Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

“Aktivlarning qadrsizlanishi” 
ga muvofiq 
tekshiradi.
Tadbirkorlik sub’ekti og’irlik qiladigan shartnomaga ega bo’lsa, ushbu 
shartnoma bo’yicha hozirgi paytda mavjud bo’lgan majburiyat rezerv sifatida tan 
olinishi va baholanishi kerak. 
Ko’pgina shartnomalar (masalan, mol yetkazib berish bo’yicha ba’zi odatdagi 
shartnomalar) boshqa tomonga jarima va penya to’lanmasdan bekor qilinishi mumkin, 
va, binobarin, majburiyat mavjud bo’lmaydi. Boshqa shartnomalar bo’yicha har bir 
shartnoma tomonining huquqlari va majburiyatlari belgilangan bo’lishi mumkin. 
Hodisalar natijasida bunday shartnoma og’irlik qiladigan shartnomaga aylanganida
shartnoma ushbu standartning qo’llash doirasida bo’ladi va tan olinadigan majburiyat 
mavjud bo’ladi. Og’irlik qiladigan oxirigacha bajarilmagan shartnomalar ushbu 


171 
standartning qo’llash doirasidan tashqaridadir. 
Ushbu standartda og’irliq qiladigan shartnoma u bo’yicha majburiyatlarni 
bajarish uchun muqarrar amalga oshirilishi zarur bo’lgan xarajatlar ushbu shartnoma 
bo’yicha olinishi kutilayotgan iqtisodiy nafdan oshib ketadigan shartnoma
 
sifatida 
ta’riflanadi. Shartnoma bo’yicha muqarrar amalga oshirilishi zarur bo’lgan xarajatlar 
shartnomadan chiqish uchun kerak bo’ladigan minimal sof xarajatlarni aks ettiradi. Bu 
minimal xarajatlar quyidagilardan qaysi birisi kamroq bo’lsa, o’sha summaga teng 
bo’ladi: shartnomani bajarish uchun talab etiladigan xarajatlar va uni bajarmaslik 
natijasida yuzaga keladigan har qanday kompensatsiyalar yoki jarimalar.
Og’irlik qiladigan shartnoma bo’yicha alohida rezerv yaratilishidan oldin, 
tadbirkorlik sub’ekti ushbu shartnoma uchun ajratilgan aktivlarning har qanday 
qadrsizlanishi bo’yicha zararni tan oladi (BHXS 36 ga qarang).
Quyidagilar restrukturizatsiya ta’rifiga to’g’ri kelishi mumkin bo’lgan 
hodisalarga misollardir:
(a) biznes yo’nalishini sotish yoki tugatish; 
(b) mamlakat yoki hudud ichidagi bo’linmalarni yopish yoki tadbirkorlik 
faoliyatini bir mamlakatdan yoki hududdan boshqasiga ko’chirish; 
(c) boshqarish tuzilmasida o’zgarishlar, masalan, boshqarishning qandaydir 
pog’onasini olib tashlash; va 
(d) tadbirkorlik sub’ekti operatsiyalarining tabiatiga va yo’nalishiga ahamiyatli 
darajada ta’sir qiladigan fundamental qayta tashkil etishlar. 
Restrukturizatsiya qilish bo’yicha konstruktiv majburiyat faqatgina tadbirkorlik 
sub’ekti quyidagilarni bajarganida paydo bo’ladi:
(a) 
minimal ravishda quyidagilarni aniqlaydigan batafsil rasmiy rejaga ega 
bo’lganida: 

restrukturizatsiya qilinadigan biznes yoki biznesning bir qismi; 

restrukturizatsiya ta’sir qiladigan asosiy joylar; 

xizmatlaridan 
voz 
kechilishi 
uchun 
kompensatsiya 
qilinadigan 
xodimlarning joylashishi, vazifalari va taxminiy soni; 

