat qiladi. 
Shuning uchun, xo’jalik sub’ekti 10 teng (40 ko’paytirilgan 25%)muddati 
kechiktirilgan soliq majburiyatini tan oladi. Ushbu majburiyat xo’jalik sub’ekti 
tomonidan aktivning balans qiymati qoplanganida to’lanadigan foyda soliqlarini ifoda 
qiladi. 
Vaqtinchalik farqlar quyidagi hollarda paydo bo’ladi: 
(a) 
biznes birlashuvida sotib olingan aktivlar va qabul qilingan majburiyatlar 
MHXS 3 “Biznes birlashuvlari”ga muvofiq ularning haqqoniy qiymati bo’yicha tan 
olinganida, biroq bu ularga soliq qoidalari bo’yicha quyiladigan talablar nuqtai 
nazaridan hech qanday ekvivalent o’zgarish keltirib chiqarmaganida; 
(b) 
aktivlarning qayta baholanganida, biroq bunday baholash ushbu 
aktivlarga soliq qoidalari bo’yicha quyiladigan talablar nuqtai nazaridan hech qanday 
ekvivalent o’zgarish keltirib chiqarmaganida; 
(v) 
biznes birlashuvida gudvil paydo bo’lganida; 
(g) 
aktiv yoki majburiyat dastlabki tan olinganida ushbu aktiv yoki 
majburiyatning soliq bazasi uning boshlang’ich qiymatidan farq qilganida, masalan, 
xo’jalik sub’ekti aktivlarga tegishli bo’lgan davlat grantlaridan naf ko’rganida; yoki 
(d) 
shu’ba xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, filiallarga va qaram xo’jalik 
jamiyatlariga investitsiyalarning hamda qo’shma faoliyatdagi ulushlarning balans 
qiymati bunday investitsiyalar yoki ulushlarning soliq bazasidan farq qilganida. 
Chegaralangan istisno holatlardan tashqari hollarda, biznes birdashuvida sotib 
olingan aktivlar va qabul qilingan majburiyatlar ularni sotib olish sanasidagi haqqoniy 
qiymatlari bo’yicha tan olinadi. Sotib olingan aktivlarning va qabul qilingan 
majburiyatlarning soliq bazalari biznes birlashuvi natijasida o’zgarmay qolganida yoki 
boshqacha qilib o’zgarganida vaqtinchalik farqlar paydo bo’ladi. Masalan, aktivning 
balans qiymati haqqoniy qiymatgacha oshganida, biroq uning soliq bazasi ushbu 
aktivning oldingi egasi uchun bo’lgan tannarxda qolganida, kelgusida soliq 
solinadigan vaqtinchalik farq paydo bo’ladi va u muddati kechiktirilgan soliq 
majburiyatini yuzaga keltiradi. Natijada hosil bo’ladigan muddati kechiktirilgan soliq 
majburiyati gudvilga ta’sir qiladi. 
MHXSlar ayrim aktivlarni haqqoniy qiymat bo’yicha hisobga olinishini talab 
etadi yoki ruxsat qiladi (masalan, MHXS “Asosiy vositalar”, MHXS 38 “Nomoddiy 
aktivlar”, MHXS 40 “Investitsion mulk” va MHXS 9 Moliyaviy instrumentlar” ga 
qarang). Ba’zi mamlakatlarda, aktivning haqqoniy qiymatigacha qayta baholanishi 
yoki boshqacha qilib qayta hisoblanishi joriy davr uchun soliq solinadigan foydaga 
(soliq zarariga) ta’sir qiladi. Natijada, aktivning soliq bazasi o’zgaradi va vaqtinchalik 
farq yuzaga kelmaydi. Boshqa mamlakatlarda, aktivning qayta baholanishi yoki 
boshqacha qilib qayta hisoblanishi ushbu qayta baholash yoki qayta hisoblash amalga 
oshirilgan davrda soliq solinadigan foydaga (soliq zarariga) ta’sir qilmaydi, buning 
natijasida, aktivning soliq bazasi o’zgarmaydi. Bunga qaramasdan, aktiv balans 
qiymatining kelajakda qoplanishi xo’jalik sub’ekti tomonidan soliq solinadigan 
iqtisodiy naf olinishiga olib keladi, hamda soliq maqsadlarida chegirib tashlanadigan 
summa ushbu iqtisodiy nafning summasidan farq qiladi. Qayta baholangan aktivning 
balans qiymati va uning soliq bazasi orasidagi farq vaqtinchalik farq bo’lib, u muddati 
kechiktirilgan soliq majburiyati yoki aktivini yuzaga keltiradi. Bu quyidagi shartlar 


177 
mavjud bo’lganida ham to’g’ri bo’ladi:
(a) 
xo’jalik sub’ektining aktivni sotish niyati bo’lmaganida. Bunday hollarda, 
aktivning qayta baholangan balans qiymati ushbu aktivdan foydalanish orqali 
qoplanadi, bu esa kelgusi davrlarda chegirilishi mumkin bo’lgan eskirish summasidan 
oshadigan soliq solinadigan daromadni hosil qiladi; yoki 
(b) 
agar aktivning chiqib ketishidan olinadigan tushumlar unga o’xshash 
aktivlarga sarmoya qilinsa, kapital qiymati oshishiga solinadigan soliqning muddati 
kechiktirilmaganida. Bunday hollarda, aktiv sotilgan paytda yoki unga o’xshash 
aktivlardan foydalanilganida pirovardida soliq to’lanishi kerak bo’ladi. 
Biznes birlashuvida paydo bo’ladigan gudvil, quyidagi (a) bandida keltirilgan 
summaning (b) bandida keltirilgan summadan oshgan qiymati sifatida baholanadi:
(a) 
quyidagilarning yig’indisi: 

MHXS 3 ga muvofiq baholanadigan va odatda sotib olish sanasidagi 
haqqoniy qiymatini aniqlashni talab qiladigan, sotib olinayotgan aktivlar evaziga 
beriladigan tovon; 

MHXS 3 ga muvofiq sotib olinadigan xo’jalik sub’ektida nazorat 
huquqini bermaydigan har qanday ulushning tan olinadigan qiymati; va 

bosqichma-bosqich amalga oshirilgan biznes birlashuvida, sotib 
oluvchining sotib olinadigan xo’jalik sub’ekti kapitalidagi oldingi ulushining sotib 
olish sanasidagi haqqoniy qiymati. 
(b) 
MHXS 3 ga muvofiq baholanadigan sotib olingan aktivlar va qabul 
qilingan majburiyatlarning sotib olish sanasidagi sof qiymatlari. 
Aktiv yoki majburiyatning dastlabki tan olinishida vaqtinchalik farq paydo 
bo’lishi mumkin, masalan, aktiv tannarxining butun yoki ayrim qismi soliq 
maqsadlarida chegirilib tashlanmaydigan bo’lsa. Bunday vaqtinchalik farqni hisobga 
olish usuli aktiv yoki majburiyatning dastlabki tan olinishiga olib kelgan 
operatsiyaning tabiatiga bog’liq bo’ladi:
(a) 
biznes birlashuvida, xo’jalik sub’ekti har qanday muddati kechiktirilgan 
soliq majburiyati yoki aktivni tan oladi va bu u tomonidan tan olinadigan gudvilning 
yoki qulay shartlarda sotib olishdan olinadigan foydaning summasiga ta’sir qiladi; 
(b) 
agar operatsiya buxgalteriya hisobi bo’yicha foydaga yoki soliq 
solinadigan foydaga ta’sir qilsa, xo’jalik sub’ekti har qanday muddati kechiktirilgan 
soliq majburiyati yoki aktivni tan oladi, hamda buning natijasida yuzaga keladigan 
muddati kechiktirilgan soliq xarajatini yoki daromadini foyda yoki zarar tarkibida tan 
oladi; 
(v) 
agar operatsiya biznes birlashuvi bo’lmasdan, buxgalteriya hisobi 
bo’yicha foydaga ham soliq solinadigan foydaga ham ta’sir qilmasa, xo’jalik sub’ekti 
yuzaga keladigan muddati kechiktirilgan soliq majburiyatini yoki aktivni tan olgan 
bo’lar edi hamda aktiv yoki majburiyatning balans qiymatiga xuddi shu summadagi 
tuzatish kiritgan bo’lar edi. Bunday tuzatishlar moliyaviy hisobotlarning shaffofligini 
kamaytirishi mumkin. Shuning uchun, mazkur Standart, natijada yuzaga keladigan 
muddati kechiktirilgan soliq majburiyatini yoki aktivni dastlabki tan olish hamda 
keyinchalik tan olish maqsadida (quyida keltirilgan misolga qarang) xo’jalik sub’ekti 
tomonidan tan olinishiga yo’l qo’ymaydi. Bundan tashqari, xo’jalik sub’ekti tan 
olinmagan muddati kechiktirilgan majburiyat yoki aktivdagi keyinchalik, aktiv 


178 
eskirishi sari, kelib chiqadigan o’zgarishlarni tan olmaydi. 
Muddati kechiktirilgan soliq aktivi hamma kelgusida chegiriladigan 
vaqtinchalik farqlar bo’yicha tan olinishi kerak, agar kelgusida chegiriladigan 
vaqtinchalik farqni chegirib tashlash uchun yetarli soliq solinadigan foyda bo’lishi 
ehtimoli mavjud bo’lsa. Bundan muddati kechiktirilgan aktiv majburiyatning yoki 
aktivning quyidagi kabi operatsiyada dastlabki tan olinishidan kelib chiqadigan 
holatlar mustasno:
(a) 
biznes birlashuvi emas; va 
(b) 
operatsiya paytida, buxgalteriya hisobi bo’yicha foydaga ham soliq 
solinadigan foda (soliq zarariga) ham ta’sir qilmaydi. 
Quyida muddati kechiktirilgan soliq aktivini keltirib chiqaradigan kelgusida 
chegiriladigan vaqtinchalik farqlarning misollari keltirilgan:
(a) 
nafaqalar bo’yicha xarajatlar buxgalteriya hisobi bo’yicha foydani 
hisoblashda xodimlar tomonidan xizmatlar ko’rsatilishi (ular ishlayotgani) sari 
chegirilishi mumkin, biroq soliq solinadigan foydani aniqlashda ular yoki nafaqa 
jamg’armasiga to’lovlar amalga oshirilganida yoqi nafaqalar xo’jalik sub’ekti 
tomonidan to’langanida chegiriladi. Vaqtinchalik farq majburiyatning balans qiymati 
bilan soliq bazasi o’rtasida paydo bo’ladi; majburiyatning soliq bazasi odatda nolga 
teng. Bunday kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farq, nafaqa jamg’armasiga 
badallar to’langanida yoki nafaqalar xo’jalik sub’ekti tomonidan to’langanida xo’jalik 
sub’ektiga iqtisodiy naf soliq solinadigan foydadan chegiriladigan summa ko’rinishida 
kelib tushishi bilan, muddati kechiktirilgan soliq aktivini keltirib chiqaradi; 
(b) 
tadqiqot xarajatlari ular paydo bo’lgan davrda buxgalteriya hisobi 
bo’yicha foydani hisoblashda xarajat sifatida tan olinadi, biroq keyinroq keladigan 
davrgacha soliq solinadigan foydani (soliq zararini) aniqlashda chegirilib tashlanishiga 
yo’l qo’ilmasligi mumkin. Tadqiqot bo’yicha xarajatlarning soliq bazasi, ya’ni soliq 
idoralari tomonidan kelgusi davrlarda chegirib tashlanishiga ruxsat beriladigan qiymat, 
bilan nolga teng balans qiymati o’rtasidagi farq – kelgusida chegiriladigan 
vaqtinchalik farq bo’lib, uning natijasida muddati kechiktirilgan soliq aktivi paydo 
bo’ladi; 
(v) 
chegaralangan istisnolarni hisobga olgan holda, xo’jalik sub’ekti biznes 
birlashuvida sotib olingan aktivlarni va qabul qilingan majburiyatlarni ularning sotib 
olish sanasidagi bo’lgan haqqoniy qiymati bo’yicha tan oladi. Qabul qilingan 
majburiyat sotib olish sanasida tan olinganida, lekin unga tegishli xarajatlar 
keyinchalik keladigan davrgacha soliq solinadigan foydani hisoblashda chegirib 
tashlanmaganida, kelgusida chegiriladigan vaqtinchalik farq paydo bo’ladi, va u 
muddati kechiktirilgan soliq aktivini yuzaga keltiradi. Muddati kechiktirilgan soliq 
aktivi, shuningdek, sotib olingan aktivlarning haqqoniy qiymati ularning soliq 
bazasidan kam bo’lganida kelib chiqadi. Ikkita holda ham, kelib chiqadigan muddati 
kechiktirilgan soliq aktivi gudvilga ta’sir qiladi; va 
(g) 
ayrim aktivlar haqqoniy qiymati bo’yicha hisobga olinishi mumkin, yoki 
qayta baholanishi mumkin, biroq bu o’zgarishlar soliq qoidalari bo’yicha quyiladigan 
talablar nuqtai nazaridan hech qanday ekvivalent o’zgarish keltirib chiqarmasligi 
mumkin. Kelgusida chegiriladigan vatinchalik farq aktivning soliq bazasi uning balans 
qiymatidan oshib ketsa paydo bo’ladi. 


179 
Soliqlarni rejalashtirish imkoniyatlari – bu soliq zararini kelgusi yoki oldingi 
davrlarga o’tkazish muhlati tugamasdan xo’jalik sub’ekti tomonidan soliq solinadigan 
daromadni muayyan davrda shakllantirish yoki ko’paytirish uchun amalga oshirilishi 
mumkin bo’lgan choralardir. Masalan, ba’zi mamlakatlarda soliq solinadigan foyda 
quyidagi yo’llar bilan shakllantirilishi yoki ko’paytirilishi mumkin:
(a) 
foizli daromad soliqqa tortilishining ikkita usulidan birini tanlash: olingan 
daromadni yoki olinadigan daromadni soliqqa tortish; 
(b) 
soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadigan ayrim summalarning 
chegirib tashlanishi muddatini kechiktirish; 
(v) 
qiymati oshgan, biroq bunday oshishni aks ettirish uchun soliq bazasi 
o’zgarmagan, aktivlarni sotish, va ehtimol, qaytadan ijaraga olish; va 
(g) 
soliq solinmaydigan daromadni keltiradigan aktivni (masalan, ba’zi 
mamlakatlarla, davlat obligatsiyalarini) soliq solinadigan daromadni keltiradigan 
boshqa investitsiyani sotib olish maqsadida sotish. 
Muddati kechiktirilgan soliq aktivi foydalanilmagan soliq zararlari va 
foydalanilmagan soliq imtiyozlarini kelgusi davrlarga o’tkazish bo’yicha tan olinishi 
kerak, bunda u foydalanilmagan soliq zararlari va foydalanilmagan soliq 
imtiyozlaridan kelajakda foydalanish imkonini beradigan yetarlicha kelgusi soliq 
solinadigan foydaga ega bo’lishi ehtimoli mavjud bo’lgan darajada tan olinishi kerak. 
Joriy va oldingi davrlar uchun joriy soliq majburiyatlari (aktivlari) soliq 
idoralariga hisobot davri oxirigacha kuchga kirgan yoki aslida kuchga kirgan soliq 
stavkalari (va soliq qonunchiligi) bo’yicha to’lanishi (soliq idoralaridan qaytarilishi) 
kutilayotgan summada baholanishi kerak. 
Muddati kechiktirilgan soliq aktivlari va majburiyatlari aktiv qoplanadigan yoki 
majburiyat to’lanadigan davrda qo’llanishi kutilayotgan soliq stavkalari bo’yicha, 
hisobot davri oxirigacha kuchga kirgan yoki aslida kuchga kirgan soliq stavkalari (va 
soliq qonunchiligi) asosida baholanishi kerak. 
Joriy va muddati kechiktirilgan soliq aktivlari va majburiyatlari odatda amaldagi 
bo’lgan soliq stavkalari (va soliq qonunchiligi) bo’yicha baholanadi. Biroq, ba’zi 
mamalkatlarda, xukumat tomonidan soliq stavkalarining (va soliq qonunchiligining) 
e’lon qilinishi aslida ular kuchga kirganligini bilan bir xil ta’sirga ega bo’ladi, ular bir 
necha oydan keyin kuchga kirsa ham. Bunday vaziyatda, soliq aktivlari va 
majburiyatlari e’lon qilingan soliq stavkasi (va soliq qonunchiligi) bo’yicha 
baholanadi. 
Muddati kechiktirilgan soliq aktivlari va majburiyatlari diskontlanmasligi kerak. 
Operatsiya yoki boshqa hodisaning joriy yoki muddati kechiktirilgan soliq 
oqibatlarni hisobga olish ushbu operatsiya yoki boshqa hodisaning o’zi hisobga 
olinishiga bilan mos bo’ladi.
Joriy va muddati kechiktirilgan soliq daromad va xarajat sifatida tan olinishi 
kerak va davr foydasi yoki zarari tarkibida hisobga olinishi kerak, agar bu soliq 
quyidagilar natijasida yuzaga kelgan bo’lmasa:
(a) 
aynan shu yoki boshqa davrda foyda yoki zararda emas, balki boshqa 
umumlashgan daromadda yoki to’g’ridan-to’g’ri kapitalning o’zida tan olinadigan 
operatsiya yoki boshqa hodisa; yoki
(b) 
biznes birlashuvi (BHXS 10 “Jamlangan moliyaviy hisobotlar”ga 


180 
muvofiq haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlari foyda yoki zararda hisobga olinishi talab 
etiladigan shu’ba xo’jalik sub’ektining investitsion xo’jalik sub’ekti tomonidan sotib 
olinishi holatlaridan tashqari). 
Joriy va muddati kechiktirilgan soliq foyda yoki zarar tarkibida tan olinmasligi 
kerak, agar bu soliq aynan shu yoki boshqa davrda foyda yoki zarar tarkibida tan 
olinmagan moddalarga tegishli bo’lsa. Shuning uchun, aynan shu yoki boshqa davrda 
tan olingan moddalarga tegishli bo’lgan joriy va muddati kechiktirilgan soliq: 
(a) 
ushbu moddalar boshqa umumlashgan daromadda hisobga olingan bo’lsa, 
soliq ham boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi kerak. 
(b) 
ushbu moddalar to’g’ridan-to’g’ri kapitalda hisobga olingan bo’lsa, soliq 
ham kapitalda to’g’ridan-to’g’ri tan olinishi kerak. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin