Standartlari


 MHXS (IFRS) 13 “Haqqoniy qiymatni baholash”



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
5.2. MHXS (IFRS) 13 “Haqqoniy qiymatni baholash” 
MHXS (IFRS) 13 “Haqqoniy qiymatni baholash” nomli standartning maqsadi 
bo’lib,
(a) 
haqqoniy qiymatni ta’riflaydi; 
(b) 
yagona MHXS da haqqoniy qiymatni baholash bo’yicha kontseptual 
asosni belgilaydi; va 
(v) 
haqqoniy qiymatni baholashlar to’g’risidagi ochib berishlarni talab etadi. 
Haqqoniy qiymat tadbirkorlik sub’ektiga-xos baholash emas, balki bozorga-
asoslangan baholashdir. Ayrim aktivlar va majburiyatlar uchun, kuzatiladigan bozor 
operatsiyalari va bozor ma’lumotlari mavjud bo’lmasligi mumkin. Biroq, haqqoniy 
qiymatni baholashning maqsadi ikki holatda ham bir xildir – joriy bozor sharoitlariga 
asosan baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi aktivni sotish yoki 
majburiyatni o’tkazish bo’yicha odatiy operatsiyada sodir bo’lishi mumkin bo’lgan 
narxni baholashdir (ya’ni aktiv yoki majburiyatga ega bo’lgan bozor ishtirokchisi 
nuqtai nazaridan baholash sanasidagi chiqish narxi). 
Haqqoniy qiymatning ta’rifida aktivlar va majburiyatlarga e’tibor qaratiladi, 
chunki ular buxgalteriya baholashining asosiy predmeti hisoblanadi. Shu bilan birga, 
mazkur MHXS tadbirkorlik sub’ektining haqqoniy qiymatda baholangan o’z ulushli 
instrumentlariga nisbatan qo’llanilishi lozim.
MHXS boshqa MHXS haqqoniy qiymatni baholashlarni va haqqoniy qiymatni 
baholashlar to’g’risidagi ochib beriladigan ma’lumotlarni (hamda sotish xarajatlari 
chegirilgandagi haqqoniy qiymat kabi haqqoniy qiymatga asoslangan baholashlarni 
va ushbu baholashlar to’g’risidagi ma’lumotlarni) ochib berishni talab etganda yoki 
ularga ruxsat berganda qo’llaniladi. 
MHHSning baholash va ochib berish talablari quyidagilarga nisbatan 
qo’llanilmaydi: 
(a) 
MHXS 2 «Aktsiyaga-asoslangan to’lov» ning qo’llash doirasidagi 
aktsiyaga-asoslangan to’lov operatsiyalari; 
(b) 
BHXS 17 «Ijara» ning qo’llash doirasidagi ijara operatsiyalari; va 
(v) 
haqqoniy qiymatga nisbatan ba’zi o’xshashliklarga ega ammo haqqoniy 


155 
qiymat bo’lmagan baholashlar, masalan MHXS 2 «Tovar-moddiy zaxiralar» dagi sof 
sotish qiymati yoki MHXS 36 «Aktivlarning qadrsizlanishi» dagi foydalanishdagi 
qiymat. 
Ushbu BHXSda ma’lumotlarni ochib berish talablari quyidagilarga nisbatan 
qo’llanilmaydi: 
(a) 
BHXS 19 «Xodimlarning daromadlari» ga muvofiq haqqoniy qiymatda 
baholangan tizim aktivlari; 
(b) 
BHXS 26 «Pension tizimlar bo’yicha buxgalteriya hisobi va hisoboti” ga 
muvofiq haqqoniy qiymatda baholangan nafaqa tizimi investitsiyalari; va 
(v) 
qoplanadigan qiymati BHXS 36 ga muvofiq hisobdan chiqarish 
xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat bo’lgan aktivlar. 
Haqqoniy qiymat muayyan aktiv yoki majburiyat bo’yicha baholanadi. Shu 
tufayli, 
haqqoniy 
qiymatni 
baholashda 
tadbirkorlik 
sub’ekti aktiv yoki 
majburiyatning xususiyatlarini inobatga olishi lozim, agarda bozor ishtirokchilari 
baholash sanasida aktiv yoki majburiyatni narxlashda ushbu xususiyatlarni inobatga 
olishi mumkin bo’lsa. Bunday xususiyatlar, masalan, quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
(a) 
aktivning holati va joylashuvi; va 
(b) 
aktiv sotilishi yoki foydalanilishi bo’yicha cheklovlar, agarda mavjud 
bo’lsa. 
Haqqoniy qiymatda baholangan aktiv yoki majburiyat quyidagilarning biri 
bo’lishi mumkin: 
(a) 
mustaqil aktiv yoki majburiyat (masalan moliyaviy instrument yoki 
nomoliyaviy aktiv); yoki 
(b) 
aktivlar guruhi, majburiyatlar guruhi yoki aktivlar va majburiyatlar 
guruhi (masalan pulni yuzaga keltiradigan birlik yoki biznes). 
Aktiv yoki majburiyat tan olish yoki ochib berish maqsadlarida mustaqil aktiv 
yoki majburiyat, aktivlar guruhi, majburiyatlar guruhi yoki aktivlar va majburiyatlar 
guruhi bo’lishi uning o’lchov birligiga bog’liq bo’ladi. Aktiv yoki majburiyat uchun 
o’lchov birligi haqqoniy qiymatni baholashni talab etadigan yoki unga ruxsat 
beradigan MHHS ga muvofiq aniqlanishi lozim, bundan mazkur MHXS da 
ta’minlangan holatlar mustasno. 
Haqqoniy qiymatni baholashda shunday faraz qilinadiki, aktiv yoki majburiyat 
joriy bozor sharoitlariga asosan baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi 
aktivni sotish yoki majburiyatni o’tkazish bo’yicha odatiy operatsiyada 
ayirboshlanadi.
Haqqoniy qiymatni baholashda shunday faraz qilinadiki, aktivni sotish yoki 
majburiyatni o’tkazish bo’yicha operatsiya quyidagi bozorlardan birida sodir bo’ladi: 
(a) 
aktiv yoki majburiyat bo’yicha asosiy bozorda; yoki 
(b) 
asosiy bozor mavjud bo’lmaganda, aktiv yoki majburiyat bo’yicha eng 
afzal bozorda.
Tadbirkorlik sub’ekti bozor ishtirokchilari aktivni yoki majburiyatni 
narxlashda foydalanishi mumkin bo’lgan farazlar orqali aktiv yoki majburiyatning 
haqqoniy qiymatini baholashi lozim, bunda bozor ishtirokchilari o’zlarining eng 
maqbul iqtisodiy manfaatlari uchun harakat qilishlari faraz qilinadi. 


156 
Ushbu farazlarni shakllantirishda, tadbirkorlik sub’ekti muayyan bozor 
ishtirokchilarini aniqlashi shart emas. Buning o’rniga, tadbirkorlik sub’ekti bozor 
ishtirokchilarini umumiy holda farqlaydigan xususiyatlarni aniqlashi lozim, bunda 
barcha quyidagilarga xos omillar inobatga olinadi: 
(a) 
aktiv yoki majburiyat; 
(b) 
aktiv yoki majburiyat bo’yicha asosiy (yoki eng afzal) bozor; va 
(v) 
tadbirkorlik sub’ekti ushbu bozorda bitim tuzishi mumkin bo’lgan bozor 
ishtirokchilari. 
Haqqoniy qiymat bu joriy bozor sharoitlarida baholash sanasida asosiy (yoki 
eng afzal) bozordagi odatiy operatsiyada aktivni sotishda olinishi yoki majburiyatni 
o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir (ya’ni chiqish narxidir), bunda ushbu 
narx bevosita kuzatiladigan bo’lishi yoki boshqa baholash usuli orqali baholanishidan 
qat’iy nazar. 
Nomoliyaviy aktivning haqqoniy qiymatini baholash aktivdan uning eng 
yuqori va eng unumli foydalanilishi orqali yoki aktivni undan eng yuqori va eng 
unumli foydalanishi mumkin bo’lgan bozor ishtirokchisiga sotish orqali bozor 
ishtirokchisining iqtisodiy naflarni yuzaga keltirish imkoniyatini inobatga oladi.
Nomoliyaviy aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish, quyidagi tarzda, 
jismoniy mumkin bo’lgan, qonuniy ruxsat etilgan va moliyaviy imkonli bo’lgan 
holda aktivdan foydalanishni inobatga oladi: 
(a) 
jismoniy mumkin bo’lgan foydalanish bozor ishtirokchilari aktivni 
narxlashda inobatga olishi mumkin bo’lgan aktivning jismoniy xususiyatlarini 
inobatga oladi (masalan, mulkning joyi va hajmi). 
(b) 
qonuniy ruxsat etilgan foydalanish bozor ishtirokchilari aktivni 
narxlashda inobatga olishi mumkin bo’lgan aktivdan foydalanish bo’yicha har qanday 
qonuniy cheklovlarni inobatga oladi (masalan, mulkka nisbatan qo’llaniladigan 
hududiy me’yoriy hujjatlar). 
(v) 
moliyaviy imkonli bo’lgan foydalanish bozor ishtirokchilari ushbu 
foydalanish orqali ushbu aktivga investitsiyadan talab etishi mumkin bo’lgan 
investitsion daromadni yuzaga keltirish maqsadida jismoniy mumkin bo’lgan va 
qonuniy ruxsat etilgan holda aktivdan foydalanish yetarli daromadni yoki pul 
oqimlarini (aktivni ushbu foydalanishiga moslash xarajatlarini inobatga olgan holda) 
yuzaga keltirishi yoki keltirmasligini inobatga oladi. 
Nomoliyaviy aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish quyidagi tarzda 
aktivning haqqoniy qiymatini baholashda foydalaniladigan baholashning dastlabki 
shartini belgilaydi: 
(a) 
nomoliyaviy aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish undan 
boshqa aktivlar bilan birgalikda guruh sifatida (foydalanish uchun o’rnatilgan yoki 
boshqa hollarda sozlangan holda) yoki boshqa aktivlar va majburiyatlar bilan 
birgalikda (masalan, biznes) foydalanish orqali bozor ishtirokchilariga maksimum 
qiymatni ta’minlashi mumkin. 
- Agarda aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish aktivdan boshqa 
aktivlar bilan yoki boshqa aktivlar va majburiyatlar bilan birgalikda foydalanish 
bo’lsa, aktivning haqqoniy qiymati aktiv boshqa aktivlar yoki boshqa aktivlar va 


157 
majburiyatlar bilan birgalikda foydalanilishi mumkinligini va ushbu aktivlar va 
majburiyatlar (ya’ni uning to’ldiruvchi aktivlari va ularga bog’liq majburiyatlar) 
bozor ishtirokchilari uchun mavjud bo’lishi mumkinligini faraz qilgan holda aktivni 
sotish bo’yicha joriy operatsiyada olinishi mumkin bo’lgan narxdir. 
- aktiv bilan va to’ldiruvchi aktivlar bilan bog’liq majburiyatlar aylanma 
kapitalni moliyalashtiradigan majburiyatlarni o’z ichiga oladi, ammo aktivlar guruhi 
ichidagi aktivlardan tashqari bo’lgan aktivlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan 
majburiyatlarni o’z ichiga olmaydi. 
- nomoliyaviy aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish to’g’risidagi 
farazlar aktiv foydalanilishi mumkin bo’lgan aktivlar guruhidagi yoki aktivlar va 
majburiyatlar guruhidagi barcha (eng yuqori va eng unumli foydalanish o’rinli 
bo’lgan) aktivlarga nisbatan mos bo’lishi lozim. 
(b) nomoliyaviy aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish mustaqil 
asosda bozor ishtirokchilari uchun maksimum qiymatni ta’minlashi mumkin. Agarda 
aktivdan eng yuqori va eng unumli foydalanish undan mustaqil asosda foydalanish 
bo’lsa, aktivning haqqoniy qiymati aktivdan mustaqil asosda foydalanishi mumkin 
bo’lgan bozor ishtirokchilariga aktivni sotish bo’yicha joriy operatsiyada olinishi 
mumkin bo’lgan narxdir. 
Haqqoniy qiymatni baholashda shu narsa faraz qilinadiki, moliyaviy yoki 
nomoliyaviy majburiyat yoki tadbirkorlik sub’ektining o’z ulushli instrumenti 
(masalan biznes birlashuvida tovon sifatida chiqarilgan kapitaldagi ulushlar) baholash 
sanasida bozor ishtirokchisiga o’tkaziladi. Majburiyat yoki tadbirkorlik sub’ektining 
o’z ulushli instrumentining o’tkazmasi quyidagilarni nazarda tutadi: 
(a) Majburiyat amalda qoladi va bozor ishtirokchisi bo’lgan qabul qiluvchidan 
majburiyatni bajarish talab etiladi. Majburiyat baholash sanasida kontragent bilan 
hisob-kitob qilinmaydi yoki boshqa hollarda so’ndirilmaydi.
(b) Tadbirkorlik sub’ektining o’z ulushli instrumenti amalda qoladi va bozor 
ishtirokchisi bo’lgan qabul qiluvchi tomon instrument bilan bog’liq huquqlarni va 
majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. Instrument baholash sanasida bekor qilinmaydi 
yoki boshqa hollarda so’ndirilmaydi. 
Qachonki bir xil yoki o’xshash majburiyatning yoki tadbirkorlik sub’ektining 
o’z ulushli instrumentining o’tkazmasi bo’yicha belgilangan narx mavjud bo’lmasa 
va bir xil moddaga boshqa tomon aktiv sifatida egalik qilmasa, tadbirkorlik sub’ekti 
majburiyatga ega yoki kapitalga nisbatan huquqni chiqargan bozor ishtirokchisi 
nuqtai nazaridan baholash usuli orqali majburiyatning yoki ulushli instrumentning 
haqqoniy qiymatini baholashi lozim.
Masalan, keltirilgan qiymat usulini qo’llashda tadbirkorlik sub’ekti 
quyidagilardan birini inobatga olishi mumkin: 
(a) 
Bozor ishtirokchisi majburiyatni bajarishda sarflashni ko’zda tutishi 
mumkin bo’lgan kelgusi pul chiqimlari, jumladan bozor ishtirokchisi majburiyatni 
qabul qilishda talab etishi mumkin bo’lgan qoplash. 
(b) 
Bozor ishtirokchisi bir xil majburiyatni yoki ulushli instrumentni tuzish 
yoki chiqarishda olishi mumkin bo’lgan summa, bunda bozor ishtirokchilari bir xil 
shartnomaviy shartlarga ega majburiyatni yoki ulushli instrumentni chiqarishda 


158 
asosiy (yoki eng afzal) bozordagi bir xil moddani (masalan bir xil kredit 
xususiyatlariga ega) narxlashda foydalanishi mumkin bo’lgan farazlardan 
foydalaniladi. 
Majburiyatning haqqoniy qiymati majburiyatlarni bajarmaslik riskining 
ta’sirini aks ettiradi. Majburiyatlarni bajarmaslik riski tadbirkorlik sub’ektining o’z 
kredit riskini (MHXS 7 «Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni ochib berish» da 
ta’riflangandek) o’z ichiga oladi, ammo bu bilan cheklanmasligi mumkin. 
Majburiyatlarni bajarmaslik riski majburiyat o’tkazmasidan oldin va keyin bir xil 
bo’lishi faraz qilinadi. 
Majburiyatning haqqoniy qiymatini baholashda, tadbirkorlik sub’ekti o’zining 
kredit riskini (kredit holati) hamda majburiyat bajarilishi yoki bajarilmasligining 
ehtimoliga ta’sir etishi mumkin bo’lgan boshqa omillarni inobatga olishi lozim. 
Ushbu ta’sir majburiyatga qarab farqlanishi mumkin, masalan: 
(a) majburiyat pul mablag’ini yetkazib berish majburiyati (moliyaviy 
majburiyat) yoki tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish majburiyati (nomoliyaviy 
majburiyat) bo’lishi. 
(b) majburiyatga tegishli kredit yaxshilanishining shartlari, agarda mavjud 
bo’lsa. 
Talab jihatiga ega moliyaviy majburiyatning (masalan talab qilinguncha 
depozit) haqqoniy qiymati summa to’lanishi talab etilishi mumkin bo’lgan birinchi 
sanadan boshlab diskontlangan holda talab qilinganda to’lanadigan summadan kam 
bo’lmaydi. 
Bozor risklari yoki kontragent kredit riskidagi o’zaro hisob-kitob qilish 
holatlariga ega moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarga nisbatan qo’llash 
Tadbirkorlik sub’ektining muayyan bozor riskiga (yoki risklariga) sof 
duchorligi asosida boshqariladigan moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlar 
guruhining haqqoniy qiymatini baholash uchun tadbirkorlik sub’ekti holatlarda 
haqqoniy qiymatning eng maqbul vakili bo’lgan taklif-talab marjasi ichidagi narxni 
tadbirkorlik sub’ektining muayyan bozor riskilariga nisbatan qo’llashi lozim. 
Xuddi shuningdek, moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlardan yuzaga 
keladigan tadbirkorlik sub’ektining muayyan bozor riskiga (yoki risklariga) 
duchorligining davomiyligi deyarli bir xil bo’lishi lozim. Masalan, faqatgina ushbu 
moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlardan tashkil topgan guruh ichidagi besh-
yillik moliyaviy instrumentga nisbatan 12 oylikka teng foiz stavkasi riski 
duchorligiga bog’langan pul oqimlariga qarshi 12-oylik fyu’chers shartnomasidan 
foydalanadigan tadbirkorlik sub’ekti sof asosda 12-oylik foiz stavkasi riskiga 
duchorligining va yalpi asosda qolgan foiz stavkasi riski duchorligining (ya’ni 2-5 
yillar) haqqoniy qiymatini baholaydi.
Muayyan kontragent bilan tuzilgan moliyaviy aktivlar va moliyaviy 
majburiyatlar guruhining haqqoniy qiymatini baholash uchun tadbirkorlik sub’ekti 
haqqoniy qiymatni baholashga ushbu kontragentning kredit riskiga tadbirkorlik 
sub’ektining sof duchorligining yoki tadbirkorlik sub’ektining kredit riskiga 
kontragentning sof duchorligining ta’sirini kiritishi lozim, qachonki bozor 
ishtirokchilari defolt holatida kredit risk duchorligini kamaytiradigan har qanday 


159 
mavjud kelishuvlarni inobatga olishi mumkin bo’lsa (masalan kontragent bilan bosh 
hisob-kitob kelishuvi yoki har bir tomonning boshqa tomonning kredit riskiga sof 
duchorligi asosida garovni ayirboshlashni talab etadigan kelishuv). Haqqoniy 
qiymatni baholash bunday kelishuvlar defolt holatida yuridik kuchga ega bo’lishi 
mumkinligining ehtimoli bo’yicha bozor ishtirokchilarining kutilishlarini aks ettirishi 
lozim.
Qachonki aktiv yoki majburiyat bo’yicha ayirboshlash operatsiyasida ushbu 
aktiv sotib olinsa yoki majburiyat zimmaga olinsa, operatsiya narxi aktivni sotib olish 
uchun to’langan yoki majburiyatni zimmaga olishda olingan narxdir (kirish narxi). 
Aksincha, aktiv yoki majburiyatning haqqoniy qiymati aktivni sotishda olinishi yoki 
majburiyatni o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir (chiqish narxi). 
Tadbirkorlik sub’ektlari aktivlarni ularni sotib olish uchun to’langan narxlarda 
zaruriy 
tarzda 
sotmaydilar. 
Xuddi 
shuningdek, 
tadbirkorlik 
sub’ektlari 
majburiyatlarni ularni zimmaga olish uchun olingan narxlarda zaruriy tarzda 
o’tkazmaydilar.
Agarda haqqoniy qiymatda baholangan aktiv yoki majburiyat taklif narxi va 
talab narxiga (masalan dilerlik bozoridagi boshlang’ich ma’lumot) ega bo’lsa, 
holatlarda haqqoniy qiymatni eng yaxshi aks ettiruvchisi bo’lgan taklif-talab marjasi 
ichidagi narx haqqoniy qiymatni baholashda foydalanilishi lozim, bunda boshlang’ich 
ma’lumot haqqoniy qiymat ierarxiyasida (ya’ni 1, 2 yoki 3-daraja) toifalangan 
bo’lishidan qat’iy nazar. Aktiv pozitsiyalari bo’yicha taklif narxlaridan foydalanishga 
va majburiyat pozitsiyalari bo’yicha talab narxlaridan foydalanishga ruxsat etiladi, 
ammo talab etilmaydi. 
Mazkur MHXS taklif-talab marjasi ichidagi haqqoniy qiymatni baholashda 
oraliq-bozor narxlashidan yoki bozor ishtirokchilari tomonidan amaliy maqsadga 
mufoviqlik sifatida foydalaniladigan boshqa narxlash kelishuvlaridan foydalanishni 
to’smaydi. 
Haqqoniy qiymatni baholashlardagi va tegishli ochib berishlardagi moslikni va 
qiyoslanuvchanlikni oshirish uchun, mazkur MHXS haqqoniy qiymat ierarxiyasini 
belgilaydi va ushbu ierarxiya haqqoniy qiymatni baholashda foydalaniladigan 
baholash usullariga boshlang’ich ma’lumotlarni uchta darajaga toifalaydi. Haqqoniy 
qiymat ierarxiyasi bir xil aktivlar yoki majburiyatlar bo’yicha faol bozorlardagi 
belgilangan (to’g’rilanmagan) narxlarga (1-darajali boshlang’ich ma’lumotlar) eng 
yuqori ustunlikni va kuzatilmaydigan boshlang’ich ma’lumotlarga (3-darajali 
boshlang’ich ma’lumotlar) eng past ustunlikni belgilaydi. 
Ayrim holatlarda, aktiv va majburiyatning haqqoniy qiymatini baholashda 
foydalaniladigan boshlang’ich ma’lumotlar haqqoniy qiymat ierarxiyasining turli 
toifalarida toifalanishi mumkin. Ushbu holatlarda, haqqoniy qiymatni baholash uning 
butunligicha butun baholash uchun ahamiyatli bo’lgan eng past daraja boshlang’ich 
ma’lumoti kabi bir xil haqqoniy qiymat ierarxiyasining darajasida toifalanadi. Butun 
baholashga nisbatan muayyan boshlang’ich ma’lumotning ahamiyatliligini baholash 
mulohazani talab etib, bunda aktiv yoki majburiyatga xos omillar inobatga olinadi. 
Haqqoniy qiymatga asoslangan baholashlarni hosil qilishga nisbatan to’g’rilanishlar, 
masalan sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatni baholashdagi sotish 


160 
xarajatlari, haqqoniy qiymatni baholash toifalangan haqqoniy qiymat ierarxiyasining 
darajasini aniqlashda inobatga olinmasligi lozim.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin