MAVZU: MUVOZANAT VA NOMUVOZANAT HOLATLARDAGI ZARYAD TASHUVCHILAR MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………….………….2 I.BOB Yarimo’tkazgichlarda erkin zaryad tashuvchilar.……….………..….9 1.1 Erkin zaryad tashuvchilarning asosiy xossalari………………………….…..9
1.2 Erkin zaryad tashuvchilarning yashash vaqti …………………….…..…..…11
II.BOB Muvozanat va nomuvozanat holatlardagi zaryad tashuvchilar…...21 2.1 Muvozanat va nomuvozanat holatlardagi zaryad tashuvchilar ………..……21
2.2 Nomuvozanat holatdagi zaryad tashuvchilarning yashash vaqti ….…..……25
XULOSA…………………………………………….........................................31 FOYDALANILGAN ADABIYOT RO‘YXATI…… ………………….…...32
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Zamonaviy elektronika sohasi jahon fani va texnikasida salmoqli o‘rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayottan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko‘payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda. Xozir zamonaviy elektronika elementlari qo‘llanilmayotgan insoniyat faoliyati soxalarini aloxida ko‘rsatish qiyin-ular avtomatikada, telemexanikada, radioelektronikada, elektron-xisoblash texnikasida va boshqa qator soxalarda keng ishlatilmoqda.
Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivoglangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayorlashning milliy tizimini yaratish kadrlar tayorlash milliy dasturining asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun ta’lim jarayoniga yangicha nazar bilan qarash talab etiladi: Insoniyat hayotining hozirgi kundagi darajasini zamonaviy texnika vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Bu borada yangi texnika vositalarini yaratishda yarimo‘tkazgich moddalar alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Hozir yarimo‘tkazgichlar qo‘llanilmaydigan soha topilmaydi.
Yarimo‘tkazgich asboblar ishlatilgan va qishloq xo‘jaligida temperaturani aniq o‘lchashda, tuproqning namligini aniqlashda, o‘simlik va hayvonlarning eng muhim xususiyatlarini baholashda va boshqa ishlarni bajarishga yaroqli qurilmalardan foydalanish ko‘lami kengayib bormoqda.
Yarimo‘tkazgich moddalar o‘zining tuzilishi jihatdan qattiq jismlar guruhiga kiradi. Lekin ular o‘zining qator xossalari bilan boshqa qattiq jismlarga nisbatan fan, texnika va turmushda tobora keng ko‘lamda qo‘llanilib bormoqda. Buning asosiy sabablari yarimo‘tkazgich moddalarning o‘lchashlari, hajmi kichik, ishlash muddati katta va ishonchli, tashqi ta’sirlarga chidamli va bajaradigan xizmatlari doirasi juda keng.
Binobarin, yarimo‘tkazgich moddalar va asboblarni tadqiq etish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish hamda yangi xossalarini kashf qilish masalalari hozirgi zamon fanida muhim o‘rin tutadi.
Yarimo‘tkazgichning ajoyib xossalari namoyon bo‘ladigan sifatli moddalar olish texnologiyasi hozirgi zamon elektronika sanoatida katta va muhim o‘rin tutmoqda. Bu o‘rinda yarimo‘tkazgichli asboblar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasining rivoji hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Zamonaviy elektronika elementlari xaqida so‘z yuritishdan oldin ularning asosiy qismini tashkil etgan moddalarning tuzilishi va ularning fizik xossalari to‘g‘risida eng zarur ma’lumotlarni bilishimiz kerak. Bu ma’lumotlar yarim o‘tkazgichlar va qattiq jismlar fizikasiga bag‘ishlangan ko‘pgina adabiyotlarda batafsil tavsiflangan. Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda ularni qisqacha ta’kidlab o‘tamiz.