amalga oshiriladigan xarajatlar; va 

reja amalga oshirilishi payti; va 
(b) 
restrukturizatsiya ta’sir qiladigan tomonlarda u restrukturizatsiyani 
amalga oshirishi yuzasidan asosli kutishni restrukturizatsiya rejasini bajarishni 
boshlash yoki uning asosiy jihatlarini e’lon qilish orqali to’g’dirganida.
Tadbirkorlik sub’ekti restrukturizatsiya rejasini boshlaganining dalilini, 
masalan, asbob-uskunani demontaj qilish yoki aktivlarni sotish yoki ushbu rejaning 
asosiy jihatlarini e’lon qilish orqali ta’minlaydi. Restrukturizatsiya qilish bo’yicha 
batafsil rejani e’lon qilish restrukturizatsiya bo’yicha konstruktiv majburiyatni hosil 
qiladi, agar faqatgina tadbirkorlik sub’ekti u restrukturizatsiyani amalga oshirishi 
yuzasidan xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar va xodimlar (yoki ularning vakillari) 
kabi boshqa tomonlarda asosli kutishni to’g’diradigan tarzda va yetarlicha batafsil 
ravishda (ya’ni rejaning asosiy jihatlarini belgilab) qilingan bo’lsa. 
Reja u ta’sir qiladigan tomonlarga ma’lum qilinganida konstruktiv majburiyatni 
keltirib chiqarish uchun yetarli bo’lishi uchun uning imkoni boricha tezroq bajarib 
boshlanishi kerak va rejaga katta o’zgarishlar kiritilishi ehtimolini yo’qqa 


172 
chiqaradigan muddatda tugallanishi kerak. Agar restrukturizatsiya davomli 
kechiktirish bilan boshlanishi yoki restrukturizatsiya haddan tashqari uzoq vaqt 
davomida amalga oshirilishi kutilsa, reja tadbirkorlik sub’ekti hozirgi paytda 
restrukturizatsiyani amalga oshirishi bo’yicha majburiyatni o’z zimmasiga olgani 
to’g’risida boshqa tomonlarda asosli kutishni to’g’dirishi ehtimoldan uzoqdir, chunki 
vaqt muddati tadbirkorlik sub’ektiga o’z rejalarini o’zgartirishiga imkoniyat beradi. 
Rahbariyat yoki kengashning restrukturizatsiyani amalga oshirish to’g’risida 
hisobot davri oxirigacha qabul qilingan qarori hisobot davri oxirida konstruktiv 
majburiyatni keltirib chiqarmaydi, agar tadbirkorlik sub’ekti hisobot davri oxirigacha:
(a) 
restrukturizatsiya bo’yicha rejani bajarishni boshlamagan; yoki
(b) 
restrukturizatsiya bo’yicha rejaning asosiy jihatlarini tadbirkorlik sub’ekti 
restrukturizatsiyani amalga oshirishi yuzasidan ushbu reja ta’sir qiladigan tomonlarda 
asosli kutish to’g’dirish uchun yetarlicha aniq ravishda ularga e’lon qilgan bo’lsa. 
Agar 
tadbirkorlik 
sub’ekti faqatgina hisobot davri oxiridan keyin 
restrukturizatsiya bo’yicha rejani bajarishni boshlasa yoki uning asosiy jihatlarini u 
ta’sir qiladigan tomonlarga e’lon qilgan bo’lsa, BHXS 10 
“Hisobot davridan keyingi 
hodisalar” 
ga muvofiq ma’lumotlar ochib berilishi kerak, agar restrukturizatsiya 
ahamiyatli bo’lsa va bunday ma’lumotlarni ochib bermaslik foydalanuvchilar 
moliyaviy hisobotlar asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etishi mumkin 
bo’lsa. 
Konstruktiv majburiyat yolg’iz rahbariyatning qarori bilan paydo bo’lmasligiga 
qaramasdan, majburiyat ushbu qaror bilan birga boshqa oldingi hodisalar natijasida 
kelib chiqishi mumkin. Masalan, ishdan bo’shatish bilan bog’liq bo’ladigan to’lovlar 
bo’yicha xodimlarning vakillari bilan muzoqaralar yoki biznesni sotish bo’yicha 
xaridolar bilan muzoqaralar natijalari faqat kengash tomonidan tasdiqlanganidan so’ng 
qabul qilinishi mumkin. Bunday tasdiqlash olinganidan keyin yoki boshqa tomonlarga 
ma’lum qilinganidan keyin, tadbirkorlik sub’ekti konstruktiv majburiyatga ega 
bo’ladi.
Ba’zi mamlakatlarda, qaror qabul qilish bo’yicha eng yuqori vakolat kuzatuv 
kengashiga berilgan bo’lishi, bunda kengash a’zolariga rahbariyatdan tashqari 
manfaatdor tomonlarning (masalan xodimlarning) vakillari kiradi, yoki kengash qaror 
qabul qilishidan oldin bunday vakillarga xabar qilishi talab etilishi mumkin. Bu 
kengash tomonidan qabul qilinadigan qaror bunday vakillarga ma’lum qilinishi tufayli 
u restrukturizatsiya bo’yicha konstruktiv majburiyat paydo bo’lishiga olib kelishi 
mumkin.
Biznesni sotish bo’yicha majburiyat tadbirkorlik sub’ekti bunday sotuv bo’yicha 
majburiyat olmagunicha, ya’ni sotuv bo’yicha majburiy kuchga ega kelishuv mavjud 
bo’lmaguncha, majburiyat paydo bo’lmaydi.
Hattoki tadbirkorlik sub’ekti biznesni sotish to’g’risida qaror qabul qilgan 
bo’lsa va bu to’g’risida ochiq e’lon qilgan bo’lsa, u sotish bo’yicha majburiyat olgan 
deb hisoblanmaydi, toki xaridor aniqlanmaguncha va sotuv bo’yicha majburiy kuchga 
ega kelishuv mavjud bo’lmaguncha. Sotuv bo’yicha majburiy kuchga ega kelishuv 
mavjud bo’lmasa, tadbirkorlik sub’ekti o’z qarorini o’zgartirishi mumkin va haqiqatda 
ham, maqbul shartlarda xaridor topilmasa, boshqacha yo’nalishdagi xatti-harakatlarni 
amalga oshirishga majbur bo’lishi mumkin. Biznesni sotish restrukturizatsiyaning bitta 


173 
qismi sifatida ko’zlanganida, biznesning aktivlari qadrsizlanishga BHXS 36 ga 
muvofiq tekshirilishi kerak. Sotish restrukturizatsiyaning faqatgina bir qismi 
bo’lganida, sotuv bo’yicha majburiy kuchga ega kelishuv kelishilgan bo’lmagunicha 
restrukturizatsiyaning boshqa qismlari bo’yicha konstruktiv majburiyat paydo bo’lishi 
mumkin.
Restrukturizatsiya bo’yicha rezerv restrukturizatsiya bo’yicha yuzaga keladigan 
faqatgina bevosita xarajatlarni qamrab olishi kerak. Bu bevosita xarajatlar bo’lib 
quyidagi ikkita xususiyatga ham ega bo’lgan xarajatlar hisoblanadi:
(a) 
restrukturizatsiya natijasida muqarrar paydo bo’ladigan xarajatlar; va 
(b) 
tadbirkorlik sub’ektining davom etadigan faoliyati bilan bog’liq 
xarajatlar. 
Restrukturizatsiya bo’yicha rezerv quyidagilar kabi xarajatlarni qamrab 
olmaydi:
(a) 
qolgan xodimlarni qayta tayyorlash yoki boshqa joyga ko’chirish; 
(b) 
marketing; yoki 
(c) 
yangi tizimlarga va sotish tarmoqlariga mablag’larni sarf qilish. 
Ushbu xarajatlar biznesni kelgusida yuritishga taaluqli bo’ladi va hisobot 
davrining oxirida restrukturizatsiya bo’yicha majburiyatlarni ifoda etmaydi. Bunday 
xarajatlar ular restrukturizatsiyaga bog’liq bo’lmagan holda paydo bo’lganidek bir xil 
asosda tan olinadi. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin